Quyosh energiyasidan foydalanishga asoslangan lokal energiya ta’minot tizimining strukturaviy sxemasini tuzish.
Quyosh energiyasidan foydalanib elektr va issiqlik energiyalari ishlab chiqarilishi mumkin. Quyosh energiyasining yetkazilish va iste’mol qilish rejimlarini muvofiqlashtirish maqsadida akkumulyator qo’llaniladi. Quyosh energiyasidan foydalanishga asoslangan lokal energiya ta’minot tizimining strukturaviy sxemasi 3.3-rasmda keltirilgan.
3.3-rasm. Gelioenergetik qurilmaga (GEQ) asoslangan lokal energiya ta’minot tizimining strukturaviy sxemasi. 1-GEQ; 2-energiya o’zgartirgichi (fotoelektr yoki issiqlik kollektori); 3-energiya akkumulyatori; 4-iste’molchi; 5-an’anaviy energiya manbasi.
Energiya akkumulyatori quyoshli energiya ta’minotida muvofiqlashtiruvchi element sifatida qo’llaniladi. Yuqorida keltirilgan sxemada an’anaviy energiya manbasi ta’minlanayotgan energiya sifatini saqlash va ishonchliligini oshirish uchun xizmat qiladi. An’anaviy manbadan olinayotgan energiya bevosita iste’molchiga yetkaziladi yoki akkumulyatorda yig’ilishi mumkin. Gelioenergetik qurilma va quyosh kollektorlarining parametrlari talab qilinadigan energiya miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
SHamol energiyasidan foydalanishga asoslangan strukturaviy sxema.
SHamol oqimining energiyasi asosan elektr energiyasini ishlab chiqishda qo’llaniladi. SHamol energetik qurilmalari (SHEQ) dan ta’minlanadigan energetik tizimda ikki xil energiya akkumulyatori bo’lishi mumkin: a) bevosita SHEQ lardan olinadigan elektr energiyasini yig’ish uchun; b) issiqlikka o’zgartirilgan energiyasini saqlash uchun.
3.4-rasmda SHEQ asosida tuzilgan lokal energiya ta’minotining strukturaviy sxemasi ko’rsatilgan.
3.4-rasm. SHEQ ga asoslangan lokal energiya ta’minot tizimining strukturaviy sxemasi. 1-qayta tiklanuvchi energiya manbasi; 2-SHEQ; 3-issiqlik energiya kkumulyatori; 4-iste’molchi; 5-an’anaviy energiya manbasi; 6-elektr energiya akkumulyatori.
QTEM lardan olinayotgan issiqlik energiyasi sifatini oshirishda an’anaviy energiya manbasi qo’llaniladi. Bu yerda quyidagi variantlar bo’lishi mumkin:
Issiq suvni xarorati an’anaviy energiya manbasi yordamida issiqlik energiya akkumulyatorida rostlanadi;
Issiqlik energiya xarorati issiqlik generatori yordamida rostlanadi.
Bunday sxemada SHEQ parametri talab qilinadigan energiya miqdorini ishlab chiqishga mos bo’lishi kerak. Lokal energiya ta’minot tizimi orqali yetkazilayotgan energiya miqdori kam yoki uning sifati past bo’lganida akkumulyator qo’shiladi. Akkumulator sig’imi kamayishi bilan an’anaviy energiya manbasi qo’shiladi. Akkumulyator batareyalar sig’imini asoslashda birinchi navbatda SHEQ lardan olinadigan energiya miqdori hisobga olinadi. SHuning bilan birgalikda akkumulyatorlarni an’anaviy energiya manbalardan zaryadlanishini ham hisobga olinishi kerak.
SHamol energiyasidan maksimal foydalanish uchun SHEQ lar orqali iste’molchilarni elektr va issiqlik energiyalari bilan bir vaqtda ta’minlash sxemalarini istiqbollari kattadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |