Lokal energiya ta’minot tizimida quyosh va shamol energiyalaridan kompleks foydalanish.
Quyosh va shamol energiyalaridan kompleks foydalanishga asoslangan lokal energiya ta’minot tizimida GEQ va SHEQ larni turli xil rejimda ishlashlari hisobga olinishi kerak. Birinchi bosqichda masalani aniqroq yechish maqsadida loyihada bitta umumiy energiya iste’molchisi quyosh va shamol energetik qurilmalari orqali alohida yoki parallel energiya bilan ta’minlanishi ko’rib chiqilmoqda (3.5-rasm).
GEQ va SHEQ lar alohida ulanishida xar bir energetik qurilmasi mustaqil iste’molchi tomonidan energiyaga bor extiyojini hisobga olmasdan issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqaradi va akkumulyatorlarda yig’adi. Atrof muxitga energiya isrofi ko’p bo’lganligi uchun bunday sxemalarni energetik samarasi past bo’ladi.
3.5-rasm. Quyosh va shamol energiyalaridan kompleks foydalanishga asoslangan lokal energiya ta’minot tizimi. a) QTEM larni alohida ishlashi; b) QTEMlarni birgalikda ishlashi. 1-QTEM; 2-energiya o’zgartirgichi; 3-issiqlik energiya akkumulyatori; 4.1 va 4.2-issiqlik va elektr energiya iste’molchilari; 5-an’anaviy energiya manbasi; 6-elektr energiya akkumulyatori.
Iste’molchilarni elektr va issiqlik energiyalari bilan ta’minlashda qo’llaniladigan an’anaviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalari majmui kompleks energiya ta’minot tizimi deb nomlanadi. Energiya ta’minot jarayonlari energiyasini ishlab chiqish, o’zgartirish, saqlash va uzatish bilan bog’liqdir. Ish bajarish funktsiyasiga qarab energiya bilan ta’minlovchi tizimchalar to’liq, to’liq emas va elementarlarga ajratiladi. To’liq tizimchalarda energiya bilan bog’liq barcha ishlar bajariladi, ya’ni energiyani ishlab chiqish, o’zgartirish, saqlash va uzatish. Bunday tizimchalar hisobida DES, QTEM va BGQ larni qabul qilish mumkin.
To’liq emas tizimchalar deb markazlashtirilgan ET va IT larni qabul qilish mumkin. Ularning kirishga tayyor, o’zgartirilgan, energiya yetkaziladi va chiqishidagi energiyasini o’zgartirish zarur. Masalan, elektr energiya ta’minoti tizimining kirishiga berilayotgan yuqori kuchlanishli energiyasida, ET dan chiqishida kuchlanish o’zgartirilishi mumkin.
Elektr tizimchalar energiyani qabul qilish va iste’molchilar orasida taqsimlash funktsiyasini bajaradi. Masalan, past kuchlanishli ET lar yoki issiqlik qozonxonasidan ta’minlanadigan IT lar.
Turli xil an’anaviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalariga asoslangan kompleks energiya ta’minot tizimi (KETT) ning strukturaviy sxemasi 13-rasmda keltirilgan.
3.6-rasm. An’anaviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalariga asoslangan kompleks energiya ta’minot tizimi (KETT).
Bu yerda: DES (BES) – dizel yoki benzin elektr stantsiyalari; QTEM – qayta tiklanuvchi energiya manbalari; BGQ – biogaz qurilmasi.
Mahalliy va QTEM larga asoslangan kompleks energiya ta’minot tizimini o’rganish quyidagi printsiplar asosida olib borilishi kerak:
Tadqiqot ob’ekti – kompleks energiya ta’minot tizimi (KETT) elektr va issiqlik manbalaridan tashkil qilingan tizimchalardan tuzilgan;
KETT ning asosiy vazifasi – energiya resurslaridan samarali foydalanib, iste’molchilarni kerakli miqdorda sifatli va ishonchli energiya bilan ta’minlashdir.
Elektr energiya iste’molchisini markazlashtirilgan elektr ta’minot tizimidan uzoqligi, lokal va qayta tiklanuvchi energiya manbalari energetik xarakteristikalarini hisobga olgan holda iste’molchiga elektr energiya ET, DES va QTEM lar orqali yetkazilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |