Nazorat savollari
1.An’anaviy elektr energiya manbalariga qaysi stantsiyalar kiradi?
2.Noan’anaviy elektr energiya manbalariga qaysi stantsiyalar kiradi?
3.GES larning foydali ish koeffitsienti nechaga teng?
4.IES larning kamchiliklari nimadan iborat?
5.Quyosh elektr stantsiyalarning ahamiyati.
6.Geotermal elektr stantsiyalarning energiya manbasi sifatida nima ishlatiladi?
7.Magnito-gidrodinamik elektr stantsiyalarning avzalliklari.
3‑amaliy ish.
3.1.Qishloq xo’jaligi iste’molchilari uchun QTEM foydalanib lokal energiya ta’minoti tizimlari strukturasini tuzish bo’yicha misollar o’rganish
Lokal energiya ta’minot tizimini (LETT) texnik-iqtisodiy taxlil qilishda, birinchi navbatda tarkibiy tuzilish sxemalarini turli xil variantlarini ko’rib chiqiladi. LETT ning strukturaviy sxemasida energiya o’zgartirgichlar soni kam bo’lishi kerak, chunki elementlar soni oshishi bilan tizimning foydali ish koeffitsienti (fik) pasayadi va umumiy narxi oshadi. QTEM lar orqali energiya yetkazilishi tasodifiy xarakterga ega bo’lganligi uchun avtonom energiya ta’minot albatta energiyani zaxiralash ham hisobga olinishi kerak. Avtonom energiya ta’minot tizimining strukturaviy sxemalarini umumiy ko’rinishlari 6.3-6.6 rasmlarda keltirilgan. 3.1-rasmda quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantiruvchi va o’zgaruvchan tokni iste’molchiga uzatuvchi LETT ning strukturaviy sxemasi berilgan.
31.-rasmda quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantiruvchi va o’zgaruvchan tokni iste’molchiga uzatuvchi avtonom elektr ta’minot sxemasi berilgan
3.1-rasm. Fotoelektr o’zgartirgich asosida tuzilgan avtonom elektr ta’minot tizimi (energiya zaxirasi-akkumulyator batareyasi).
1. Fotoelektr o’zgartirgich; 2. Kommutator; 3. Akkumulyator batareyasi; 4. Invertor; 5. Energiya iste’molchisi.
9-rasmda shamol energiyasini elektr energiyasiga aylantiruvchi va iste’molchiga uzatuvchi avtonom energiya ta’minot tizimini strukturaviy sxemasi berilgan. Energiyani saqlovchi element sifatida akkumulyator batareyasi qabul qilingan.
3.2-rasm. SHamol energetik qurilma asosida tuzilgan avtonom energiya ta’minot tizimi (energiya zaxirasi-akkumulyator batareyasi). 1-shamol parragi; 2-o’zgaruvchan tok generatori; 3-kommutator; 4-invertor tokni doimiyga o’zgartirgich bilan birgalikda; 5-akkumulyator batareyasi; 6-o’zgaruvchan tok yuklamasi; 7-doimiy tok yuklamasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |