Faqat talaffuzda bir tovush ortadigan tor va keng unli qator kelgan so‘zlar qaysi javobda berilgan? A) doim, ilm, saodat B) parvoyi, mavqeyi,obro‘yi C) tabiat, shariat, shior. D) soat, muallim, muomala Tarixiy-an’anaviy tamoyil asosida yozilgan so‘zlarni toping? A) trolleybus, monografiya B) og‘iz, so‘roq C) tergali, borgil D) kelur, burni
Shakliy yozuv qoidasi asosida yozilgan so‘zlarni belgilang?
A) fikr, yumshoq, chiroq
B) drama, prokuror, tramvay
C) ikkov, uchinchi, ko‘m-ko‘k
D) Toshkent, go‘sht, yuvindi.
Qaysi so‘zdan fe’l yasovchi qo‘shimcha yordamida fe’l yasalganda asos (o‘zak) fonetik o‘zgarishga uchramaydi?
A) o‘yin
B) yosh
C) ong
D) boy
Qaysi qatordagi barcha so‘zlarda nuqtalar o‘rnida f harfi qo‘yiladi?
A) a…tol, a…gor, ta…silot
B) a…zal, a…g‘on, ta…fiq
C) a…zun, sa…sargul, ta…tish
D) a…sona, sha…qat, ta…siflamoq
“Fonologiya asoslari” asari muallifi:
A) Kurtene
B) Shcherba
С) A.G‘ulomov
D) Trubetskoy
Tavsifiy fonetikaning vazifasi?
A) bo‘g‘in, urg‘u xussusiyatlari
B) Nutq tovushlarining hozirgi holati, nutq jarayonidagi turli o‘zgarishlar
С) Tovush, bo‘g‘in, urg‘u
D) Tovush, bo‘g‘in, urg‘u xussusiyatlari
Undoshlarning beqaror belgisi:
A) yumshoq/qattiqlik
B) artikulyatsiya o‘rni
С) ovoz va shovqin darajasi
D) artikulyatsiya o‘rni, ovoz va shovqin darajasi
Proteza nima?
A) so‘z oxiridagi qator undoshlardan keyin unli kelishi
B) undosh fonemalardan oldin bir unli orttirilishi
С) so‘z boshida ayrim undoshlarning tushirilishi
D) so‘z tarkibidagi urg‘usiz bo‘g‘inning almashinuvi
So‘z tarkibida qator kelgan unli fonemalarning tushirilishi hodisasiga nima deyiladi?
A) Gaplalogiya
B) sinerezis
С) Sinkopa
D) diyereza
Umumiy fonetikaning o‘rganish obekti?
A) Nutq tovushlari, ularning turlari, o‘zgarishlari
B) So‘zlar, ularning ma‘no jihatlari
C) Nutq organlari ularning faoliyati
D) Nutq tovushlarining hozirgi holat
Qiyosiy fonetikaning vazifasi
A) Qarindosh tillarning tovush tizimi o‘rganish
B) Nutq jarayonidagi o‘zgarishlar o‘rganish
C) Nutq tovushlarining tarixiy taraqqiyoti o‘rganish
D) So‘zlarning tarkibiy qismi o‘rganish
Yozma nutqning harflar tizimini o‘rganadigan tilshunoslik bo‘limi ... .
A) fonetika
B) grafika
C) orfografiya
D) orfoepiya
Og‘zaki nutqning eng kichik, boshqa mayda bo‘lakka bo‘linmaydigan qismini toping.
A) so‘z
B) asos
C) tovush
D) qo‘shimcha
qol, qor, qot so‘zlarining ma’nolarini farqlashga xizmat qilayotgan tovushlarni aniqlang.
A) bo‘g‘iz undoshi
B) chuqur til orqa undoshi
C) til oldi undoshi
D) til orqa undoshi
«Amplituda» so‘zining lug‘aviy ma‘nosi?
A) Lotincha ko‘lam
B) Grekcha ton
C) Fonologik cho‘ziqlik
D) Gerts
Birlamchi yoki fonologik cho‘ziqlik?
A) Ma‘no farqlash uchun xizmat qiladi
B) Fiziologik jihatlar bilan shug‘ullanadi
C) Tovushlarning rezonatorlik vazifalari bilan shug‘ullanadi
D) Talaffuz jarayonlari bilan shug‘ullanadi
Transkriptsiya so‘zining ma‘nosi?
A) Qayta yozish
B) Ko‘chirish
C) Ifodalash o‘rni
D) Matnni yozish
Transkriptsiyaning maqsadi?
A) Urg‘uli bo‘g‘inlarni ajratish
B)Tovushlarning o‘rin munosabatiga ko‘ra o‘zgarishini belgilash
C) Yondosh tovushlar moslashuvini aniqlash
D) Nutq tovushlarini aniq ifodalash
Transliteratsiya so‘zining ma‘nosi?
A) Tovushlar tizimi
B) qayta ko‘chirish
C) Tovushlar yaxlitligi
D) Qayta o‘qish
Biror tovushni hosil qilish, talaffuz qilish uchun nutq a‘zolarining muvofiqlashuviga nima deyiladi?
A) Nutq apparati
B) Sotsial aspekt
C) Nutq artikulyatsiyasi
D) Fonema
Nutq tovushlarini ijtimoiy jihatdan o‘rganib, jamiyat uchun ahamiyatini belgilaydigan aspekt?
A) Logial aspekt
B) Sotsial aspekt
C) Intonema
D) Vokal aspect
Tilning so‘z ma‘nolarini farqlash uchun xizmat qiladigan fonetik birligi?
A) Tovush
B) Amplituda
C) Ovoz
D) Fonema
Fonemalar nechaga bo‘linadi?
A) 2
B) 4
C) 3
D) 5
Vokalizm nima?
A) Undosh fonemalar tizimi
B) Urg‘uli undoshlar tizimi
C) Urg‘usiz bo‘g‘inlar
D) Unli fonemalar tizimi
Etnik xususiyatiga ko‘ra o‘zbek dialektlari necha guruhga bo‘linadi?
A) 3 ga
B) 2 ga
C) 4 ga
D) 5 ga
Tovush eshitilish xususiyatlari bilan shug‘ullanadigan bo‘lim?
A) Fonologiya
B) Akustika
C) Tonika
D) Leksika
So‘z boyligi, asosiy lug‘at tarkibi, ularning ma‘no turlari, so‘z ma‘nolarining ifodalanish yo‘llarini o‘rganuvchi bo‘lim tilshunoslikning qaysi bo‘limi?
A) Leksikografiya
B) Orfografiya
C) Orfoepiya
D) Leksikologiya
ANSWER: D
Semasiologiyaning o‘rganish obyekti nima?
A) So‘zning semantik taraqqiyoti
B) So‘zdagi tovush o‘zgarishlari
C) Til birliklarining o‘zaro ma‘noviy xossalari
D) So‘zning ma‘no xussusiyatlari
So‘zning obyektiv borliqdagi narsa va hodisalar haqidagi dastlabki ma‘nosiga nima deyiladi?
A) Ko‘chma ma‘no
B) Grammatik ma‘no
C) Qo‘shma ma‘no
D) Leksik ma‘no
Bir predmetdagi tashqi belgining boshqa bir predmetdagi xuddi shunday belgiga o‘xshashligiga ko‘ra so‘z ma‘nosining ko‘chimi qanday nomlanadi?
A) Metonimiya
B) Sinekdoxa
C) Vazifadoshlik
D) Metafora
Birdan ortiq leksemaning bir xil talaffuz etilishi va yozilishi natijasida qanday leksemalar hosil bo‘ladi?
A) ko‘p ma'noli leksemalar
B) sinonimlar
C) omonimlar
D) antonimlar
Tilda bir ma'noni ifodalash uchun qo‘llanuvchi bir nechta leksema qanday nomlanadi?
A) ko‘p ma'noli leksemalar
B) omonimlar
C) sinonimlar
D) antonimlar.
Qaysi leksemalar leksik (lug‘aviy) ma'noga ega?
A) mustaqil leksemalar
B) yordamchi leksemalar
C) undov va taqlidlar
D) mustaqil, undov va taqlidlar
Omonim leksemalar qaysi qatorda?
A) sovuq, bosh, oltin
B) yordam, ko‘mak, madad
C) yosh, zang, to‘p
D) qiziqmoq, bog‘lamoq, ko‘karmoq.
Sinonimlar qatorini toping.
A) yoz, o‘t, kech
B) kumush, mayin, o‘tkir
C) belgi, nishon, alomat
D) tur, uch, xayr.
Antonimlar qaysi qatorda?
A) Kattaga hurmatda bo‘l, kichikka izzatda bo‘l.
B) Mirzakarimboy ilonning yog‘ini yalagan odam: hamma boylar kabi ayyor, mug‘ombir.
C) Tok zangi qayishga o‘xshaydi, egila beradi. Boboqul otaning zangi eshitilmaydigan bo‘ldi.
D) Nuri onasini yolg‘iz uchratib, sekingina maqsadini aytdi. Yo‘lchi Mirzakarimboyning darvozasi oldida tanho o‘tirar edi.
Qanday leksemalar badiiy nutqda qo‘llanib, tazod yaratishga xizmat qiladi?
A) omonimlar
B) sinonimlar
C) antonimlar
D) paronimlar
O‘roq (ot) – qo‘rqoq (sifat), tepki (ot) – kechki (sifat) leksemalaridagi qo‘shimchalarni shakl va ma'no munosabatiga ko‘ra qanday qo‘shimchalar deb ataymiz?
A) ko‘p ma'noli qo‘shimchalar
B) bir ma'noli qo‘shimchalar
C) antonim qo‘shimchalar
D) omonim qo‘shimchalar.
Berilgan sinonimlardan bosh so‘zni aniqlang.
A) boqmoq
B) termilmoq
C) nazar salmoq
D) qaramoq
Paronim leksemalarni toping.
A) ko‘ylak – ko‘ynak
B) vafo – jafo
C) shabada – shabboda
D) otalik – otaliq.
Ushbu leksemalarning qaysi birida ma ko‘shimchasi omonimik holatda qo‘llanishi mumkin?
1) qotishma; 2) moslama; 3) qazilma; 4) burama
A) 1, 2, 3, 4
B) 1, 2, 3
C) 2, 3, 4
D) 2, 4.
O‘zaro sinonim bo‘lgan quyidagi leksemalardan qaysi biri yaqin leksemasi bilan sinonim bo‘la oladi?
A) darrov
B) jadal
C) tez
D) shaxdam.
Daryoning cheti: chet mamlakat: chetdan tomosha qilib turmoq kabi birikmalardagi chet leksemasi ma'no munosabatiga ko‘ra qanday leksema hisoblanadi?
A) sinonim so‘z
B) antonim so‘z
C) omonim so‘z
D) ko‘p ma'noli so‘z.
O‘zaro sinonim bo‘lmagan leksemalardan hosil bo‘lgan juft leksemani toping.
A) kuch–quvvat
B) o‘y–xayol
C) or–nomus
D) ur–yiqit.
Do'stlaringiz bilan baham: |