Mutaxassis nutqining kommunikativ sifatlari Tayanch so‘z va iboralar



Download 19,82 Kb.
bet2/3
Sana20.04.2022
Hajmi19,82 Kb.
#565780
1   2   3
Bog'liq
Mutaxassis nutqining kommunikativ sifatlari

So‘z—mo‘jiza, uni to‘g‘ri yozish, to‘g‘ri talaffuz qilish va undan yahshilik uchun
foydalanish dono kishining ishi. Abu Rayhon Beruniy.
Shunday bo‘ladiki, ularni faqat so‘z bilan davolamoq zarur. Abu Ali Ibn Sino.
So‘ngni tiyib yur, boshing yormasin.
Tilingni tiyib tur, tishing sinmasin. Yusuf Xos Hojib.
Ortiq so‘zdan aslo bo‘larmi foyda,
Ziyondan bo‘lak yo‘q, so‘z ortiq joyda. Yusuf Xos Hojib.
Kishi so‘z tufayli bo‘ladi malik,
Ortiq so‘z bu boshni etadi egik. Yusuf Xos Hojib.
Ko‘ngul mahzanining qulfi til
Va ul mahzanning kalidin so‘z bil. A.Navoiy.
Aqlli kishi bir masala haqida so‘zlamoqchi bo‘lsa, u masalaning mohiyatidan yaxshi xabardor bo‘lishi va nima demoqchi ekanini o‘ylab, ochiq, mazmundor so‘zlaydi.
Johil odam esa xatto o‘zi nima deyayotganini tushunmaydi, nima demoqchi ekanini ham yaxshi anglata olmaydi.
Agar bir odamning kamchiligini sezib, unga nasixat qilmoqchi bo‘lsang, avval uning tabiatini, ruhiy holatini yahshi bilib olib, so‘ng nasihat qil. Agar u nodon bo‘lsa, qilgan nasixating bekor ketadi.
Kishilarga aytadigan so‘zingni yamshoqlik, muloyimllk bilan ayt, odamlar so‘zlagan so‘zingdan sening kim ekaningni, martabang va darajangni bilib olishadi. Chunki, kishining kim ekani, darajasi so‘zidan bilinadi, har kishining fe’l-atvori so‘z ostida pinhondir. Bir hil fikrni ikki hil ibora bilan ifodalash mumkin. Birini aytganda dil xira torsa, ikkinchisida esa ko‘ngil taskin topadi. So‘zga epchil, notiq, suxango‘y odam so‘zini qaysi ibora bilan aytishni biladi. Kishilik jamiyatida so‘zning o‘rni, so‘zlash va qanday so‘zlash juda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ota – bobolar ana shuning uchun ham o‘zlarining ko‘plab maqollari orqali avlodlarga so‘zlash odobi yuzasidan qimmatli maslaxatlar, nasixatlar aytib qoldirishgan: “Taom lazzati–o‘zida, odam lazzati–so‘zida”, “Yuzing chiroyli bo‘lguncha, so‘zing chiroyli bo‘lsin”, “Kuch egmaganni so‘z egar”, “Yaxshi gap ham, yomon gap ham bir og‘izdan chiqadi”. Modomiki shunday ekan, yomon gapni–gapirgandan ko‘ra, sukut saqlagan ma’qul. Chunki yaxshi gapni gapirgan ma’quldir. Xalqimizda “Dildagi so‘z tilga chiqadi”, degan ibora ham bejiz aytilmagan. Ayniqsa. shifokorlarga, tarbiyachilarga, ota – onalarga bu hislatlar – suv bilan havodek zarur. Chunki shifokorning bemorga yoqimli muomalasi buyurgan dorisi bilan birgalashib ijobiy ta’sir qiladi. Tarbiyachilar bilan ota – onalar yoshlarni har tomonlama kamol toptirishi, milliy urf – odatlarimizni qadrlaydigan va uni davom ettiradigan insonlarni yetishtirish mas’uliyati borligini unutmasliklari kerak. Odamning so‘zi o‘ziga ham do‘st, ham dushmandir. Hikoya qilishlaricha, qadim zamonda bir yurt podsxosi tush ko‘radi. Tushida o‘ttiz ikkita tishidan o‘ttiz bittasi sug‘urilib, bittasi qo‘lgan ekan. Shoh bu holdan hayron bo‘lib, tongda ta’birchini huzuriga chaqirtirib, ko‘rgan tushuni bayon qilib beribdi. Ta’birchi shunday javob beribdi: “Shohim, hamma bola – chaqangiz, qarindoshlaringiz o‘lib, bitta o‘zingiz qolar ekansiz”. Shoh bu gapdan g‘azablanib ta’birchini zindonga tashlashni buyuribdi. Boshqa ta’birchini huzuriga keltirib, hech narsa bo‘lmagandek, ko‘rgan tushining ta’birini so‘raganda: “Shohim, hamma hesh – aqrabolaringiz ichida eng umri boqiysi, uzoq yashaydigani siz ekansiz”, deb ta’bir qilibdi. Shoh bunday yoqimli gaplardan hursand bo‘lib, uning sha’niga ziyofat berib, uni sovg‘a –salomlar bilan saroydan kuzatgan ekan.
Nutqning kommunikativ sifatlari
Nutqning to‘g‘ri bo‘lishi, eng avvalo, uning adabiy til me’yorlariga muvofiq kelishidir.
Grammatik me’yorlarga rivoya qilish deganda, gap tuzish qoidalaridan to‘g‘ri foydalanish, o‘zak va qo‘shimchalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta’minlash, ega kesim mosligiga erishish, ikkinchi darajali bo‘laklarning bosh bo‘laklarga bog‘lanishlarning qonuniyatlariga e’tibor berish ko‘zda tutiladi.
Aniqlik deyilganda, tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar bilan ularning atamasi orasidagi mutanosiblik tushuniladi. Agar inson tafakkuri, bilimlari so‘zda aniq ifodalanmagan bo‘lsa, u tinglovchiga tushunarsiz bo‘lib qoleveradi. Maqsad – aytilgan fikrning tinglovchiga tushunarli bo‘lishiga erishishdan iboratdir.

Download 19,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish