Jahon tovarlar eksportining geografik tarkibi, 1948-2013 yy.
|
1948-y. |
|
1953-y.
|
1963-y.
|
1973-y.
|
1983-y.
|
1993-y.
|
2003-y.
|
2013-y.
|
Qiymati, mlrd. doll
|
|
|
|
|
|
Jami eksport
|
59
|
84
|
157
|
579
|
1838
|
3684
|
7380
|
18301
|
Ulushi jamiga nisbatan foiz hisobida
|
|
|
|
|
|
Jami eksport
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
Shimoliy Amerika
|
28,1
|
24,8
|
19,9
|
17,3
|
16,8
|
18,0
|
15,8
|
13,2
|
AQSh
|
21,7
|
18,8
|
14,9
|
12,3
|
11,2
|
12,6
|
9,8
|
8,6
|
Janubiy va Markaziy Amerika
|
11,3
|
9,7
|
6,4
|
4,3
|
4,4
|
3,0
|
3,0
|
4,0
|
Braziliya
|
2,0
|
1,3
|
0,9
|
1,1
|
1,2
|
1,0
|
1,0
|
1,3
|
Yevropa
|
35,1
|
39,4
|
47,8
|
50,9
|
43,5
|
45,4
|
45,9
|
36,3
|
Yel*
|
-
|
-
|
24,5
|
37,0
|
31,3
|
37,4
|
42,3
|
33,2
|
Germaniya
|
1,4
|
5,3
|
9,3
|
11,7
|
9,2
|
10,3
|
10,2
|
7,9
|
Fransiya
|
3,4
|
4,8
|
5,2
|
6,3
|
5,2
|
6,0
|
5,3
|
3,2
|
Italiya
|
1,8
|
1,8
|
3,2
|
3,8
|
4,0
|
4,6
|
4,1
|
2,8
|
Buyuk Britaniya
|
11,3
|
9,0
|
7,8
|
5,1
|
5,0
|
4,9
|
4,1
|
3,0
|
MDH
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
1,5
|
2,6
|
4,3
|
Afrika
|
7,3
|
6,5
|
5,7
|
4,8
|
4,5
|
2,5
|
2,4
|
3,3
|
Yaqin Sharq
|
2,0
|
2,7
|
3,2
|
4,1
|
6,8
|
3,5
|
4,1
|
7,4
|
Osiyo
|
14,0
|
13,4
|
12,5
|
14,9
|
19,1
|
26,1
|
26,2
|
31,5
|
Xitoy
|
0,9
|
1,2
|
1,3
|
1,0
|
1,2
|
2,5
|
5,9
|
12,1
|
Yaponiya
|
0,4
|
1,5
|
3,5
|
6,4
|
8,0
|
9,9
|
6,4
|
3,9
|
JST ga a’zo mamlakatlar
|
63,4
|
69,6
|
75,0
|
84,1
|
78,4
|
89,3
|
94,3
|
97,1
|
* 1963-yilda 6 ta, 1973-yilda 10 ta, 1983-yilda 12 ta, 1993-yilda 25 ta, 2010-yilda 27 ta, 2013-yilda 28 ta mamlakat.
**1948-1983-yillarda Germaniya Federativ Respublikasi ma’lumotlari.
Manba: International Trade Statistics 2014. WTO. Geneva, 2014. P. 24
0‘tgan asrning 80-yillarida Yaponiya mashina va asbob-uskunalar eksporti bo‘- yicha jahonda birinchi o‘ringa chiqib oldi. Yaponiya yengil va yuk avtomobilla- ri, uy-ro‘zg‘or buyumlari eksporti bo‘yicha qolgan mamlakatlarni ortda qoldirdi. Ammo yapon eksportining uchdan biri AQSh ga to‘g‘ri keladi. Yaponiyaning AQSh bilan savdo defitsiti 90-yillarda 50-60 mlrd. dollarni tashkil etgan. AQSh ning xalqaro savdodagi ulushining qisqarib borishi Amerika ishlab chiqarish tarmoqlari raqobatbardoshligining pasayishi bilan bog‘liq.
Mutaxassislarning fikricha, XXI asr boshlarida AQSh va Osiyo mamlakat- lari xalqaro savdoda eng raqobatdardosh mamlakatlar hisoblanishadi. 2030-yil- ga borib AQSh, Yaponiya va Xitoy eng raqobatbardosh mamlakatlar sifatida e’ti- rof etilishi mumkin. Bunday uzoq muddatli istiqbolli prognozlar bo‘yicha keyin- gi o‘rinlarni Germaniya, Singapur, Janubiy Koreya, Malayziya va Shveysariya egallashi mumkin.
Jahon savdosining hozirgi vaqtdagi holatini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, xalqaro savdo hajmi keyingi o‘n yilliklarda jadal sur’atlar bilan rivojlanib va tarkibi takomillashib bormoqda. Jahon savdosida rivojlangan, rivojlanayotgan va o‘tish davri iqtisodiyotidagi mamlakatlar faol ishtirok etib, har bir mamlakat o‘z ishtirokiga qarab iqtisodiy manfaatga ega boimoqda. Lekin rivojlangan mamlakatlar tomoni- dan tashqi savdo aloqalariga muhim e’tibor qaratilishi va mamlakatlarning yuqori iqtisodiy salohiyatga egaligi,bugungi kunda jahon savdosining istiqboldagi strategiyasini belgilab bermoqda.
2.3 Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining xalqaro savdoga ta’siri
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ta’sirida 2009-yilda xalqaro savdoning yillik o’sish surati 70-yil davomidagi eng quyi darajasigacha pasaydi. 2009-yilda xalqaro savdo hajmi 12 %ga qisqardi. Xalqaro savdoning 2009-yilda pasayishi xalqaro iqtisodiy tashkilotlar tomonidan bashorat qilingan edi. Ammo bu bashoratlardan hech birida pasayish sur’atlari bunday keskin tendensiyaga ega bo’liishi kutilmagan edi.xususan, Jahon savdo tashkiloti tomonidan xalqaro savdoning hajmi 10 %ga qisqarishi taxmin qilingan edi.
18.3.1-rasm.
Xalqaro tovarlar savdosining yilik o‘sish sur’atlaring o'zgarishi
15
Iqtisodchi olimlar xalqaro savdoning bunday keskin qisqarishini qator sabab- lar bilan asoslab berishga harakat qilishmoqda. Bu sabablarning hammasi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi bilan bog‘liq. Xususan, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi jahon aholisining turmush darajasini yomonlashtirdi. Bu esa inqiroz sharoitida uy xo‘jaliklari va firmalarning iste’molini pasaytirdi. Ayniqsa uzoq muddatli iste- mol tovarlari (avtomobillarga, maishiy texnika va h.k.ga) va investitsion tovarlarga (sanoat texnikasiga) talab keskin pasaydi. Chunki bu tovarlar savdosi boshqa tovarlarga qaraganda kredit bozori holatiga ko‘proq bog‘liq hisoblanadi.
Uzoq muddatli iste’mol tovarlariga va investitsion tovarlarga bo‘lgan talab- ning pasayishi o‘z navbatida ushbu tovarlarni ishlab chiqarishda xomashyo yoki yarimfabrikat bo‘ladigan tovarlarga talabning susayishiga olib keldi. Xususan, 2009-yilda po‘lat va temirga bo‘lgan jahon bozori talabi keskin qisqardi. 0‘z navbatida temir va po‘lat kabi xomashyo tovarlariga jahon bozorida talabning pasayishi ko‘plab mamlakatlar qurilish tarmog‘idagi ishlab chiqarish hajmining qisqarishi bilan ham bog‘liqdir. AQSh, Buyuk Britaniya, Irlandiya va Ispaniya kabi mamlakatlarda inqirozdan oldin qurilish tarmog‘i jadal sur’atlar bilan rivojla- nib kelgan. Bu holat o‘sha davrda temir va po‘lat kabi tovarlarga jahon bozorida yuqori talabni shakllantirgan. Ammo inqiroz sharoitida bu korrellyatsion bog‘- liqlik salbiy oqibatga olib keldi.
Boshqa tarafdan olganda, jahon YalM va xalqaro savdoning tovar tarkibi bir- biridan farq qiladi. Misol uchun, uzoq muddatli iste’mol tovarlari va investitsion tovarlarning jahon YalM dagi ulushi oz bo‘lsada, ushbu tovarlarning xalqaro sav. dosidagi ulushi nisbatan katta hisoblanadi. Natijada bu tovarlarga jahon bozoridagi talabning qisqarishi xalqaro savdoga jahon YalM ga qaraganda ko‘proq salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Xalqaro kooperatsion aloqalarning yomonlashuvi ham xalqaro savdo statisti- kasining yomonlashuviga olib keldi. Gap shundaki, xalqaro kooperatsiya doirasida ayrim tovarlar yakuniy holatiga yetgunga qadar mamlakatlar chegaralarini bir necha marta kesib o‘tishadi. Xalqaro savdo statistikasida esa ushbu tovarlar reeksporti va reimporti mos ravishda eksport va importga qo‘shilardi. Natijada, xalqaro savdo statistikasining ko‘rsatkichlari o‘sib borardi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida bunday tovarlarning xalqaro harakatining kamayishi xalqaro savdo statistikasiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Shuningdek, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi jahon bozorida ko‘plab tovarlarning narxining pasayishiga olib keldi. Xususan, neftning va boshqa bazis tarmoq tovarlarining narxlarining keskin pasayishi hisobiga xalqaro savdoning joriy narxlardagi qiymati (AQSh dollaridagi qiymati) 23 %ga pasaydi.
Natijada 2009-yilda jahonning deyarli hamma mamlakatlarida va mintaqalarida tashqi savdoning qisqarishi kuzatildi. Quyidagi jadvalda jahonda va uning mintaqalarida YalM ning va tovarlar tashqi savdosining yillik o‘sish sur’atlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar keltirilgan.
Jadval 2.1
|
YalM
|
Eksport
|
Import
|
2007-y.
|
2008-y.
|
2009-y.
|
2007-y.
|
2008-y.
|
2009-y.
|
2007-y.
|
2008-y.
|
2009-y.
|
Jahon
|
3,8
|
1,6
|
-2,3
|
6,4
|
2,1
|
-12,2
|
6,1
|
2,2
|
-12,9
|
Shimoliy Amerika
|
2,2
|
0,5
|
-2,7
|
4,8
|
2,1
|
-14,4
|
2,0
|
-2,4
|
-16,3
|
AQSh
|
2,1
|
0,4
|
-2,4
|
6,7
|
5,8
|
-13,9
|
1,1
|
-3,7
|
-16,6
|
Janubiy va Markaziy Amerika
|
6,4
|
5,0
|
-0,8
|
3,3
|
0,8
|
-5,7
|
17,6
|
13,3
|
-16,3
|
Yevropa
|
2,9
|
0,8
|
-4,0
|
4,2
|
0,0
|
-14,4
|
4,4
|
-0,6
|
-14,5
|
Yevropa Ittifoqi (27)
|
2,8
|
0,7
|
-4,2
|
4,0
|
-0,1
|
-14,8
|
4,1
|
-0,8
|
-14,5
|
MDH
|
8,3
|
5,3
|
-7,1
|
7,5
|
2,2
|
-9,5
|
19,9
|
16,3
|
-20,2
|
Afrika
|
5,8
|
4,7
|
1,6
|
4,8
|
0,7
|
-5,6
|
13,8
|
14,0
|
-5,6
|
Osiyo
|
6,0
|
2,7
|
0,1
|
11,7
|
5,5
|
-11,1
|
8,2
|
4,7
|
-7,9
|
Xitoy
|
13,0
|
9,0
|
8,5
|
19,8
|
8,6
|
-10,5
|
13,8
|
3,8
|
2,8
|
Yaponiya
|
2,3
|
-1,2
|
-5,0
|
9,4
|
2,3
|
-24,9
|
1,3
|
-1,3
|
-12,8
|
Hindiston
|
9,4
|
7,3
|
5,4
|
14,4
|
14,4
|
-6,2
|
18,7
|
17,3
|
-4,4
|
Yangi industrial mamlakatlar
|
5,6
|
1,6
|
-0,8
|
9,0
|
4,9
|
-5,9
|
5,3
|
3,5
|
-11,4
|
Manba: International Trade Statistics, WTO: 2010 press releases, 26 march. 2010-yil ma’lumotlari asosida hisoblangan.
2007-2009-yillarda xalqaro jahon yalpi ichki mahsuloti va xalqaro tovarlar savdosining yillik o'sish sur’atlari (2005-yil narxlarida)
Jadval ma’lumotlari tahlili asosida jahon YalM va xalqaro savdo o‘rtasida to‘g‘ri proporsional bog‘liqlik borligini aytish mumkin. Xususan, jahon YAMM 2009-yilda (2005-yil narxlari bo‘yicha) 2,3 %ga pasaygani holda xalqaro tovarlar savdosi 12,2 %ga pasaydi. Dunyo mamlakatlarida jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga
qarshi kurash dasturlarining muvaffaqqiyatli amalga oshirilishi natijasida 2010-yilda xalqaro savdo yuqori o‘sish sur’atlariga ega bo‘ldi.
Tahlillar ko‘rsatishicha, jahon eksporti hajmi 2013-yilda FOB narxlarida
trln. dollarni tashkil etdi va 1980-yilga nisbatan 31,0 martaga oshdi. Ushbu davr ichida jahon eksportining geografik tarkibida jiddiy o‘zgarishlar yuz bergan. MiSol uchun, rivojlangan mamlakatlar ulushi 1980-yilda 66,3 %ni tashkil etgani holda 2013-yilga kelib 51,1 %ga teng bo‘ldi. Rivojlanayotgan mamlakatlar ulushi esa 1980-2013-yillar ichida 30,0 %dan 44,7 %ga qadar ortdi.
Xalqaro savdoning geografik tarkibini tahlil qilish xalqaro tovarlar eksportida Yevropa mintaqasi, xususan, Yel yetakchilik qilayotganligini tasdiqlaydi. 2013-yilda Yevropada tovarlar eksporti 6,7 trln. dollarni tashkil qildi. Yel da Germaniya eng yirik eksportyor mamlakat hisoblanadi. Germaniya eksporti 2008-2009-yil- larda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy ta’siri oqibatida 22 %ga qisqa- rib, jahon tovarlar eksportidagi ulushi 7,9 %ga qadar qisqardi. Natijada, Germaniya jahonning yetakchi eksportyor mamlakatlari ro‘yxatida Xitoy va AQSh dan keyingi uchinchi o‘ringa tushib qoldi. Jahonning yetakchi eksportyor mamlakatlari ro‘yxati- da birinchi o‘rinni egallagan Xitoyda tovarlar eksporti 2013-yilda 2012-yilga 7 %ga o‘sib, 2209 mlrd. dollarni tashkil qildi va jahon tovarlar eksporti tarkibidagi ulushi
11.7 %ga teng bo‘ldi (2.2-jadval).
2.2-jadval
Jahon savdosida tovarlar eksporti va importi bo'yicha yetakchilik qiluvchi mamlakatlar, 2013-y. (mlrd. doll.)
|
|
Qiymati, mlrd. doll.
|
Jahondagi ulushi, %
|
Yillik o‘sish sur’ati, %
|
Eksport
|
1.
|
Xitoy
|
2209
|
11,7
|
8
|
2.
|
AQSh
|
1580
|
8,4
|
2
|
3.
|
Germaniya
|
1453
|
7,7
|
3
|
4.
|
Yaponiya
|
715
|
3,8
|
-10
|
5.
|
Niderlandiya
|
672
|
3,6
|
3
|
Import
|
1.
|
AQSh
|
2329
|
12,3
|
0
|
2.
|
Xitoy
|
1950
|
10,3
|
7
|
3.
|
Germaniya
|
1189
|
6,3
|
2
|
4.
|
Yaponiya
|
833
|
4,4
|
-6
|
5.
|
Fransiya
|
681
|
3,6
|
1
|
Manba: International Trade Statistics 2014. WTO, 2014. P. 26.
Jahonning yetakchi importyor mamlakatlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallagan AQSh da tovarlar importi 2013-yilda 2329 mlrd. dollarni tashkil qildi va o‘t- gan yilga nisbatan o‘zgarishsiz qoldi. Jahon tovarlar importida Xitoyning ulushi
%ga teng boidi va yuqori o‘sish sur’atiga ega.
2009-2013-yillarda xalqaro savdoda erishilgan ijobiy natijalardan biri bu Jahon savdo tashkilotiga a’zo mamlakatlar tomonidan inqirozga qarshi cho- ralar dasturini amalga oshirish maqsadida tashqi savdo siyosatida yangi chek- lovlardan, proteksionizm usullaridan foydalanishiga yo‘l qo‘yilmaganligidan iborat. JST 2010-yildan boshlab bunday milliy cheklovlarni pasaytirishga erish- di. Ammo ko‘nlab mamlakatlarda ishsizlikning yuqori darajasining saqlanib qolishi, eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi mahalliy tovar ishlab chiqaruv- chilarni himoyalash maqsadida mamlakatlar tomonidan proteksionistik siyosat- ni qo‘llashga ehtiyojini oshirmoqda.
2.4. O‘zbekiston tashqi savdosining tarkibi va rivojlanish omillari
Mustaqillik yillarida 0‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo munosabatlarini erkin- lashtirish borasida chuqur islohotlar amalga oshirilishi natijasida tashqi savdoning geografik va tovar tarkibida jiddiy ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. 0‘zbekiston bugun- gi kunda 45 dan ortiq mamlakatlar bilan ikki tomonlama savdo aloqalariga ega. Tashqi savdo aylanmasi 1991-yildagi 2,1 rnlrd. dollardan 2013-yilda 28,9 mlrd. doll, hajmiga yetdi, ya’ni 36,1 martaga oshdi. Ayni tashqi savdo balansida— 0,7 mlrd. dollarlik salbiy saldodan 1,3 mlrd. dollarlik ijobiy saldoga erishildi. Bu esa ishonch- li to‘lov balansi va iqtisodiyotimiz barqarorligining muhim ko‘rsatkichi bo‘lib xiz- mat qilmoqda.
Tashqi savdo tarkibida chuqur ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Jumla- dan, keyingi yillar mobaynida eksport tarkibida raqobatdosh tayyor mahsulot- lar salmog‘ining barqaror o‘sish tendensiyasi va xomashyo yetkazib beruvchi tarmoqlar mahsulotlari ulushining kamayib borayotgani yaqqol ko‘zga tashlan- moqda. Tahlillar ko‘rsatishicha, 1990-2013-yillar davomida ekport va import- ni diversifikatsiya qilish, uning tarkibini takomillashtirish borasidagi chora- tadbirlar natijasida mamlakatimiz eksportining tovar tarkibida ijobiy siljish- lar ro‘y berdi.
Bu ko‘rsatkichlarning barchasi, avvalo, eksport tarkibida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan raqobatdosh tayyor mahsulotlar ulushining izchil oshishi, birinchi navbatda, iqtisodiyotimizning o‘sib borayotgan salohiyati va imkoniyat- laridan dalolat beradi. Jumladan, mamlakat eksportining tarkibida paxta tolasi va energiya resurslarining ulushi 1990-yilda 59,7 %ga teng bo‘lgani holda ushbu ko‘rsatkich 2013-yilga kelib 7,7 %ga qadar qisqardi. Mashina va uskunalar, xiz- matlar ulushi esa mos ravishda 1,7 % va 1,3 %dan 5,5 % va 16,2 %ga qadar oshdi (2.3-jadval).
2.3-jadval
0‘zbekiston eksportining tovar tarkibi, jamiga nisbatan foizda
1990-2013-yillarda respublikamiz importi tarkibida ham ijobiy siljishlar ro‘y berdi, Mamlakatni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish tadbirlarining keng miqyosda amalga oshirilishini ta’minlash jami import hajmida mashina va uskunalar importi ulushining jadal o‘sishiga olib keldi. Importing tovar tarkibida mashina va asbob-usunalarning ulushi 1990-yildagi 12,1 %dan 2013-yilda 44,1 %ga ortdi. Shu bilan birga bunday holat eksportimizning xomashyo surslari narxi tez-tez o‘zgarib turadigan jahon bozori ta’siriga bog‘liqligini kamaytirishda muhim yo‘nalish bo‘lib xizmat qiladi (2.4-jadval).
2.4-jadval
0‘zbekiston importining tovar tarkibi, jamiga nisbatan foizda
|
1990-yil
|
2000-yil
|
2010-yil
|
2013-yil
|
Import___jami
|
100
|
100
|
100
|
100
|
Mashina va uskunalar
|
12.1
|
35.4
|
44.1
|
44.1
|
Kimyoviy mahsulot va undan tayyorlangan mahsulotlar
|
9.7
|
13.6
|
14.3
|
14.3
|
Energiya van eft mahsulotlari
|
3.1
|
3.8
|
6.0
|
7.3
|
Qora va rangli metallar
|
10.2
|
8.6
|
8.4
|
7.9
|
Oziq-ovqat mahsulotlari
|
48.9
|
12.3
|
10.9
|
9.7
|
Xizmatlar
|
1.5
|
8.5
|
4.7
|
5.8
|
Boshqalar
|
14.5
|
17.8
|
11.6
|
10.9
|
Manba: 0‘zbekiston Respublikasi Davlat statistikasi qo'mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan
Tashqi savdo aylanmasi, xususan, eksportning geografik tarkibida MDH mamlakatlarining ulushi 2013-yil yakunlariga ko‘ra 43,4 %ni tashkil etdi. 2013-yilda mamlaktimiz korxonalari eksportining 37,8 % Rossiya Federatsiyasi,12,3% Qozog‘iston, 3,0 % Ukraina hissasiga to‘g‘ri keldi.
Jami eksport tarkibida uzoq xorij davlatlariga qilingan eksportning ulushi 2013-yilda 56,6 %ni tashkil etdi (diagramma).
|
1990-y.
|
2000~y.
|
2010-y.
|
2013-y.
|
Eksport—jami
|
100
|
100
|
100
|
100
|
Paxta tolasi
|
59,7
|
27,5
|
11,3
|
7,7
|
Oziq-ovqat mahsulotlari
|
3,9
|
5,4
|
9,7
|
9,8
|
Kimyoviy mahsulot va undan tayyorlangan mahsulotlar
|
2,3
|
2,9
|
5,1
|
4,0
|
Energiya va neft mahsulotlari
|
17,1
|
10,3
|
24,8
|
31,1
|
Qora va rangli metallar
|
4,6
|
6,6
|
6,8
|
6,3
|
Mashina va uskunalar
|
1,7
|
3,4
|
5,5
|
5,5
|
Xizmatlar
|
1,3
|
13,7
|
9,1
|
16,2 .
|
Boshqalar
|
9,4
|
30,2
|
27,7
|
19,4
|
Manba: 0‘zbekiston Respublikasi Davlat statistikasi qo'mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan.
2.5-diagramma
0‘zbekiston eksportining geografik tarkibi, jamiga nisbatan foiz hisobida
Bu mamlakatlar bo‘yicha mamlakatimiz eksportining diversifikatsiyalashuv darajasi nisbatan yuqori bo‘lmoqda. Jumladan, 2013-yil ma’lumotlariga ko‘ra, faaat Xitoy (10,8 %), Turkiya (6,3 %), Eron (2,4 %), BAA (1,2 %), Fransiya (1,2 %),rnarn- lakatlariga eksport hajmining mamlakatimiz eksportidagi ulushi 1,0 %dan ko‘r). roqni tashkil etadi.
Eksport diversifikatsiyasi, ya’ni xorijga sotilayotgan tovarlar va xizmatlar nomenklaturasining kengayishi, mahsulotlarimiz eksport qilinayotgan mamlakatlar geografiyasining kengayishi eksport hajmining barqaror bo‘lishini ta’minlaydj milliy iqtisodiyotning tashqi bozordagi salbiy o‘zgarishlarga ta’sirchanligi daraja- sini pasaytiradi.
Keyingi vaqtda jahon bozorida narxi keskin tushib ketgan xomashyo resursla- rini eksport qilish amaliyotidan imkon qadar tezroq qutilib, tayyor raqobatbardosh mahsulotlar eksportini faol oshirish va bu mahsulotlar yetkazib beriladigan mamlakatlar geografiyasini yanada kengaytirishimiz kerakI.
Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida amalga oshirilgan yana bir yo‘na- lish — mamlakatimizdagi mahsulot eksport qiladigan korxonalarni qo‘llab-quvvat- lash va rag‘batlantirish, eksport salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha qabul qilin- gan amaliy choralar muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Ma’lumki, 2009-yilda mamlakatimizda eksportga mahsulot chiqaradigan kor- xonalarning tashqi bozorlarda raqobatdosh bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish va eksportni rag‘batlantirish uchun qo‘shim- cha omillar yaratishga alohida e’tibor qaratilgan edi. Xususan: aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun korxonalarga Markaziy bank qayta
moliyalash stavkasining 70 %dan ortiq bo‘lmagan stavkalarda 12 oygachabo‘1- gan muddatga imtiyozli kreditlar berish;
tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, xorijiy investitsiya ishtiroki- da tashkil etilgan korxonalarni byudjetga barcha turdagi soliq va to‘lovlardan, qo‘shilgan qiymat solig‘i bundan mustasno, ozod qilish muddatini 2012-yilga- cha uzaytirish;
banklar kreditlari bo‘yicha to‘lov muddati o‘tgan va joriy qarzlar miqdorini qayta ko‘rib chiqish, byudjetga to‘lanadigan to‘lovlarning penyasidan kechish va boshqa muhim imtiyoz hamda preferensiyalar berish shular jumlasidandir (18.4.1-rasm).
Jumladan, birgina 2009-yil mobaynida eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab- quvvatlash va ularning barqaror faoliyatini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan chora-tadbirlar qatorida tijorat banklari tomonidan aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 233,5 mlrd. so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratilganligi, 105,8 mlrd. so‘m miq- dorida byudjet oldidagi va yetkazib berilgan elektr energiyasi, tabiiy gaz va kom- munal xizmatlar qarzlarini to‘lash muddatlarining keyinga surilganligi, barcha turdagi energiya manbalari va asosiy kommunal xizmatlar uchun narxlar o‘sishi o‘r- tacha 7,7 %, ya’ni past darajada saqlab qolinganligini ta’kidlash mumkin. Bu esa jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mahsulotni eksport qilish bo‘yicba yuzaga kelgan vaqtinchalik qiyinchiliklarga qaramasdan, eksport qiluvchi korxo- nalarda ishlab chiqarish pasayishining oldini olish imkonini berdi.
Eksport tarkibida bir yoki bir necha tovarlar ulushining sezilarli darajada ortib ketishi bu tovarlar narxi pasaygan yoki ularga tashqi talab qisqargan holatlarda eks- portchi korxonalarni og‘ir ahvolga solib qo‘yishi mumkin. Buning natijasida eksport
Hajmining qisqarishi valyuta tushumlarining kamayishi, tashqi savdo balansining yomonlashuvi va korxonalar moliyaviy ahvolining tanglikka yuz tutishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, eksport umumiy hajmining kam sonli davlatlarga bog‘lanib qolishi ham qaltis holat hisoblanadi.O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. A. Karimov ta’kidlaganlaridek, tayyor raqobatbardosh mahsulotlar eksportini faol oshirish va bu mahsulotlar yetkazib beriladigan geografiyasini yanada kengaytirish vazifasini amalga oshirish eksport hajmini barqaror o‘stirish, tashqi bozordagi o‘zgarishlar ta’sirida uning hajmi keskin kamayishi xavfini bartaraf etish imkonini beradi1.
Eksport qiluvchi korxonalami qo’llab-quvvatlash choralari
hisobdan
o'chirish
2009-yil yanvar holatiga korxonalarning kreditorlik qarzlarini restrukturizatsiyalash va byudjet, byudjetdan tashqari fondlarga elektr energiyasi, tabiiy gaz va kommunal xizmatlar bo'yicha penyalarni
30_kundan 20kungacha
Qo'shilgan qiymat solig'i summasini qaytarish muddatini qisqartirish
30 kundan 60 kungacha
Tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan xorijiy sarmoyali kor- xonalarga berilgan soliq imtiyozlari muddatini uzaytirish
0‘z vaqtida valyuta tushumlari kelib tushmaganligi uchun jarima chora lari hisoblanadigan muddatni uzaytirish
Tashqi savdo aylanmasining tovar va geografik tarkibini takomillashtirish orqali raqobatbardoshlikni oshirish:
Xomashyo eksportini qisqartirib, qo'shilgan qiymat hissasi yuqori bo'lgan tayyor mahsulotlar eks portini ko'paytirish
Tashqi savdoga xizmat qiluvchi infratuzilmani yanada rivojlantirish
Iqtisodiyotning tarmoq tarkibini takomillashtirish
Mahsulot tannarxini pasaytirish orqali ularning raqobatbardoshli gini ta’minlash
Iqtisodiyotni texnik-texnologik qayta qurollanti- rish asosida tayyorlanayotgan mahsulotlar sifati ni yaxshilash
Yangi mahsulotlarni jahon bozori ga olib chiqish
Eksport qilinayotgan tovarlarni diversifikatsiya qilish, ularni import qiluvchi mamlakatlar geografiyasini kengaytirish bu mamlakatlardan biri yoki bir guruhil ning iqtisodiyotida muammolar ro‘y berganda ham eksport hajmining keskin pasa. yib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik imkonini beradi.
0‘tgan yillar mobaynida eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bora- sida amalga oshirilgan chora-tadbirlar iqtisodiyotimizning eksport salohiyatini yuksaltirish, tashqi savdo tarkibida ijobiy siljishlarga erishish, uning hajmini barqaror o‘stirish imkonini bermoqda.
Xulosa
Xalqaro savdo bugungi kunda o’zinig o’sish va ayrim sabablarga ko’ra pasayish ko’rsatkichlarga ega bo’lmoqda. Xalqaro savdoda yetakchilik qilayotgan asosiy mamlakatlar rivojlangan mamlakatlar muhim ahamiyat kasb etmoqda Jahon savdosining hozirgi vaqtdagi holatini tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, xalqaro savdo keyingi o’n yilliklarda shiddat bilan rivojlanib va takomillashib bormoqda. Unda nafaqat rivojlangan, balki rivojlanayotgan va o’tish davri iqtisodiyotidagi mamlakatlar ham faol ishtirok etib, har bir mamlakat o’z ishtirokiga qarab iqtisodiy manfaatga ega bo’lmoqda. Lekin rivojlangan mamlakatlar tomonidan tashqi savdo aloqalariga muhim e’tibor qaratilishi va mamlakatning ega bo’lgan iqtisodiy salohiyatining yuqoriligi, bugungi kunda jahon savdosining istiqboldagi strategiyasini belgilab bermoqda.
O’zbekistonda ham bugungi kunda xalqaro savdo muhim ahamiyatga ega.Keyingi vaqtda jahon bozorida narxi keskin tushib ketgan xomashyo resurslarini eksport qilish amaliyotidan imkon qadar tezroq qutilib, tayyor raqobatbardosh mahsulotlar eksportini faol oshirish va bu maxsulotlar yetkazib beriladigan mamlakatlar geografiyasini yanada kengaytirishimnz kerak. Jahon xo’jaligi rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlaridan bir- bu xalqaro iqtisodiy munosabatlarning intensiv rivojlanib borishi hisoblanadi. Bu mamlakatlar, mamlakatlar guruhi, alohida firma va korxonalar o’rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarning kengayishi tobora chuqurlashuvi, xo’jalik hayotining globallashuvi, milliy iqtisodiyot ochiqligining kuchayishi, mamlakatlarning iqtisodiy integratsiyalashuvi va hududiy xalqaro iqtisodiy aloqalar startegiyasining chuqurlashib borayotganligida ko’rish mumkin.
Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida amalga oshirilgan yana bir yo’nalish - mamlakatimizdagi mahsulot eksport qiladigan korxonalarni qo’llab-quvvatlash va ragbatlantirish, eksport salohiyatini mustagkamlash bo’yicha qabul qilingan amaliy choralar muxim ahamiyatga ega bo’ldi.Ma'lumki, 2009 yilda mamlakatimizda eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi bozorlarda raqobatdosh bo’lishini qo’llab-quvvatlash bo’yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish va eksportni ragbatlantirish uchun qo’shimcha omillar yaratishga alohida e'tibor qaratilgan edi.
Xususan:
aylanma mablaglarini to’ldirish uchun korxonalarga Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 70% dan ortik bo’lmagan stavkalarda 12 oygacha bo’lgan muddatga imtiyozli kreditlar berish:
tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, xorijiy investitsiyaishtirokida tashkil etilgan korxonalarni byudjetga barcha turdagi soliq va to’lovlardan, qo’shilgan qiymat solig’i bundan mustasno, ozod qilish muddatini uzaytirish.
Foydalanilgan adabiyotlar
Rasmiy hujjatlar
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari
0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. — Т.: 0‘zbekiston, 2012.
0‘zbekiston Respublikasining «Xorijiy investitsiyalar to‘g‘risida»gi Qonuni.
0‘zbekiston Respublikasining «Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida»gi Qonuni, 1996-yil.
0‘zbekiston Respublikasining «Xorijiy investorlarning huquqlari kafolatlari va himoyalash choralari to‘g‘risida»gi Qonuni, 1998-yil.
0‘zbekiston Respublikasining «Chet ellik investorlar kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida»gi Qonuni, 1998-yil.
0‘zbekiston Respublikasining «Investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni, 1998-yil.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorlari va farmonlari
0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xorijiy investitsiyalar ishtirokida- gi loyihalarni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 09.02.1998-y. PF-1924-sonli Farmoni.
0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «To‘g‘ridan to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tad- birlar to‘g‘risida»gi 11.04.2005-y. PF-3594-sonli Farmoni.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tashqi iqtisodiy va savdo aloqalari, xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 21.07.2005-y. PF-3631-sonli Farmoni.
0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2007-2010-yillarda xususiy- lashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish va xorijiy investitsiyalar- ni faol jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 20.07.2007-y. PQ-672-son- li Qarori.
0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xorijiy investitsiyalar va kreditlar- ni jalb etish hamda o‘zlashtirish jarayonini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 24.07.2008-y. PQ-927-sonli Qarori.
0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xorijiy investitsiyalar va kreditlar- ni jalb etish hamda o‘zlashtirish jarayonini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 24.07.2008-y. PQ-927-sonli Qarori.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari
0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «0‘zbekiston Respub- likasida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va tugatish tartibi to‘g‘risida»gi 336-sonli Qarori, 02.07.1997-y.
0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilishni kuchaytirishga doir qo‘shimcha cho- ra-tadbirlar to‘g‘risida»gi 205-sonli Qarori, 02.05.2003-y.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-maydagi «To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 58-sonli Qarori.
Maxsus adabiyotlar
Каримов И. А. Бизнинг бош максадимиз — жамиятни демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатни модернизация ва ислох этишдир. — Т.: «У:збекистон», 2005. — 96 б.
Каримов И. А. Узбекистоннинг 16 йиллик мустакил тараккиёт йули.
Т.: «Узбекистон», 2007. — 48 б.
Каримов И. А. Демократии хукукий давлат, эркин иктисодиёт талабларини тулик жорий этиш, фукаролик жамияти асосларини куриш — фаровон хаётимиз гаровидир. Т.: «Узбекистон», 2007.
64 б.
Каримов И. А. Ватанимизнинг боскичма-боскич ва баркарор ривожланишини таъминлаш — бизнинг олии максадимиз. — Т.*. «Узбекистон», 2008. — 48 б.
Каримов И. А. Инсон манфаатлари устуворлигини таъминлаш — барча ислохрт ва узгаришларимизнинг бош максадидир. — Т.: «Узбекистон», 2008. —64 6.
Каримов И. А. Жахон молиявий-иктисодий инкирози, Узбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йуллари ва чоралари. — Т.: «Узбекистон», 2009.
Do'stlaringiz bilan baham: |