O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO’JALIGI VAZIRLIGI
ANDIJON QISHLOQ XO’JALIGI VA AGROTEXNOLOGIYALAR INSTITUTI
“MUTAXASSISLIKKA KIRISH”
fanidan amaliy mashg’ulotlari uchun
USLUBIY KO’RSATMA
Bilim sohasi: 400000 -Qishloq va suv xo’jaligi
Ta’lim sohasi: 430000 - Qishloq xo’jalik texnikasi
Ta’lim yo’nalishi: 5430500 - Qishloq xo’jaligini va suv xo’jaligida energiya taminoti
Andijon- 2020
Fanning uslubiy ko’rsatmasi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirining 20__ yil “___” _____________ dagi “___” –sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan №____________ “___” _____________ da ro’yxatga olingan o’quv dasturi asosida ishlab chiqildi.
Tuzuvchilar:
|
|
|
Tuzuvchilar:
B.Rayimdjanov
|
– Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti“Elektr energiyasi va nasos stantsiyalaridan foydalanish” kafedrasi assistenti
|
Taqrizchilar:
|
|
B. Mamajonov
|
Andijon mashinasozlik instituti
“Elektrotexnika, elektromexanika
va elektrotexnologiya” kafedrasi dotsenti, t.f.n.
|
|
Ushbu uslubiy ko’rsatma “Elektr energiyasi va nasos stantsiyalaridan foydalanish” kafedrasining 2020 yil avgustdagi sonli yig’ilishida ko’rib chiqilgan va tasdiqlash uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri: B.Rayimdjanov
Uslubiy ko’rsatma “Agroinjeneriya va gidromelioratsiya” fakulteti o’quv-uslubiy Kengashida 2020 yil __________dagi yig’ilishida ___-sonli bayoni) ma’qullangan va tasdiqlash uchun tavsiya etilgan.
O’quv-uslubiy komissiya raisi: A.Xudoyorov
Uslubiy ko’rsatma Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti o’quv-uslubiy Kengashida 2020-yil ________dagi yig’ilishining ___ - sonli bayoni bilan tasdiqlanishga taqdim etilgan.
Andijon qishloq xo’jaligi va
agrotexnologiyalar instituti
o’quv –uslubiy Kengash raisi: M.Atajanov
KIRISH
Respublikamizning qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish jarayonlarida ham
boshqa soxalar bilan bir qatorda bozor iqtisodiyoti isloxotlarini chuqurlashtirishga alohida etibor berilmoqda.
Qishloq xo’jaligida elektr energiyasining qo’llanilishi XX asr boshlarida uylarni yoritishda, o’simlikshunoslikda alohida ishlab chiqarish jarayonlarini elektrlashtirishda, chorvachilikda va yordamchi xo’jaliklarda namoyon bo’lgan.
O’tgan davrlar mobaynida respublika qishloq xo’jaligida elektr energiyasini eng ko’p iste’mol qiladigan nasos stantsiyalari, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari, parrandachilik va chorvachilik komplekslari tashkil etildi. Respublika mustaqillikka erishgandan so’ng ayniqsa maishiy iste’molchilar turi va ularning quvvati oshdi. Agrar sohani rivojlanishida moddiy-texnik va energetik ta’minoti bilan bir qatorda bugungi davrning va bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan yuqori darajadagi bilimlarga va malakalarga ega bo’lgan kadrlar bilan ta’minlash katta ahamiyatga ega. Respublika qishloq xo’jaligida bugungi kunda jami ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 30% dan ko’prog’i iste’mol qilinmoqda. SHu sababli agrar sohada elektr energiyasidan oqilona foydalanishini ta’minlovchi mutaxassis kadrlar tayyorlash Respublika ta’lim tizimining ustivor yo’nalishlaridan xisoblanadi.
Qishloq xo’jaligida energetik va elektrotexnik qurilmalardan to’g’ri foydalanish va energetik resurslardan, jumladan elektr energiyasidan samarali foydalanish masalalari bilan shug’ullanuvchi agrar ilmi va energetika bo’yicha kompleks bilimlarga ega bo’lgan energetik kadrlarni tayyorlash zarur hisoblanadi.
Quyidagi uslubiy ko’rsatmadan bakalavrlar qishloq suv xo’jaligi energiya ta’minotini o’rganishda , nazariy va amaliy masalalarni yechish uchun zaruriy formulalar keltirilgan. Masalalarni bir qismi adabiyotlardan olingan bo’lib,
asosiy qismi muallif tomonidan tuzilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |