Sintaktik munosabatlar va ularning ifodalanishi
Reja:
1. Sintaktik munosabatlar va ularning ifodalanishi
2. Sintaktik munosabatlarning turlari
3. Subodinativ munosabat ob`ektli, atributiv, relyativ, predikatli
4. Koordinativ munosabat
5. Kopulyativ munosabat
6. Intraduktiv munosabat: vokativ, modal munosabat
Sintaktik munosabatlar sintaktik aloqalar yordamida ifodalanadi. Sintaktik munosabat bilan sintaktik aloqa bir-birini hokazo qiluvchi bir xodisaning ikki tomoni bo`lsa ham, lekin ularning har ikkisi ma`lum o`ziga xoslikka egaligi tufayli bir-biriga muvofiq kelishi shart emas. Masalan, sintaktik munosabat tarkibiga kiruvchi vokativ v modal munosabatlar sintaktik aloqa tarkibida kirishmaydi.
Sintaktik birliklarning mazmuniy munosabati kishi ongida aks etgan moddiy dunyodagi elementlarning o`zaro munosabati sanaladi. Masalan, predmei va uning belgisi, harakat va uning sub`ekti harakat va uning ob`ekti o`rtasidagi munosabatlar.
Shunga ko`ra, sintaktik birliklar o`rtasidagi sintaktik munosabatlari quyidagi turlarga ajratish mumkin:
1. Bir tomonlama (subordinativ) munosabat: predikativli, ob`ektli, atributivli, revlyativli.
2. Ikki tomonlama (koordinativ) munosabat.
3. Uyushiq bo`laklar (kopulativ) munosabat.
4. Vokativ va modal (intraduktiv) munosabat.
Shu munosabatlarning birinchi, ikkinchi, uchinchi sintaktik aloqa vositalariga ega bo`lib, ularga tenglashish, tobelashish, muvofiqlashish, predikativli, nopredikativli vositalar asosida ro`yobga chiqadi.
To`rtinchi tur munosabat yuqoridagi xususiyatlarga ega emasdir.
Tenglashish munosabatida komponentlar barobar huquqli bo`ladi va sinash intonatisali bilan aytiladi: dalalar va bog`lar-dalalar bog`lar. Gap qurish uchun tenglashishning bo`lishi shart emas. Nopredikativ va predikativ munosabat asosisda tobelanish yotadi. Gapning asosini tobelanish tashkil qiladi, busiz gap maydoniga kelmaydi. Gapning asosi bo`lgan ega va kesimning aloqasi natijasida yo so`z birikmasi (nopredikat) yo gap (predikativ munosabat) hosil bo`ladi: vafodor qiz, qiz vafodor kabi.
So`zlar sintaktik aloqaga kirishganda, ular faqatgina shakliy bog`lanib qolmay, unda biror vokeylik, tushunchalar ifodalangan bo`ladi (qaratuvchi-qaralmish). Bunday birikma tarkibidagi birliklarning sub`ektli munosabati muvofiqlashuv munosabati sanaladi. Vazifasiga ko`ra, so`z qo`shilmalarining predikativ, ob`ektli va relyativ birikmalarga bo`linishi kelib chiqadi. Ular kesimli, aniqlovini, to`ldiruvchili, xolli birikmalar deb ham nomlanadi. Bir tomonlama (subordinativ) munosabat o`z vazifasiga ko`ra quyidagi ko`rinishlarga ega:
Ega va kesim munosabati orqali hosil bo`lgan birikmadir. Atributiv munosabatda predmetning belgi o`rniga qo`shib, bir murakkab tasavvur xolida beriladi. Bu birikma sifatlovchi va sifatlanmishdan hosil bo`ladi. Ular material jixatidan quyidagi ko`rinishlarga ega:
Ot+ot: xalq boyligi, yog`och uy
Sifat+ot: Yangi dunyo, zur ko`tarinkilik
Sifatdosh+ot: aytilgan o`q, o`qigan yigit
Olmosh+ot: shu bahor, bu bino, ushbu maktab
Son+ot: o`n sakkiz yoshlik, o`nta kitob
Ravish+ot: oz suv, ko`p qalam, tez bola
Mimema+ot: duv-duv gap, shov-shuv daryo
Ob`ektli birikma predmet bilan harakat orasidani munosabatni ko`rsatadi. Ob`ektli birikmaning tobe komponent bo`lib kelgan so`z to`ldiruvchi vazifasini bajaradi.
Ob`ektli birikma tarkibidagi komponentlar kelishik affikslari (qishloqni aylanmoq, do`stga gapirmoq) va ko`makchilar (saylovchilar bilan uchrashmoq, tinchlik uchun kurashmoq) orqali munosabatga kirishadi. Bu to`ldiruvchi-to`ldirilmish munosabatdir.
Ob`ektli birikmalar material jixatidan quyidagicha bo`ladi.
Ot+fe`l: yer haydamoq, osmonga uchmoq
ot+sifat: qildan ingichka, paxtadan oq.
ot+ravish: chumolidan ko`p, aqldan tez.
Relyativ birikmada holat orasidagi munosabat ifodalanadi. Relyativ birikmalar holat ifodalovchi tobe elementning harakat bilan hech qanday grammatik vositalarsiz munosabatga kirishishidan tashkil topadi. Bu bir xil munosabat xol-xollanmish munosabatdir. Bunday munosabat asosida shakllangan birikmalarning material jixatidan ko`rinishlari quyidagichadir:
ravish+fe`l: sekin yurmoq, ravon o`qimoq.
ravish+fe`l: yarqirab ko`rinmoq, shildirab oqmoq, suyunib gapirmoq.
Ba`zi ishlarda relyativ birikmani bitishuvga tenglashtirish xollari uchraydi (G`ulomov A., Askarova M. Hozirga o`zbek tili. Toshkent: 1965,17-bet).
Ikkinchi tomonlama (koordinativ) munosabat asosida qaratuvchi-qaralmishmunosabati shakllanadi: xalqimizning boyligi, mening kitobim. Bunday munosabatda, birinchidan, qaratuvchi qaralmishlar o`ziga mos egalik shakllaridan birida kelishini, ikkinchidan, qaratuvchini qaratqich kelishigida talab qiladi. Shuning uchun bunday munosabatni tobe munosabatdan farqlash lozim. Uni muvofiqlashuv deb atash maqsadga muvofiqdir.
Uyushiq bo`laklar bir-biri bilan o`zaro sintaktik munosabatga kirishadi. Uyushiq bo`laklar birliklarning o`zaro munosabati kopulyativ munosabat sanaladi: Saroy uchun allaqancha taxta, yog`och, tunuka oldirib quygan. (S.Ahmad)
Undalma va kirishlar orqali ifodalanadigan munosabat turi intraduktiv munosabat sanaladi: Bu xil munosabat gapning sintaktik tuzilishi orqali ifodalangan diktum bilan so`zlovichi o`rtasidagi munosabatdir. Intraduktiv munosabat o`z xarakteriga ko`ra vokativ, modal munosabatga bo`linadi: men shoshilayotganim yo`q, bolam (M.Ibragimov, lekin menimcha, siz haqsiz (Sh.Rashidov).
Xullas, sintaktik birliklar ham til birligi sifatida tizim tarkibida sintagmatik va paradrikmatik munosabatlarda bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |