O‘zbek tilishunosligi kafedrasi
Mutaxassislik fani
Grammatik ma’no ifodalovchi vositalar to‘liq berilgan qatorni aniqlang.
A) fonetik, leksik, morfologik, sintaktik
B) fonetik, leksik, frazeolofik
C) fonetik, leksikografik, morfologik
D) faqat morfologik
Qo‘shma fe’llar yasalishida ishtirok etadigan so‘zlar qaysi javobda berilgan?
A) ket, bor, yur
B) qil, et, bo‘l
C) o‘tir, qo‘y, sol
D) yubor, chiq, kir
Predmet, belgi yoki hodisa haqidagi noaniq tasavvurga ishora qiluvchi so‘zlar...
A) ko‘rsatish olmoshlari deyiladi
B) so‘roq olmoshlari deyiladi
C) gumon olmoshlari deyiladi
D) olmoshlar deyiladi.
Analitik so‘zshakl, asosan, nimalar yordamida hosil qilinadi?
A) mustaqil ma’noli so‘z yordamida
B) kelishiklar yordamida
C) nomustaqil ma’noli (asosan, yordamchi) so‘z yordamida
D) egaliklar yordamida
Analitik so‘zshakl berilgan qatorni aniqlang.
A) maktabga, kelajagimiz
B) o‘qib chiqdi, boryapman
C) baland-baland, manman
D) maktab uchun, kelajak sari
… faollashgan, bevosita yuzaga chiqqan til sanaladi. Tegishli so‘zni qo‘yib to‘g‘ri javobni aniqlang.
A) tilshunoslik
B) leksema
C) nutq
D) morfema
Hali voqelanmagan imkoniyat tarzidagi, ma’lum jamiyat a’zolari uchun barobar xizmat qiluvchi ijtimoiy-ruhiy aloqa vositasi …dir. Tegishli so‘zni qo‘yib to‘g‘ri javobni aniqlang.
A) nutq
B) til
C) leksema
D) morfema
Til sathlari to‘g‘ri berilgan qatorni aniqlang.
A) fonetik sath, morfemik sath, leksik sath, orfoerik sath
B) fonetik sath, morfemik sath, leksik sath, sintaktik sath
C) fonetik sath, orfografik sath, leksik sath, sintaktik sath
D) fonetik sath, morfemik sath, leksik sath, etimologik sath
Til birliklari to‘g‘ri berilgan qatorni aniqlang.
A) tovush, morfema, leksema, qolip
B) fonema, morfema, so‘z, qolip
C) fonema, morfema, leksema, qolip
D) fonema, morfema, leksema, tovush
Qaysi qatordagi so‘z morfemalarga (ma’noli qismlargа) ajraladi?
A) qattiq
B) yuksal
C) yuksak
D) jizza
Sinonim sifatlarni toping.
A) cheksiz, behad, bardoshli, benihoya
B) chopqir, chopag‘on, metin
C) sekin, asta, astoydil, ohistA)
D) sezgir, ziyrak, tuyg‘un, hushyor
Qaysi so‘z uch morfema (ma’noli qism)dan iborat?
A) loygarchilik
B) rostakam
C) majburiyat
D) oshnachilik
Qaysi qatordagi so‘z morfemalar (ma’noli qismlar)ga ajraladi?
A) suyul
B) suyuq
C) ma’naviy
D) ma’noviy
Mehmonlarning quvnoq qahqahasidan Mahmudning mudroq ko‘zlari katta ochildi. Ushbu gapdagi tub so‘zlar sonini aniqlang.
A) 5 ta
B) 6 ta
C) 2 ta
D) 4 ta
Grammatik ma’no hosil qiluvchi vositalarni aniqlang.
A) yasama so‘zlar, so‘z shakllari
B) iboralar, sinonimlar
C) omonimlar, yordamchi so‘zlar
D) grammatik shakllar
Analitik-sintetik shakldagi so‘zlar qatorini belgilang.
A) uyga tomon, ishga yarasha
B) yozdim, bolalar
C) qalam bilan, tog‘ tomon
D) ish bilan, kitobdan
Qaysi hodisa bilan bog‘liq ravishda so‘zning ham lug‘aviy, ham grammatik ma’nolari o‘zgaradi?
A) So‘zlarni turlash bilan
B) So‘z yasalishi bilan
C) So‘zlarni tuslash bilan
D) So‘z o‘zgarishi bilan
Shu-shu ular bordi-keldi qiladilar. Ushbu gapda nechta mustaqil so‘z turkumi qatnashgan?
A) oltita
B) uchta
C) to‘rtta
D) beshta
Agar yaxshiliging seni xursand qilib, yomonliging xafa qilsa, demak, sen mo‘min ekansan. Ushbu gapdagi mustaqil so‘zlar miqdorini toping.
A) 10 ta
B) 9 ta
C) 7 ta
D) 8 ta
Ona unga faqat kiydirish, yedirish uchun ona, xoloC) Gapdagi atash ma’nosiga ega bo‘lmagan so‘zlar soni nechta?
A) 5 ta
B) 2 ta
C) 3 ta
D) 4 ta
Tilshunoslikning qaysi bo‘lim(lar)ida so‘z o‘rganiladi?
A) morfologiya va leksikologiyada
B) sintaksis va leksikologiyada
C) sintaksis va morfologiyada
D) faqat leksikologiyada
Ey farzand, aqlli va ilm-hunarli kishilar bilan do‘stlash. Berilgan gap so‘z turkumlariga to‘g‘ri ajratilgan qatorni toping.
A) 2 ta ot, 2 ta sifat, 1 ta fe’l, 2 ta bog‘lovchi
B) 2 ta ot, 2 ta sifat, 1 ta fe’l, 1 ta undov so‘z, 2 ta bog‘lovchi
C) 3 ta ot, 1 ta sifat, 1 ta bog‘lovchi, 1 ta ko‘makchi, 1 ta fe’l
D) 2 ta ot, 2 ta sifat, 1 ta fe’l, 1 ta undov so‘z, 1 ta bog‘lovchi, 1 ko‘makchi
Morfologiyada so‘zning qaysi ma’nosi o‘rganiladi?
A) leksik ma’nosi
B) ko‘chma ma’nosi
C) atash ma’nosi
D) grammatik ma’nosi
Fe’ldan anglashilgan harakatning shaxslarga munosabatini bildirishiga ko‘ra farqlanadigan fe’llar qatorini aniqlang.
A) o‘qiydi, o‘qisa, o‘qisin
B) o‘qidi, o‘qitdi, o‘qildi
C) o‘qiyapman, o‘qibman, o‘qimoqchiman
D) o‘qidim, o‘qiding, o‘qidi
Qaysi javobda quyida keltirilgan fe’llarning o‘timli-o‘timsizligi haqida to‘g‘ri hukm berilgan?
1) pishirmoq; 2) eritmoq; 3) o‘tirmoq; 4) to‘g‘ramoq; 5) uchmoq; 6) to‘xtamoq
A) 1, 5, 6 – o‘timli; 2, 3, 4 – o‘timsiz
B) 1, 4, 5 – o‘timli; 2, 3, 6 – o‘timsiz
C) 1, 2, 4 – o‘timli; 3, 5, 6 – o‘timsiz
D) 2, 3, 6 – o‘timli; 1, 4, 5 – o‘timsiz
Qaysi javobda ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi berilgan?
A) charaqlab chiqmoq
B) aytib yubormoq
C) kulib qaramoq
D) borib kelmoq
Ilgari ro‘y bergan harakat va holatning so‘zlovchi tomonidan eshitib bilganini ifodalovchi o‘tgan zamon qo‘shimchasini aniqlang.
A) -a(r)di
B) -gan
C) -(i)b
D) -gan edi
Fe’ldan anglashilgan harakatning nutq momentiga nisbatan bajarilishi yoki bajarilmaslik paytini bildirishiga ko‘ra farqlanadigan fe’llar qatorini belgilang.
A) o‘qiy, o‘qisa, o‘qisin
B) o‘qidi, o‘qitdi, o‘qildi
C) o‘qidim, o‘qiding, o‘qidi
D) o‘qiyapman, o‘qibman, o‘qimoqchiman
Quyida keltirilgan parchada ishtirok etgan qo‘shma fe’llar sonini aniqlang. Gullar ishq haqida kuylasalar qushlar, sadoqat haqida chug‘urlashib bahs qilishardilar, gullar Nargisga tasalli bersalar, bulbullar chax-chaxlab, Bamburni Gullar bog‘iga chaqirardilar.
A) 1 ta
B) 3 ta
C) 2 ta
D) 4 ta
Do'stlaringiz bilan baham: |