Mutlaq va nisbiy afzallik nazariyalari


Stolper-Samuelson nazariyasi



Download 1,09 Mb.
bet8/22
Sana28.05.2020
Hajmi1,09 Mb.
#57359
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
Kurs ishi to'liq

Stolper-Samuelson nazariyasi — xalqaro savdo ta’sirida narxi o‘sadigan tovar­ni ishlab chiqarishda nisbatan intensiv foydalaniladigan omilning narxi ham o‘sadi va aksincha, narxi pasaygan tovarni ishlab chiqarishda nisbatan intensiv foydalaniladigan omilning narxi pasayadi.

Demak, xalqaro savdo mamlakatlarning yalpi daromadiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish bilan birga ayrim omil egalarining turmush farovonligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsa- tishi mumkin ekan. Shu sababli mamlakatning xalqaro savdoda ishtirok etishdan olishi mumkin bo‘lgan foyda — bu mamlakatning xalqaro savdo aloqalarida egal- lagan o‘rniga bog‘liq ekan.

Boshqa tarafdan mamlakatning xalqaro savdoda raqobatbardosh bo‘lishi uning ishlab chiqarish omillari bilan ta’minlanganligiga bog‘liq bo‘ladi. Ishlab chiqarish omillari taklifming o‘zgarishi mamlakatning iqtisodiy holatiga qanday ta’sir ko‘r- satishi ko‘p jihatdan T. Ribchinskiy tomonidan o‘rganilgan.

T. Ribchinskiy nazariyasiga muvofiq, ishlab chiqarish omillaridan notekis foy- dalanish turli oqibatlarga olib keladi. Mazkur omillardan birining ustun darajada ishlab chiqarishga qo‘llanilishi ushbu omildan doimiy ravishda foydalaniladigan iqtisodiy sektor ulushining ortishiga olib keladi. Bu esa barqaror jahon narxlari sha­roitida boshqa sektorlarda tovar ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga sabab bo‘- ladi. Chunki, arzon ishlab chiqarish omilidan intensiv ravishda foydalanilayotgan sektor tomon boshqa sektorlardan barcha harakatchan ishlab chiqarish omillarining oqib o‘tishi yuz beradi. Ingliz iqtisodchisi T. Ribchinskiy 1955-yilda mazkur qonu- niyatga asoslanib o‘z nazariyasini yaratdi.

T. Ribchinskiy nazariyasi — barqaror narxlar va iqtisodiyotda faqat ikkita sek- torning mavjudligi sharoitida ishlab chiqarish omillaridan birining taklifining ko‘- payishi ushbu omildan intensiv foydalaniladigan tarmoqlarda ishlab chiqarishning hajmini va bu tarmoq korxonalari oladigan daromadning ko‘payishiga olib keladi, boshqa sektorda esa ishlab chiqarish hajmining va olinadigan daromadning kama- yishiga olib keladi.

T. Ribchinkiy nazariyasiga muvofiq, yangi qazilma boyliklarning topilishi (neft va gaz) boshqa tarmoqlarning (qayta ishlash sanoati) rivojlanishini pasaytirib qo‘- yishi mumkin. Aksincha, tashqi savdo jadal sur’atlarda rivojlanayotgan iqtisodiyot­da ishchi kuchi malakasining ortib borishi va faol kapital qo‘yilmalar xomashyo qazib olishning qisqarishiga va uning importga bog‘liqligining kuchayishiga olib kelishi mumkin.

Bu nazariya amaliyotda ham o‘z tasdig‘ini topdi. T. Ribchinskiy tomonidan aniqlangan tamoyillar AQSh iqtisodiy rivojlanish jarayonida va tashqi iqtisodiy aloqalarning tarmoq tarkibida namoyon bo‘ldi. AQSh mineral xomashyoning net- to-eksportyoridan netto-importyoriga aylandi. Ribchinskiy nazariyasining ama­liyotda Kanada, Buyuk Britaniya, Gollandiya, Norvegiya kabi davlatlarda mine­ral xomashyo resurslarini (gaz, neft) qidirish qayta ishlash sanoati va bu tarmoqqa tegishli mahsulotlarni eksport qilishning qisqarishi evaziga rivojlanganligi bilan o‘z tasdig‘ini topgan.




Gollandiyaning deindustriallashuvi, ya’ni «golland kasalligi» nomini olgan hodi- a Ribchinkiy nazariyasiga yana bir misol bo‘ladi. Bu muammo Shimoliy dengizda Gollandiya tomonidan tabiiy gaz konlarining faol o‘zlashtirilishi bilan bog‘liq edi. Tabiiy gazni o‘zlashtirishning oshib borishi ishchi kuchini eksportga yo'naltirilgan qayta ishlash sanoati tamoqlaridan neft va gazni qazib olish tarmog‘iga ko‘chishi- ga, oqib o‘tishiga olib keldi. Shu sababli Gollandiyaning sanoat mahsulotlari eks­porti keskin qisqardi. Bu vaziyatni Ribchinskiy nazariyasini qo‘llash orqali oldin- dan aniqlash va uning oldini olish mumkin bo‘lgandi. Ammo Gollandiya hukuma- tining samarasiz tarmoq siyosatini olib borishi natijasida qayta ishlash sanoatida ishlab chiqarish hajmi qisqardi.

Shunday qilib xalqaro savdo bilan ijobiy va salbiy oqibatlar ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu esa tashqi savdo siyosatida ikki tendensiyaning mavjudligini tushun- tirib beradi, bular erkin savdo va protensionizmdir.

Bir qator iqtisodchi olimlar mamlakatning xalqaro savdoda tutgan o‘rnini tex- nologik taraqqiyot orqali tushuntirishga harakat qilishdi. Ular orasida M. Pozner va R. Vernonlarni ajratib ko‘rsatish mumkin.

Amerikalik iqtisodchi Maykl Pozner 1961-yilda xalqaro savdoni texnologik taraqqiyot bilan bog‘liqligini ochib berishga harakat qildi. Bu olim tomonidan tex­nologik uzilish modeli ishlab chiqildi.

M. Poznerning «texnologik uzilish» modeliga muvofiq mamlakatning yan­gi texnologiyani yaratishi unga ushbu texnologiya asosida tovar ishlab chiqarish­da va bu tovarni jahon bozorida sotishda vaqtinchalik monopoliyaga ega bo‘ladi. Bu esa, mamlakat boshqa ishlab chiqarish omillari bilan ta’minlanganligida ustunlikka ega boimasa ham jahon bozorida yetakchi eksportyorga aylanishi mumkin- ligini anglatadi.

M. Poznerning ushbu modeli boshqa amerikalik iqtisodchi R. Vernon tomoni­dan rivojlantiriIdi. 1966-yilda R. Vernonning «mahsulotning hayotiylik sikli» mode­liga bag‘ishlangan maqolasi chop etildi.

«Mahsulotning hayotiylik sikli» nazariyasi — yangi tovarning kashf qilinishi ma’lum vaqt davomida ixtirochi mamlakatga jahon tovarlar bozorida yetakchilik qilish imkoniyatini beradi, ammo keyinchalik mahsulot hayotiylik siklida bir bos- qichdan boshqa bosqichga o‘tgani kabi bu tovarni ishlab chiqarishdagi ustunlik ham bir davlatdan ikkinchisiga o‘tadi.

Mahsulotning hayotiylik sikli beshta bosqichdan (vujudga kelish, o‘sish, to‘- yinish, pasayish va ichki ishlab chiqarishdan voz kechish) iborat siklni bosib o'tadi va ular bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Mazkur nazariya xalqaro savdoni mah­sulotning hayotiylik sikli bosqichlari asosida yo‘lga qo‘yish lozimligini tushun- tiradi.

R. Vernon nazariyasiga muvofiq ba’zi bir mahsulotlar besh bosqichdan iborat siklni bosib o‘tadi va ularni ishlab chiqarish joyi sikl bosqichlariga bog‘liq ravish- da o‘zgaradi. Bu bosqichlarni ketma-ketlikda ko‘rib chiqamiz:

Birinchi bosqich. Vujudga kelish. Bu bosqichda yangi tovar yaratiladi va bu tovarni dastlabki ishlab chiqarish boshlanadi. Birinchi bosqichda yangi tovar faqat shu mamlakatning o‘zida sotiladi. Yangi mahsulot, odatda, unga talab va unga mos bozor bo‘Igandagina ishlab chiqiladi. Bu bosqichda tovar dastavval kam miq- dorda ichki bozorga chiqariladi. Keyinchalik tovarning sifati ichki iste’molchilar talabiga javob beradigan darajaga yetkaziladi.

Yangi tovar loyihasini ishlab chiqish va u asosida texnika, texnologiya yaratish katta miqdordagi kapitalni talab qiladi. Shu sababli yangi tovarlar, asosan kapital­ga boy, taraqqiy etgan mamlakatlarda yaratiladi. *



Ikkinchi bosqich. 0‘sish. Bu bosqichda mahsulot mukammal ko‘rinishga kel- tiriladi va uni katta hajmda ishlab chiqarish yo'lga qo‘yiladi. Keyinchalik mahsu­lotni xorijga eksport qilish boshlanadi. Ikkinchi bosqichda yangi tovarni eksport qilish bo‘yicha mamlakat jahon bozorida monopoliyaga ega bo‘ladi. Chunki bosh­qa mamlakatlarda bu tovarning o‘rnini bosuvchi tovarlar hali ishlab chiqarilmaydi.

Uchinchi bosqich. To‘yinish. Yangi tovarni ishlab chiqarish texnologiyasi mukammal ko‘rinishga ketiriladi va tovarning narxini pasaytirish maqsadida uni ishlab chiqarishning bir qismi boshqa mamlakatlarga o‘tkaziladi. Arzonroq ishchi kuchidan foydalanish hisobiga tovarning tannarxi pasayadi va korxona yuqori daro- mad olishni davom ettiradi.

Uchinchi bosqichda yangi tovarni ishlab chiqarishning bir qismi mehnat resurs- lariga boy mamlakatga o‘tkaziladi. Shu tariqa mahsulotni ishlab chiqarish bir mam- lakatdan boshqa mamlakatga uzatilishi jarayoni boshlanadi.



To‘rtinchi bosqich. Pasayish. Bu bosqichda tovarning narxi ko‘p jihatdan arzon tabiiy resurslar va mehnat resurslari bilan ta’minlanganligiga bog‘liq. Shu sabab­li nisbatan arzonroq mehnat resurslariga ega bo‘lgan mamlakat yangi tovarni ish­lab chiqarish jarayonini to‘liq o‘z qo‘liga oladi. Bu bosqichga kelib yuqorida ko‘r- satilgan sabablar ta’sirida yangi tovarni ishlab chiqargan mamlakat bu mahsulotni import qilishni boshlaydi.

Beshinchi bosqich. Ichki ishlab chiqarishdan voz kechish. Oldingi bosqich­da boshlangan jarayon rivojlanib boradi va yangilikni amalga oshirgan mamlakat­da bu tovarni ishlab chiqarish to‘xtatiladi. Chunki arzon xomashyoga, ishchi kuchi- ga ega bo‘lmagan mamlakat korxonalari bozorda o‘z raqobatbardoshligini yo‘qotib qo‘yishadi va o‘z salohiyatlarini yangi tovarlarni ishlab chiqishga yo‘naltirishadi. Bu bosqichga kelib yangi tovarni ishlab chiqarishni taraqqiy etgan mamlakatlar- dan rivojlanayotgan mamlakatlarga uzatish to‘liq nihoyasiga yetkaziladi va taraq­qiy etgan mamlakatlar bu tovarni to‘liq xorijdan import qiladi.

Xalqaro savdo nazariyalariga bag‘ishlangan ayrim nazariyalar klassik maktab- ning xalqaro savdo konsepsiyasini to‘liq rad etishadi. Bu nazariyalar tarkibidagi miqyos samarasi, tarmoq ichidagi savdo, monopol raqobat sharoitidagi savdo kabi nazariyalarni ajratib ko‘rsatish mumkin.




Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish