Mutaxassislik fani



Download 116,85 Kb.
bet7/7
Sana08.07.2022
Hajmi116,85 Kb.
#758507
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O\'zbek tilshunosligi Test

Qaro ko‘zim, kelu mardumlig‘ emdi fan qilg‘il.
Ko‘zim qarosida mardum kibi vatan qilg‘il.
Navoiyning ushbu mashhur baytida qo‘llangan fan leksemasining sinonimi berilgan qatorni belgalang.
A) ilm, bilim
B) rasm, odat
C) bog‘, chaman
D) chidam, toqat.
Quyidagi sinonim leksemalarning qaysi biri keng qo‘llanadi?
A) ivirsiq
B) isqirt
C) irkit
D) iflos
Bir so‘z turkumi doirasida o‘zaro omonim bo‘lgan leksemalarga grammatik shakllar qo‘shilganda ham omonimlik munosabatini saqlab qoladimi?
A) saqlab qoladi
B) grammatik shakllar qo‘shulguncha omonim munosabat saqlanadi
C) grammatik shakllar omonimlik munosabatini bartaraf etadi
D) o‘zaro omonim munosabat bo‘lmaydi.
Ikki yoki undan ortiq leksemaning shakliy munosabati va talaffuziga ko‘ra o‘zaro birlik hosil qilishi qaysi hodisalar uchun xos?
A) sinonimlar uchun xos
B) antonimlar va ko‘p ma'nolilik uchun xos
C) omonimlar uchun xos
D) paronimlar uchun xos
Ona tiliga o‘zlashmagan, o‘zga til hodisasi sifatida qo‘llanuvchi so‘z va iboralar nima deb ataladi?
A) Vulgarizm
B) Professionalizm
C) Jargon
D) Varvarizm
Turg‘un birikmaga misol keltiring.
A) Qizil qalam
B) Bahorning mayin shabadasi
C) Bir yoqadan bosh chiqarmoq
D) Katta va tekis yo‘l
Ibora tarkibidagi komponentlardan biri yoki barchasi ko‘chma ma‘noda bo‘lib, iboraning ma‘nosi ularning sintezidan tarkib topgan, bir tushunchani bildiruvchi lug‘aviy birliklar qanday nomlanadi?
A) Fraziologizmlar
B) Parafraza
C) Leksikalizatsiyalashgan so‘zlar
D) Turg‘un iboralar
Tarkibidagi so‘zlarning ma‘nolariga bog‘liq, shularga asoslangan umumlashtiruvchi ko‘chma ma‘noli turg‘un iboralar qanday nomlanadi?
A) Frazeologik chatishma
B) Frazeologik butunlik
C) Frazeologik qotishma
D) Frazeologik qo‘shimcha
So‘zning ko‘chma ma'nosi deyilganda nima nazarda tutiladi?
A) so‘zning nutq tarkibidan tashqarida ifodalaydigan ma'nosi
B) nutq tarkibidagi boshqa so‘zlar yordamida anglashiladigan ma'nosi
C) morfologik yo‘l bilan yasalgan so‘zlar ma'nosi
D) sintaktik yo‘l bilan yasalgan so‘zlar ma'nosi.
Odam – kishi– inson – bashar; ko‘krak – ko‘ks – bag‘ir – to‘sh – siyna sinonimik qatorlardagi poetik (badiiy) uslubga xos leksemalar berilgan qatorni toping.
A) bashar, siyna
B) inson, bag‘ir
C) odam, ko‘krak
D) kishi, bag‘ir.
Turli tillardan o‘zlashgan leksemalar o‘zaro sinonim bo‘lishi mumkinmi?
A) bir til doirasidagina o‘zaro sinonim bo‘lishi mumkin
B) faqat arab va fors­tojik tillaridan olingan leksemalargina o‘zaro sinonim bo‘la oladi
C) o‘zlashma leksemalar qaysi tildan olinganligidan qat'i nazar, o‘zaro sinonim bo‘la oladi
D) o‘zlashma leksemalar faqat o‘zbekcha leksemalar bilangina o‘zaro sinonim bo‘lishi mumkin.
Metonimiya asosida ma'no ko‘chgan leksema bor gapni toping.
A) Mehmon kirishi bilan zal oyoqqa turdi.
B) Bahor kelinchakdek yasanib keldi.
C) Besh qo‘l barobar emas
D) Ma'naviy barkamol inson komil inson bo‘ladi.
Grammatik ma'noga to‘g‘ri ta'rif berilgan javobni toping.
A) leksemaning lug‘aviy (leksik) ma'nosiga qo‘shimcha tarzdagi va ular uchun umumiy bo‘lgan ma'no
B) leksemaning shakliy qismi orqali ifodalangan ma'no
C) leksemaning u yoki bu turkumga mansubligini ko‘rsatuvchi ma'no
D) A, B, C.
Quyidagi qatorlarning qaysi birida salbiy bo‘yoqdor leksemalar berilgan?
A) yaxshi, chiroyli, shirin, xursand
B) yomon, xunuk, bemaza, xafa
C) ko‘rk, chehra, jilmaymoq, kamolot
D) badburush, naynov, qiltiriq, bashara, satang.
Giponimiya nima?
A) Tildagi jins va tur tushunchalar munosabatlarni ifodalovchi so‘zlar qatori
B) Lug‘aviy ma‘no guruhlari doirasida ma‘no darajalanishini ifodalovchi leksik birliklar
C) Lug‘aviy ma‘no guruhlaridagi so‘zlarni qiyosiy o‘rganish
D) Omonimlarga xos xussusiyatlar
So‘z ma‘nosi anglatgan narsa, voqea, hodisalar eskirmay, uning ma‘nosida yangilanish yuz berib, oldingi ma‘nosi iste‘moldan chiqsa, bunday so‘zlar qanday nomlanadi?
A) Frazeologik istiorizm
B) Arxaizm
C) Semantik istiorizm
D) Neologizm
Hududiy nuqtai nazardan chegeralangan leksika birligi nima?
A) Arxaizm
B) Istiorixm
C) Neologizm
D) Dialektizm
O‘z emotsional-ekspressiv bo‘yog‘iga ega bo‘lmagan, faqat bir tushunchaning jami sifatida qo‘llanadigan qatlamga qanday nomlanadi?
A) Jargon
B) Termin
C) Varvarizm
D) Argo
So‘zlovchining voqeiylikka salbiy munosabatini ifodalovchi iboralar tilshunoslikda qanday ataladi?
A) Kakofemizm
B) Evfemizm
C) Tabu
D) Polisemantik so‘zlar
Yozilishi bir xil bo‘lib, ma‘no va talaffuzi har xil bo‘lgan so‘zlar qanday nomlanadi?
A) Omofonlar
B) Omograflar
C) Omofrazema
D) Omoevfema
Ilmiy bilishning ikki bosqichi:
A) fahmiy, nazariy
B) fahmiy, nominal
C) aqliy, nazariy
D) ratsional, nazariy
Lison va nutq qaysi bosqichda izchil farqlandi?
A) formal
B) funksional
C) substansial
D) lingvopragmatik.
Lisoniy birlik mohiyati tilshunoslikning qaysi bosqichida tik-lanadi?
A) substansial bosqichda
B) formal bosqichda
C) funksional bosqichda
D) lingvopragmatik bosqichda
Lisoniy paradigma nima?
A) bir sathga mansub, bir umumiy ma’noli lisoniy birliklar
B) bir sathga mansub ketma-ket bog‘langan nitqiy birliklar
C) assosiativ bog‘langan gaplar
D) turli sathga mansub, bir umumiy ma’noli lisoniy birliklar
Paradigmatik munosabatda zarur belgi:
A) o‘xshashlik va farqlar
B) farqlar
C) o‘xshashliklar
D) farq va tafovutlar
Qaysi ziddiyatda lisoniy imkoniyat kuchsizlik belgisi bilan yonma-yon keladi?
A) noto‘liq
B) darajali
C) muntazam
D) teng qiymatli
Qaysi ziddiyatda lisoniy belgi o‘sishi ko‘rinadi?
A) darajali
B) noto‘liq
C) muntazam
D) teng qiymatli
Tovush hosil qilishda ishtirok etadigan nutq a’zolarining jamiga?
A) Nutq apparati deyiladi
B) Nutq formulasi deyiladi
C) Faol nutq a’zolari deyiladi
D) Nutq artikulyatsiyasi deyiladi
Undoshlarning oppozitiv belgisi:
A) artikulyatsiya o‘rni, ovoz va shovqin darajasi
B) artikulyatsiya o‘rni
C) ovoz va shovqin darajasi
D) yumshoq-qattiqlik
Erkin aloqa nima?
A) Bu aloqada tobe unsur ning qaysi shaklda kelishi hokim qismga bog‘liq bo‘lmaydi
B) Erkin aloqa tobe munosabat ning bir ko‘rinishi
C) Faqat erkin birikmalardagi aloqa erkin aloqa deyiladi
D) Hokim so‘z o‘zidan oldingi so‘zni o‘ziga erkin bog‘lanishini talab qiladi
Asosiy sintaktik birliklar berilgan javob
A) Sistaksisning o‘rganish predmeti
B) so‘z birikmasi va gap.
C) lisoniy sintaktik qolip
D) Valentlik va sintaktik aloqa
Erkin aloqa nima?
A) Bu aloqada tobe unsur ning qaysi shaklda kelishi hokim qismga bog‘liq bo‘lmaydi
B) Erkin aloqa tobe munosabat ning bir ko‘rinishi
C) Faqat erkin birikmalardagi aloqa erkin aloqa deyiladi
D) Hokim so‘z o‘zidan oldingi so‘zni o‘ziga erkin bog‘lanishini talab qiladi
So‘z birikmasining mohiyatini qaysi qatordagi javob nisbatan qisqa va yorqinroq aks ettiradi?
A) Tobelanish aloqasidagi ikkita tarkibiy qismdan tashkil topgan sintaktik qurilma
B) Ikki so‘zdan iborat qurilma
C) Mazmun va sintaktik jihatdan bog‘langan sintaktik qurilma
D) Mazmunan bog‘langan qurilma
Kesimlik kategoryasi qaysi qatorda berilgan?
A) Shaxs-son, zamon, tasdiq-inkor, modallik/mayl.
B) Shaxs-son, zamon, tasdiq-inkor, ifoda maqsadi
C) Predikativlik va modallik
D) To‘g‘ri javob yo‘q.
Valentlik nima?
A) Kesimning bo‘sh o‘rinlari
B) So‘zlarning birikish imkoniyatlari
C) Faqat mustaqil so‘z turkumlarining birikish imkoniyatlari
D) birikuvchanlik imkoniyati
Gapning lisoniy sathida aniqlovchining mavqei qanday?
A) So‘z kengaytiruvchi
B) Aniqlovchi-sub'ekt ifodalovchi sintaktik shakl
C) Aniqlovchi predikat bilan uning argumenti sifatida doimiy munosa-batga kirishadigan bo‘lak
D) Aniqlovchi gapni bo‘laklarga ajra-tishning beshinchi darajasini tashkil etadi
To‘liqsizlik gapning qaysi sathiga xos?
A) nutqiy
B) Lisoniy
C) Morfologik shakliga
D) To‘g‘ri javob berilmagan.
Gapning grammatik markazi –
A) Diktum
B) Propozitsiya
C) Modus
D) kesim
Cho‘llar chaman sochdilar, Tashlab anduhlarini, Jaranglatib ochdilar, Oltin sandiqlarini.Bu gap qo‘shma gapning qurilish qolipiga ko‘ra qaysi turiga mansub?
A) teng
B) tobe
C) mutanosib
D) real
Qarasam, qaramaysan, qaramasam, qaraysan. Ushbu gap nechta qismdan tashkil topgan?
A) To‘rtta
B) Ikkita
C) uchta
D) Bitta
Cho‘llar chaman sochdilar, Tashlab anduhlarini, Jaranglatib ochdilar, Oltin sandiqlarini. Bu gap qanday bog‘lovchi vosita orqali birikkan?
A) ohang
B) teng bog‘lovchilar
C) tobe bog‘lovchilar
D) nisbiy so‘zlar
Paxtalar ochildimi – terim boshlanadi. Bu qo‘shma gapning qaysi turiga mansub?
A) tobe
B) teng
C) mutanosib
D) real
Chamasi, uning yo‘g‘on gavdasi kontuziya bo‘lgan va shuning uchun a'zoyi badani zirqirab og‘rir edi. Bu gap qanday gap?
A) uyushgan gap
B) Sodda gap
C) qo‘shma gap
D) Sodda gap
Teng bog‘lovchilar qo‘shma gap tarkibida qo‘llanishiga ko‘ra 2 xil bo‘ladi. Javob qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A) Takrorlanib qo‘llanuvchi, yakka holda qo‘llanuvchi
B) To‘liq, to‘liqsiz
C) Gap boshida qo‘llanuvchi, gap o‘rtasida qo‘llanuvchi
D) To‘g‘ri javob berilmagan.
Bog‘li aloqaning izohi qaysi qatorda berilgan?
A) Tobe qismning qanday shaklda kelishi hokim qismga bog‘liq bo‘lgan aloqa
B) Turg‘un birikma komponentlari o‘rtasidagi aloqa
C) Qo‘shma gap komponentlari o‘rtasidagi munosabat
D) Bog‘langan qo‘shma gap komponentlari o‘rtasidagi munosabat
An’ anaviy sintaksisda ergashgan qo‘shma gaplarni turlarga ajratishda qanday xususiyatlar hisobga olinadi?
A) Bosh va ergash gaplarning matndagi konkret mazmuni, strukturasi, ergash gap bosh gapning biror bo‘lagini yoki bosh gapni butunlay izohlay olishi
B) Gapning mazmuni va strukturasi
C) bosh va ergash gapning mazmuni va strukturasidan tashqari ergash gapning sintaktik vazifasi, grammatik vositalari
D) Tuzilishi va qismlarining joylashuvi
Tobe gaplarni bosh gapga biriktiruvchi bog‘lovchilarning o‘rni qaerda bo‘ladi?
A) –ki bog‘lovchisi bosh gapning kesimida, shuning uchun bog‘lovchisi bosh gap tarkibida, chunki,negaki, bog‘lovchilari tobe gapning oldida
B) –ki bog‘lovchisi bosh gapning kesimida, chunki, negaki, go‘yo bog‘lovchilari tobe gapning boshida
C) Bog‘lovchilar bosh gapning boshida keladi
D) To‘g‘ri javob berilmagan.
Ushbu qolip qanday gapga tegishli? ((E1-W1)-(E2-W2)) Pm.
A) Uyushiq bo‘lakli sodda gap
B) uyushgan gap
C) qo‘shma gap
D) qismlari uyushgan qo‘shma gap
Nisbiy so‘zlar qanday ergash gapli qo‘shma gaplar tarkibida qo‘llanadi?
A) Nisbiy so‘zlar ega, o‘lchov-daraja, o‘rin ergash gapli qo‘shma gaplar tarkibida qo‘llaniladi
B) Nisbiy so‘zlar ega, o‘lchov-daraja, o‘rin va boshqa bir qancha ergash gapli qo‘shma gaplar tarkibida qo‘llaniladi
C) Nisbiy so‘zlar ko‘pgina ergash gapli qo‘shma gaplar tarkibida qo‘llanadi
D) To‘g‘ri javob berilmagan.
Murakkab qo‘shma gap komponentlari o‘zaro qanday bog‘lanadi?
A) Bog‘lanish va ergashish yo‘li bilan
B) Bog‘lanish yo‘li bilan
C) Ergashish yo‘li bilan
D) Turli yo‘llar bilan
So‘zlovchi nutqida keltirilgan o‘zgalar gapi qanday formada bo‘ladi?
A) Ko‘chirma gap va o‘zlashtirma gap
B) O‘ziniki bo‘lmagan gap
C) O‘zlashtirma gap
D) Ko‘chirma gap
Qaysi qatordagi gaplarni o‘zlashtirma gapga aylantirib bo‘lmaydi?
A) Undov, atov va ritorik so‘roq gaplarni
B) Atov gaplarni
C) Ritorik so‘roq gaplarni
D) Undov gaplarni
Qanday gaplar o‘zlashtirilganda, uning fe'l kesimi “ish oti shakli+egalik affiksi+kerak (lozim, zarur)+ekanligini” shaklini oladi?
A) Buyruq gaplar
B) Darak gaplarning ba'zilari
C) So‘roq gaplar
D) To‘g‘ri javob berilmagan.
Asosiy sintaktik birliklar qaysi qatorda berilgan?
A) So‘z birikmasi va gap
B) gap va leksema
C) leksema va fonema
D) matn va gap
Ritorik so‘roq gapni toping.
A) Shunday go‘zal vatan bormi dunyoda?
B) Farmon bibining uylari shumi?
C) Siz qaerdan, mehmon?
D) Sen mening gapimga quloq solgin.
Qaysi qatorda noto‘g‘ri hukm berilgan?
A) gap nominativ birlik
B) So‘z birikmasi nominativ birlik
C) leksema nominativ birlik
D) gap kommunikativ birlik
Qaysi qatorda lisoniy sintaktik qolip haqida noto‘g‘ri hukm berilgan?
A) bevosita kuzatishda berilganlik
B) bevosita kuzatishda berilmaganlik
C) Takrorlanuvchanlik
D) Ijtimoiylik va majburiylik
Gap bo‘laklarining o‘zgargan tartibi qaysi javobda qo‘llangan?
A) Nega muncha go‘zal ko‘rinar olam?
B) O‘z kasbini sevmagan baxtiyor bo‘lmaydi
C) Mehnat sharafli yakun bilan fazilatlidir
D) Halol mehnatimizning ulug‘ sharafi xalqimizga muborak bo‘lsin.
Otlashgan sifatdosh ega vazifasida qo‘llangan misolni aniqlang.
A) Ko‘pni yomonlagan ko‘muvsiz qolar.
B) Tezyurar poezdda ketdi
C) Egilgan boshni qilich kesmaC)
D) Mehr ko‘rsatganni hurmat qil.
Suv bor yerda hayot bor - Mazkur gapning bosh bo‘laklari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
A) Hayot-ega, bor - kesim
B) Suv bor - ega, hayot bor-kesim
C) Suv, hayot - ega, bor, - kesim.
D) suv bor, hayot bor - kesim, ega ifodalanmagan
Bog‘lamani toping.
A) Anvar yoshligida bo‘shanggina bola edi.
B) Birovlarni qarg‘ash yoki so‘kish gunoh.
C) So‘ylab beray Zaynab va Omon Sevgisidan yangi bir doston.
D) Pirim, Mahdumdan chopar bor.
Tarkibli fe‘l-kesim qaysi qatorda berilgan?
A) Qishlog‘imizda kichik kkorxona ishlay boshladi
B) Ishtiyoq bilan qilgan ishimiz dardimizni davolaydi.
C) Birovlarni qarg‘ash yoki so‘kish gunoh
D) Mard bir so‘zlaydi, nomard ming so‘zlaydi.
Ot-kesim qo‘llangan gapni aniqlang.
A) Davlating - ota-onang.
B) Mard bir so‘zlaydi, nomard ming so‘zlaydi.
C) Go‘zallik olamni qutqaradi.
D) Kulganni kulib yengasan.
Qaysi qatorda gap bo‘laklarining odatdagi tartibi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) Vaziyat holi egadan oldin keladi
B) Ega oldin, kesim gap oxirida keladi
C) Payt holi egadan oldin keladi
D) To‘ldiruvchi egadan keyin keladi.
1.Sen nimaga ishonasan? 2. Sen nimaga kechikding? Ushbu gaplarda nimaga so‘zi qanday gap bo‘lagi vazifasida kelgan?
A) birinchi gapda to‘ldiruvchi, ikkinchi gapda hol.
B) har ikkala gapda ham aniqlovchi
C) har ikkala gapda ham to‘ldiruvchi
D) har ikkala gapda ham hol
Ibora bilan ifodalangan to‘ldiruvchili gapni toping.
A) Qachon bo‘lmasin qing‘ir ishning misi chiqishini hamma biladi.
B) Kulganni kulib yengasan.
C) Yomonga yondashma, yaxshidan adashma
D) Urgan kishidan bola nafratlanadi.
Biz tong qorong‘usida Rishtonga yetdik. Mazkur gap qaysi qatorda to‘g‘ri tahlil qilingan?
A) Biz - ega, yetdik - kesim, tong qorong‘usida - hol, Rishtonga hol.
B) Biz - ega, yetdik - kesim, tong qorong‘usida - hol, Rishtonga - to‘ldiruvchi.
C) Biz - ega, yetdik - kesim, tong-aniqlovchi, qorong‘usida - to‘ldiruvchi, Rishtonga - hol.
D) Biz - ega, yetdik - kesim, tong - belgisiz qaratqich aniqlovchi, qorong‘usida - hol, Rishtonga - hol.
Tong shabadasi g‘ir-g‘ir esmoqdA) Gapda holning qaysi turi bor?
A) vaziyat (ravish) holi
B) miqdor holi
C) maqsad holi
D) payt holi
Bog‘lanish usullarining qaysi turida kelishiklar ishtirok etmaydi?
A) bitishuv
B) moslashuv
C) boshqaruv
D) tobe bog‘lanishda
Ism-Ot qolipining nutqiy voqelanishiga xos bo‘lmagan birlikni aniqlang.
A) Fe`l –Ot yig‘layapti bola
B) Ot-Ot asal bola
C) Sifat-Ot yaxshi bola
D) Sifat-Ot o‘sha bola
Qaysi uyushiq bo‘lakli gapda umumlashtiruvchi bo‘lak (umumlashtiruvchi so‘z) qo‘llangan?
A) Insonda hamma narsa: yuz ham, kiyim ham, qalb ham go‘zal bo‘lmog‘i lozim.
B) Kamtarinlikni, zahmatkashlikni, sabot va sobirlikni Asqad Muxtordan o‘rgansak bo‘ladi.
C) Aql, bilim va hikmat - oltindan qimmat.
D) Siz bilan biz o‘z e‘tiqodimizga sodiq ekanmiz.
Yozuvchining mahorati shundaki, bumun bahorni atigi chigitdek keladigan g‘o‘ra ichiga qamab bera oladi. Bu gap qo‘shma gapning qaysi turiga mansub?
A) kesim tobe gapli qo‘shma gap
B) Bog‘langan qo‘shma gap
C) bog‘lovchisiz qo‘shma gap
D) ega tobe gapli qo‘shma gap
Paxtalar ochilsa, terim boshlanadi. Bu qo‘shma gapning qaysi turiga mansub?
A) tobe
B) teng
C) mutanosib
D) real
Ega ishtirok etgan gapni aniqlang.
A) Arslonbek akam, aftidan, menga jazo berdilar.
B) El-yurtimga parvonasan, dutorim
C) Omon, menga o‘zingni anglat, ochiq gapir, so‘zingni anglat.
D) Kechirasiz, Arslonbek aka, so‘zimni tugatay.
Do‘l ofati kuchli, lekin xalq undan kuchliroq. Mazkur gapning kesimi qaysi so‘z turkumiga xos?
A) sifat
B) ot
C) fe‘l
D) ravish.
Bog‘lamani toping.
A) Deydilar: sog‘liq hayot bergan ehson ekan.
B) Humoyun do‘stlarini aytib keldi.
C) E. Vohidov - xalq sevgan shoir.
D) O‘rmonjon to‘nini teskari kiyib oldi.
Bu narsa o‘z-o‘zimniki. Mazkur gapdagi takrorlangan o‘zlik olmoshi qaysi gap bo‘lagi vazifasini bajarib kelgan?
A) har ikkala qismi yaxlitligicha kesim
B) birinchi qismi ega, ikkinchi qismi kesim
C) birinchi qismi ega, ikkinchi qismi to‘ldiruvchi
D) har ikkala qismi butunicha hol.
Ular shoshilinch holda binoni qabul qilib qo‘ya qolgan edi gapidagi kesimni aniqlang.
A) qabul qilib qo‘ya qolgan edi
B) qolgan edi
C) qilib qo‘ya qolgan edi
D) qo‘ya qolgan edi.
Qaysi qatorda ibora bilan ifodalangan kesim berilgan?
A) Ammamning zardali ovozini eshitib, damim ichimga tushib ketdi.
B) Qolaversa, doktorlarga ham qiyin.
C) O‘sha yulduz seniki
D) E. Vohidov - xalq sevgan shoir.
Do‘l ofati kuchli, lekin xalq undan kuchliroq. Belgilangan so‘z gapda qaysi bo‘lak vazifasida kelgan?
A) Aniqlovchi
B) To‘ldiruvchi
C) Hol
D) Ega
Qaysi qatorda ibora bilan ifodalangan kesim berilmagan?
A) Qo‘rqqanidan tarvuzini qo‘ltig‘idan tushirib yubordi.
B) Ammamning zardali ovozini eshitib, damim ichimga tushib ketdi.
C) Birov arpangizni xom o‘rdimi?
D) Uni ko‘rgach, ko‘nglimga o‘t tushdi.
Hol tobe gapli qo‘shma gap uchun berilgan misolni toping.
A) Qop-qorong‘i tun shu qadar sokin va tinch ediki, har bir sharpa ham bahuzur eshitilib turardi.
B) Birov arpangizni xom o‘rdimi?
C) Sport sohasida erishilgan natijalar yomon bo‘lmadi.
D) Men sizga aytsam, bu ishning oqibati yomon bo‘lmaydi.
Faqat ohang yordamida bog‘langan qo‘shma gap qaysi qatorda berilgan?
A) Tashqarida chaqmoq yaltirardi, momaqaldiroq borliqni larzaga keltirardi, bahor yomg‘iri salobatli shovullardi.
B) Baxt topilmas hech zamonda, El qul bo‘lsa, bo‘lsa yalang‘och, Jannatlarni yaratgan odam, Natijada o‘zi qolsa och.
C) Ilm boshqalarga o‘rgatish uchungina qo‘lga kiritilsa, odam undan biron foyda ko‘rmasa, u suvidan hamma foydalanadigan, lekin undan o‘zi bebahra buloqqa o‘xshaydi.
D) Hijron shunday og‘ir yukki, uni hamma ham ko‘tara olmaydi, visol shunday shirin sharbatki, hech kim uni oxirigacha ichishga muvaffaq bo‘la olmaydi.
Vodiylarni yayov kezganda, Bir ajib his bor edi mendA) (H.Olimjon). Ushbu gap tuzilishiga ko‘ra qanday gap?
A) sodda gap
B) qo‘shma gap
C) uyushgan gap
D) hol ergash gapli qo‘shma gap
Qaysi qatorda kirish gap qo‘llangan?
A) Ibrohim, Qurbon ota aytmoqchi, gullarni o‘z ilmi bilan bahramand qilmoqchi.
B) Sharqning kattakon adabiyotini bilish uchun, afsuski, bizning yoshlarimizda intilish yo‘q.
C) Kecha to‘satdan yomg‘ir yog‘ib qoldi.
D) Ehtimol,kiyim-kechak masalasida ham yordam berishar.
Qaysi qatorda kirish so‘z qo‘llangan?
A) Sharqning kattakon adabiyotini bilish uchun, afsuski, bizning yoshlarimizda intilish yo‘q.
B) Kecha to‘satdan yomg‘ir yog‘ib qoldi.
C) Gapning po‘skallasini aytganda, kiyim-kechak masalasida ham yordam berishadi.
D) Ibrohim, Qurbon ota aytmoqchi, gullarni o‘z ilmi bilan bahramand qilmoqchi.
Sodda gapning lisoniy sintaktik qolipini belgilang.
A) [WPm]
B) [WPm,WPm]
C) [WPm → WPm]
D) [WPm ↔ WPm]
Qaysi gapda undalma mavjud emas?
A) Samarqand, Samarqand degani shu ekan-da!
B) Qulluq, qulluq, G‘afurjon
C) Hoy, sizni kutib turibmiz.
D) Hoy, soqoling to‘kilgur, - dedi xotin, bu qanday qiliq.
Daryo tiniq, osmon beg‘ubor. Ushbu gapning lisoniy sintaktik qolipini belgilang.
A) [WPm,WPm]
B) WPm → WPm]
C) [WPm ↔ WPm]
D) [WPm]
Fe’l kesimli gapni toping.
A) Ertaga Qorabuloqqa borar ekansizda?
B) Bo‘ka tumanida istiqomat qilayotgan Ozodaxon Abdullaxonovamisiz?
C) - Familiyangiz nima? - A‘zamxonovA)
D) Sabr - umr xazinasi.
Daryo toshqin, suvlar shoshqin. Ushbu gap tuzilishiga ko‘ra qanday gap?
A) qo‘shma gap
B) sodda gap
C) uyushiq kesimli gap
D) murakkab gap.
A)Bizning zarbimizga dushman dosh berolmay qoldi. Ushbu gapning kesimi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang.
A) dosh berolmay qoldi
B) qoldi
C) berolmay qoldi
D) zarbimizga dosh berolmay qoldi.
Guzar ustida yangi g‘ovur-g‘uvur ko‘tarildi. Ushbu gapdagi taqlid so‘z qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelgan?
A) ega
B) kesim
C) to‘ldiruvchi
D) hol
Muhayyo, Surayyo, Ra‘no, Muqaddas, ko‘zimni yashnatib kiyibsiz atlaC) Gapdagi egani toping.
A) ega ifodalanmagan
B) atlas
C) ko‘zimni
D) Muhayyo, Surayyo, Ra‘no, Muqaddas
Gap maksimal qolipida aniqlovchining o‘rni qanday?
A) so‘z kengaytiruvchisi
B) gap kengaytiruvchisi
C) ham so‘z kengaytiruvchisi, ham gap kengaytiruvchisi
D) oraliq uchinchi
Gapning aktual bo‘linishi qanday qismlarni o‘z ichiga oladi?
A) Tema,rema
B) Tema,semema
C) Sema,rema
D) Ega va kesim
Tinglovchi uchun yangi ma`lumot hisoblangan gap qismi aktual bo‘linishda qanday nomlanadi?
A) rema
B) Tema
C) ega
D) Aniqlovchi
Ertaga Samarqandga ketaman. Berilgan gapning remasini aniqlang
A) Samarqandga
B) ketaman
C) ertaga
D) Men
Gapning aktual qurilishi uchun birlamchi bo‘lgan omilni belgilang.
A) kommunikatsiya
B) Lisoniy qobiliyat
C) Nutqiy qobiliyat
D) So‘zlovchining psixolingvistik xususiyatlari
Aktual jihatdan remasi maktub so‘zi bo‘lgan gapni aniqlang
A) Sizga har hafta maktub yo‘llayman.
B) Maktublarimni sizga har hafta yo‘llayman.
C) Har hafta maktublarimni sizga yo‘llayman.
D) Har hafta maktublarimni yo‘llayman sizgA)
Aktual jihatdan remasi sizga so‘zi bo‘lgan gapni aniqlang
A) Har hafta maktublarimni sizga yo‘llayman.
B) Sizga har hafta maktub yo‘llayman.
C) Maktublarimni sizga har hafta yo‘llayman.
D) Har hafta sizga yo‘llayman maktuB)
Aktual jihatdan remasi har hafta bo‘lgan gapni aniqlang
A) Maktublarimni sizga har hafta yo‘llayman.
B) Har hafta maktublarimni sizga yo‘llayman.
C) Sizga har hafta maktub yo‘llayman.
D) Har hafta sizga yo‘llayman maktuB)
Tobe gapning qaysi turida bosh gapning kesimi ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalanadi?
A) kesim tobe gaplarda
B) ega tobe gaplarda
C) to‘ldiruvchi tobe gaplarda
D) to‘siqsiz tobe gaplarda
Quyidagi gap tobe gapning qaysi turiga mansub? Biz ko‘p koyisak ham, unda hamon o‘sha fikr.
A) hol tobe gapli qo‘shma gap
B) sabab tobe gapli qo‘shma gap
C) natija tobe gapli qo‘shma gap
D) tobe gapli qo‘shma gap
Bog‘lamani toping.
A) Deydilar: sog‘liq hayot bergan ehson ekan.
B) Humoyun do‘stlarini aytib keldi.
C) E. Vohidov - xalq sevgan shoir
D) O‘rmonjon to‘nini teskari kiyib oldi.
Biz ko‘p koyisak ham, unda hamon o‘sha fikr. Berilgan gapning remasini aniqlang.
A) o‘sha fikr
B) ko‘p koyisak ham
C) hamon
D) unda
Nutqda yakka holda qo‘llanuvchi gap turlari berilgan qatorni belgilang?
A) to‘liqsiz gaplar, shaxsi ma‘lum gaplar, atov gaplar.
B) to‘liqsiz gaplar, shaxsi ma‘lum gaplar, qo‘shma gaplar.
C) to‘liqsiz gaplar, atov gaplar, shaxssiz gaplar
D) to‘liqsiz gaplar, sodda gaplar, shaxssiz gaplar
Kesim tobe gaplarda bosh gapning kesimi qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanadi?
A) ko‘rsatish olmoshi
B) Shaxs oti
C) Orttirma darajadagi sifat
D) Jo‘nalish kelishigidagi ot
Gap maksimal qolipida so‘z kengaytiruvchisi bo‘lib keluvchi bo‘lakni aniqlang
A) to‘ldiruvchi
B) kesim
C) ega
D) Bog‘lovchi
[WPm,WPm] qolipiga ega gapni aniqlang
A) Keldimi, kirsin
B) Charchaganimiz uchun uxlaymiz.
C) Qalam,daftar sotib oldim
D) Betobligim tufayli majlisga bormadim
Charchaganimiz uchun uxlaymiz. Ushbu gapning lisoniy sintaktik qolipini belgilang.
A) [WPm]
B) [WPm,WPm]
C) [WPm ↔ WPm]
D) [WPm → WPm]
Qaysi qatorda kirish gap qo‘llanmagan?
A) Sharqning kattakon adabiyotini bilish uchun, afsuski, bizning yoshlarimizda intilish yo‘q.
B) Ibrohim, Qurbon ota aytmoqchi, gullarni o‘z ilmi bilan bahramand qilmoqchi.
C) Aka, men o‘ylaganimdek,bu vaziyatni chigallashtirgan o‘shalar.
D) Qo‘ysangchi,huddi ertaga boradigandek, kiyim –kechak tanlashingni qarA)
Biz tong qorong‘usida Rishtonga yetdik. Belgilangan so‘z qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelgan?
A) hol
B) To‘ldiruvchi
C) kesim
D) aniqlovchi
Hol tobe gapli qo‘shma gap berilgan qatorni aniqlang.
A) Qilmishidan uyalsa, kechirim so‘rasin
B) Ertaga borolmasligim uchun qo‘ng‘iroq qilyapman.
C) Odam ko‘pligi uchun gapimni keyinroq aytaman.
D) O‘sha joyda ko‘nglim qolgan, o‘sha joylar hamon o‘ziga chorlaydi
Ular shoshilinch holda binoni qabul qilib qo‘ya qolgan edi gapidagi ega to‘g‘ri izohlangan javobni aniqlang.
A) Ega 3-shaxs ko‘plikdagi olmosh bilan ifodalangan
B) Ega holat ravishi bilan ifodalangan
C) Ega tushum kelishigidagi ot bilan ifodalangan
D) Ega ifodalanmagan
Qop-qorong‘i tun shu qadar sokin va tinch ediki, har bir sharpa ham bahuzur eshitilib turardi. Berilgan gap qurilish qolipiga ko‘ra qanday gap?
A) teng tarkibli qo‘shma gap
B) tobe tarkibli qo‘shma gap
C) Mutanosib tarkibli qo‘shma gap
D) Real gap
Siz nimaga kelmadingiz? Belgilangan so‘z gapda qaysi bo‘lak vazifasini bajaradi?
A) hol
B) to‘ldiruvchi
C) kesim
D) aniqlovchi
Kesimi ism bilan ifodalangan gapni aniqlang.
A) U juda odobli bola edi.
B) Kitobni Nigora oldi.
C) Ertaga borolmasligim uchun qo‘ng‘iroq qilyapman.
D) Kechalari dadam ertak aytib berar, biz zavq bilan uni tinglardik.
Gapning minimal qolipini belgilang
A) [WPm]
B) [WPm → WPm]
C) [WPm ↔ WPm]
D) [WPm,WPm]
Qo‘shma gapning umumiy lisoniy qolipi berilgan qatorni belgilang.
A) [WPm - WPm]
B) [WPm ↔ WPm]
C) [WPm,WPm]
D) [WPm → WPm]
[WPm ↔ WPm] sintaktik qolipli gapni aniqlang.
A) Bahor kelsa, gullar ochilardi.
B) Bahor kelsa, gullar ochiladi.
C) Bahor keldi va gullar ochildi.
D) Bahor kelib gullar ochildi
Har ikkala qismidagi kesimlarining nomustaqilligi bilan xarakterlanuvchi qo‘shma gapning sintaktik qolipini aniqlang.
A) [WPm ↔ WPm]
B) [WPm]
C) [WPm → WPm]
D) [WPm - WPm]
Sintaksisda teng huquqli gap bo‘laklari, qo‘shma gapning qismlari orasidagi sintaktik munosabat qanday ataladi?
A) teng aloqa
B) Tobe aloqa
C) Teng qismlar munosabati
D) Tenglanish
Qaysi qatorda bitishuvli so‘z birikmasi keltirilgan?
A) birdan yangramoq
B) kitob muqovasi
C) kino ko‘rmoq
D) mehnat qilmoq
Aytilmagan joyga borish shart emaC) Ushbu gap ...
A) egasi noma'lum gap.
B) egasi ma'lum gap.
C) atov gap.
D) egasi umumlashgan gap
Hurmat qilsang, hurmat ko‘rasan. Eganing ishtirokiga ko‘ra mazkur gap qanday izohlanadi?
A) egasi yashiringan gap
B) egasi noma'lum gap.
C) egasi ma'lum gap.
D) atov gap.
Sintaksisda so‘z birikmasidagi va gapdagi so‘zlarning hamda nutqdagi gaplarning o‘zaro grammatik bog‘lanishini ifodalovchi tushuncha qanday nomlanadi?
A) Sintaktik aloqa
B) Sintaktik munosabat
C) Valentlik
D) So‘z tizmasi
Sintaksisda so‘z birikmasidagi va gapdagi so‘zlarning hamda nutqdagi gaplarning bir-biriga nisbatan grammatik ma`no va funksiyada qo‘llanishini ifoda-lovchi tushuncha qanday nomlanadi?
A) Sintaktik munosabat
B) Sintaktik aloqa
C) Valentlik
D) So‘z tizmasi
Sintaktik aloqani vujudga keltiruvchi intonatsion vositaga kiruvchi omillarni aniqlang.
A) Pauza, melodika, logik va ritmik urg‘u
B) Pauza, melodiya, logik va ritmik urg‘u
C) Pauza, melodika, logik urg‘u
D) Pauza, melodika, ritmik urg‘u
So‘z birikmasi qanday hodisa sanaladi?
A) sintaktik hodisa
B) Leksik hodisa
C) Morfologik hodisa
D) Birikish hodisasi
Ertagayoq hammani yig‘ib majlis chaqiramiz, toki bu voqea qol-ganlarga saboq bo‘lsin. Toki so‘zining berilgan gapdagi vazifasi to‘g‘ri izohlangan qatorni belgilang.
A) Bog‘lovchi- yuklama
B) yuklama
C) bog‘lovchi
D) Izohlovchi bo‘lak
Kesim tobe gapli qo‘shma gap berilgan qatorni aniqlang
A) Hammadan zaruri shuki,Po‘latjonning boshini ikki qilib qo‘yish.
B) Hammadan zaruri, Po‘latjonning boshini ikki qilib qo‘yish.
C) Hammadan zaruri Po‘latjonning boshini ikki qilib qo‘yishdir.
D) Hammasidan zaruri Po‘latjon-ning boshini ikki qilib qo‘yish hisoblanadi.
Desa fe`li ko‘chirma gap xarakteridagi ergash gapni bosh gapga bog‘lagan misolni toping.
A) Ketaman desa, javob bermadi.
B) Nima desa ko‘naverasanmi?
C) Menga desa Parijdan izlamaydimi o‘sha matohini
D) Desa-demasa arazlayverarkansizda?!
Qaysi yordamchilar orqali birikkan ergash gaplar bosh gapdan oldin yoki bosh gap o‘rtasida ishlatilmaydi?
A) Negaki,chunki
B) Shuning uchun, shu sababli
C) Negaki,shu bois
D) Shuning uchun, chunki
Undalma ishtirok etgan ko‘chirma gapning fe`l kesimi qaysi maylda bo‘ladi?
A) Buyruq
B) xabar
C) aniq
D) shart
“Mantiqiy sub`yekt” termini ekvivalentini aniqlang
A) Mantiqiy ega
B) Rema
C) Mantiqiy kesim
D) Sub`yektivatsiya
Birdan ortiq lug‘aviy birlik bilan ifodalangan gap bo‘lagi qanday nomlanadi?
A) Murakkab bo‘lak
B) Tarkibli bo‘lak
C) Sostavli bo‘lak
D) Bunday bo‘laklar alohida nom bilan atalmagan
Chegara holi ishtirok etgan gapni aniqlang.
A) Bu tomonlarda avtobus yurmas ekan, markazgacha piyoda ketamiz.
B) Bu tomonlarda avtobus yurmas ekan, markazga piyoda ketamiz.
C) Bu tomonlarda avtobus yurmas ekan, piyoda ketamiz.
D) Bu tomonlarda avtobus yurmas ekan, uchtacha yengil moshina kerak bo‘ladi.
An’anaviy sintaksisda tarkibidagi predikativ birliklar o‘zaro teng bog‘lovchilar yordamida birikkan qo‘shma gap qanday nomlanadi?
A) Bog‘langan qo‘shma gap
B) Bog‘lovchisiz qo‘shma gap
C) Bog‘lovchili qo‘shma gap
D) Teng bog‘lanishli qo‘shma gap
Predikatsiya nima?
A) Gapda fikr mazmunining ob`yektiv voqelikka nisbat berilishi
B) Ega va kesim o‘rtasidagi munosabat
C) Gap bo‘laklari o‘rtasidagi munosabat
D) Predikatning nutqda reallashuvi
Predikativ munosabat nima?
A) Ega va kesim o‘rtasidagi munosabat
B) Gapda fikr mazmunining ob`yektiv voqelikka nisbat berilishi
C) Predikatning nutqda reallashuvi
D) Gap bo‘laklari o‘rtasidagi munosabat
Gapda fikr mazmunining ob`yektiv voqelikka nisbat berilishi qanday nomlanadi?
A) Predikatsiya
B) Predikativ munosabat
C) Predikativ aloqa
D) Predikativ birikma
O‘zida tasdiq yoki inkor mazmuni bo‘lgan,tinglovchidan javob talab qilmaydigan gap turini belgilang.
A) Ritorik so‘roq gap.
B) Buyruq gap
C) Undov gap
D) Atov gap
Uyushiq bo‘laklar uchun umumiy bo‘lgan tushunchani ifodalovchi bo‘lak qanday nomlanadi?
A) umumlashtiruvchi bo‘lak
B) Jamlovchi bo‘lak
C) Uyushiq umumlashma
D) Uyushiqli bo‘lak
Umumlashtiruvchi bo‘lak ishtirok etgan gapni aniqlang.
A) Hamma narsa:jonli, jonsiz uyqudA)
B) Boramiz, ko‘ramiz, yozamiz-u qaytamiz.
C) Men –sizni shu ko‘ylarga solgan gunohkor, bugun qarshingizdaman.
D) Qalbimning ardog‘i, mehribonim –Sen!
Hamma narsa:jonli, jonsiz uyqudA) Berilgan gapda qaysi gap bo‘lagi uyushib kelgan?
A) ega
B) Kesim
C) Hol
D) To‘ldiruvchi
Undash gap berilgan qatorni toping.
A) Anvar, donosan Anvar!
B) Mustaqilligimiz, erkimizga ko‘z tegmasin!
C) O,naqadar musaffo havo!
D) Shodligim, baxtim mening –Onajon yurtim!
Ajratilgan bo‘laklarning gapdagi joylashuvuni ko‘rsating.
A) o‘zi izohlayotgan bo‘lakdan keyin keladi
B) o‘zi izohlayotgan bo‘lakdan oldin keladi
C) o‘zi izohlayotgan bo‘laklar oralig‘ida keladi
D) Ajratilgan bo‘lak ixtiyoriy joylashuvga ega
Yasama so‘z hol vazifasida kelgan gapni aniqlang.
A) Hamma gap tadbirni uyushqoqlik bilan tashkil etishda qoldi.
B) Uyushqoqlikda gap ko‘p.
C) Bizning kuchimiz uyushqoqlikdA)
D) Mehnatning unumi uyushqoqlikka bog‘liq.
Murakkab ot kesim qo‘llanmagan gapni belgilang?
A) Onam o‘qituvchi.
B) O‘sha kuni sovuq qattiq edi.
C) Men kutib olishim kerak.
D) Hammasini aytib berishing darkor.
Ajratilgan hol vazifasida ko‘pincha holning qaysi ma'no turlari keladi?
A) payt holi va o‘rin holi
B) ravish holi va daraja-miqdor holi
C) sabab holi va maqsad holi
D) o‘rin holi va sabab holi
Qo‘shma ot kesim mavjud gapni aniqlang.
A) Qo‘rqmaslik, mardlik yigitning fazilati hisoblanadi.
B) Bizning kuchimiz uyushqoqlikdA)
C) Men kutib olishim kerak.
D) O, naqadar musaffo havo!
Aniqlovchiga nisbatan hokim bo‘lgan bo‘lak qanday nomlanadi?
A) aniqlanmish
B) aniqlovchi
C) boshqaruvchi
D) izohlovchi
Quyida berilgan gapda nechta so‘z mavjud? Tebranib yonayotgan sham zo‘r mo‘jizaday hammaning diqqatini jalb qilgandi.
A) 8ta
B) 9ta
C) 7 ta
D) 6 ta
Har qanday til o‘zining so‘zlari, iboralari va qo‘shimchalaridagi imkoniyatlarini qaysi bo‘limda to‘liq namoyon qiladi?
A) sintaksisda
B) Leksikologiyada
C) Morfologiyada
D) leksikologiyada, morfologiyada, sintaksisda
Qaysi birikmalarda tobe so‘z sifat bilan ifodalanmagan?
A) hovlining o‘rtasi, qushning qanoti, do‘stimning maktubi
B) ishonchli so‘z, oq kabutar, qiziqarli fil’m
C) do‘stona munosabat, g‘oyat qiziqarli, o‘zbekcha nutq
D) qiziqarli suhbat, beqiyos o‘lka, katta qishloq
Birinchi bor bahorni tanigan, ilk bor varrak uchirgan, birinchi marta hayitlik olgan joying, birinchi o‘qituvchi, birinchi muhabbatingni tanitgan makon — Vatandir! Ushbu gapda nechta to‘ldiruvchili birikma mavjud?
A) 5 ta
B) 3ta
C) 4ta
D) 6 ta
Quyidagi birliklardan qaysilari ham erkin, ham turg‘un birikma (ibora) sanaladi?
A) boshiga yetmoq, yaxshi ko‘rmoq, qulog‘iga quymoq, oʻz yog‘iga qovurilmoq
B) boshini ko‘tarmoq, ko‘ngliga keltirmoq, qo‘l koltarmoq, to‘nini teskari kiymoq
C) ko‘zini yog‘ bosgan, ko‘nglidan o‘tkazmoq, qo‘lini siltamoq, tosh otmoq
D) bo‘yniga qo‘ymoq, kapalagi uchmoq, jonidan o‘tmoq, ko‘zini tikmoq
ANSWER: A ysi qatorda berilgan so‘z birikmalarini gapga aylantirish mumkin?
A) qattiq sovuq, shirin qovun, chiroyli gul
B) qiziqarli mashg‘ulot, oydin kecha, maqola o‘qimoq
C) berilgan topshiriq, o‘qishli asar, g‘azal yodlamoq
D) samarali ishlamoq, ko‘chat o‘tqazish, barqaror tinchlik
Zargarov sahrodagi ishlarning miqyosini yaxshi tasvirlab berdi. Ushbu gapda nechta so‘z birikmasi mavjud?
A) 4 ta
B) 5 ta
C) 3 ta
D) 6 ta
Muzaffarning lo‘ppi yuzidagi achinish alomati xushnud tabassum bilan almashdi. Ushbu gapda otli so‘z birikmalarining soni nechta?
A) 5ta
B) 6ta
C) 4 ta
D) 7 ta
Berilgan birliklarning qaysilari ham so‘z birikmasi, ham turg‘un birikma sifatida qo‘llanishi mumkin? 1) boshiga yetmoq; 2) qulog‘iga quymoq; 3) o‘z yog‘iga qovurilmoq; 4) yaxshi ko‘rmoq; 5) to‘nini teskari kiymoq; 6) ko‘nglidan o‘tkazmoq
A) 1, 2, 3, 4, 5
B) 2, 4, 5
C) 2, 3, 4, 5
D) 1,2,3,4,5,6
Derazaning ochiq tabaqasidan kirayotgan shamol darpardani xomushgina silkitardi. Ushbu gapda nechta so‘z birikmasi bor, ularning nechtasi bitishuvli birikmaga mansub?
A) 6 ta; 3 ta
B) 5 ta; 3 ta
C) 5 ta 2 ta
D) 5 ta 2 ta
Quyidagi gapda nechta so‘z birikmasi borligini aniqlang. Katta sement ko‘prik ustidan mashinalar tinimsiz o‘tib turibdi.
A) 5 ta
B) 3ta
C) 4 ta
D) 6 ta
Hokim so‘z sifat bilan ifodalangan so‘z birikmalari qatorini toping
A) hammadan katta, hayot uchun zarur, yurishga qulay
B) tiniq suv, qorday oq, ipakday mayin
C) tosh yo‘l, bepoyon paxtazor, juda yaxshi
D) G‘ofirning xursandligi, o‘zbekcha nutq, do‘st ishonchi
Hokim so‘z olmosh bilan ifodalangan so‘z birikmalari qatorini toping.
A) gullarning barchasi, qizlarning har biri, bolalarning o‘zi
B) bu hayot, qanday go‘zal, mening o‘zim
C) har bir vazifa, o‘z uying, kimning kitobi
D) hammadan go‘zal, g‘oyat qiziqarli, o‘z ukang
Qaysi gapda moslashuv va boshqaruv aloqasi mavjud?
A) Umidsizlik uyin buzsang, umidingga yetarsan.
B) O‘zingni er bilsang, o‘zgani sher bil.
C) Biz rostgo‘ylik va halollikni hamisha ulug‘laymiz.
D) Yillar mana shu xilda osoyishta o‘tar edi.
Qaysi gapda so‘zlarning teng bog‘lanishi mavjud?
A) Vatan mung‘aygan tandirli, pastakkina tomli kulbangdan boshlanadi.
B) Ularga choyni achchiq-achchiq damlanglar.
C) Birga-birga o‘ynab o‘sgan mehribonlarga salom!
D) Kecha kechqurun Salim biznikiga keldi.
Qaysi qatordagi turg‘un birikmalar so‘z birikmasi bo‘la oladi?
A) boshiga yetmoq, yaxshi ko‘rmoq, bo‘yniga ilmoq
B) ketiga tushmoq, oq ko‘ngil, po‘stagini qoqmoq
C) qo‘li ochiq, bo‘yniga qo‘ymoq, dili xira
D) ko‘nglidan o‘tkaz-moq, barmog‘ini tishlamoq, ichi qora
Derazaning ochiq tabaqasidan kirayotgan shamol darpardani xomushgina silkitardi Ushbu gapda nechta fe'lli birikma mavjud?.
A) 3ta
B) 4ta
C) 2 ta
D) 5 ta
Ravish holi kesimga qaysi yo‘l bilan birikadi?
A) boshqaruv, bitishuv
B) moslashuv, bitishuv
C) boshqaruv, moslashuv
D) moslashuv, boshqaruv, bitishuv



Download 116,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish