Lablanmagan unlilar bilan boshlanuvchi so‘zlar? 1) anor 2) olma 3) igna 4) uzum 5) elak 6) o‘roq A) 2,4,6 B) 1,3,5 C) 1,3,6 D) 1,2,3,5 Yuqori tor unlilar bilan tugagan so‘z qaysi qatorda berilgan? A) uyqu B) igna C) qoida D) zero
1-tovush til oldi, sof portlovchi, shovqinli, jarangsiz; 2-tovushi oraliq, quyi keng unli; 3-tovush til orqa portlovchi burun tovushi jarangli, ovozdor bo‘lgan so‘zni aniqlang.
A) tor
B) dor
C )ton
D )tong
Quyidagi qaysi so‘z til o‘rta undoshi bilan boshlangan?
A) bo‘ri
B) qoplon
C) sher
D) yo‘lbars
Faqat til orqa undoshlari ishtirok etgan so‘zni toping?
A) zax
B) g‘am
C) qarg‘a
D) keng
Faqat jarangli portlovchi undoshlardan iborat so‘zni toping?
A) vafo
B) taft
C) juda
D) sham
Lablangan va lablanmagan unlilar yonma-yon kelgan so‘zlarni toping?
1. okean; 2. tabiat; 3. muallim; 4. material; 5. beaql.
A) 3
B) 1,5
C) 1,3,4 D) 2,4
Qaysi qatordagi gapda bog‘lar so‘zidagi ikkinchi bo‘g‘in urg‘uli bo‘g‘in
hisoblanadi?
A) Balki endi arqonni mahkamroq bog‘lar.
B) Bog‘lar yil sayin ko‘payib bormoqda
C) Qushlarning sayraydigan joyi bog‘larda bo‘ladi?
D) B va C
Qaysi qatordagi so‘zlarda urg‘u yordamida ma’no farqlash mumkin?
A) fizik, chog‘la, mudir
B) olma, anjir, muhit
C) surma kitob hovli
D) yangi, ishlar, qishloqcha
Qaysi gap tarkibida frazaviy urg‘u yozda so‘ziga tushgan?
A) Yozda biz sayohatga dam olish uchun boramiz.
B) Biz yozda sayohatga dam olish uchun boramiz.
C) Biz sayohatga dam olish uchun yozda boramiz.
D) Sayohatga biz yozda dam loish uchun boramiz.
Qaysi qatorda urg‘u olmaydigan qo‘shimchalar berilmagan?
A) -mi, -chi
B) -ta, -tacha
C) -ma,-gina
D) -lar, -dan
Yangi, hozir so‘zlarida urg‘u oxirgi bo‘g‘inga tushganida qanday ma’no
anglashiladi?
A) yangi(yangi kitob), hozir (hozir shu yerda edi)
B) yangi (u yangi ketdi), hozir (davrada hozir bo‘lishdi)
C) yangi (u yangi ketdi), hozir (hozir u shu yerda edi)
D) yangi (yangi kitob), hozir (davrada hozir bo‘lishdi)
Qo‘shma otlar imlosiga oid quyidagi fkrlardan qaysi biri noto‘g‘ri?
A) Qorbo‘ron, beshiktebratar, ko‘ksulton kabi qo‘shma otlar qo‘shib yoziladi.
B) Ikki va undan ortiq asosdan tarkib topgan turdosh otlar qo‘shib yoziladi.
C) Ikkinchi qismi turdosh otdan iborat bo‘lgan atoqli otlar ajratib yoziladi.
D) Ikkinchi qismi atoqli otdan iborat bo‘lgan qo‘shma otlar ajratib yoziladi.
Yil bo‘yi birikmasida urg‘u qaysi bo‘g‘inga tushadi?
A) yil va bo‘yi so‘zining birinchi bo‘g‘iniga
B) yil va bo‘yi so‘zining ikkinchi bo‘g‘iniga
C) yil bo‘yi birikuvida faqat yil so‘ziga
Do'stlaringiz bilan baham: |