Nutqning mantiqiy bo‘lishi, eng avvalo, so‘zlovchining tafakkur quvvati va qobiliyati bilan bog‘liqdir. Shundan kelib chiqiladigan bo‘lsa, mantiqiyligi faqatgina lisoniy hodisa sanalmasdan, balki nolisoniy hodisa sifatida ham namoyon bo‘ladi, ya’ni notiqdan faqatgina tilni yaxshi bilish emas, o‘zi mulohaza yuritayotgan mavzu atrofida chuqur bilimga ega bo‘lish va ifoda jarayonida izchillikni ta’minlash taqozo etiladi. Nutq to‘g‘ri tuzilmaganligi, aniq ifodalanmaganligi, izchillik ta’minlanmaganligi oqibatida mantiqsizlik kelib chiqadi, xalq tabiri bilan aytganda “bog‘dan kirib, tog‘dan chiqiladi”.
Chunki, nima noaniq tasavvur etilsa, noaniq ifodalanadi. Noaniq ifoda esa fikr chigalligi, ya’ni mantiqsizlik demakdir.
Nutqning sofligiga putur etkazadigan lisoniy unsurlar, ya’ni noadabiy qatlamlarga dialektizmlar, varvarizmlar (chetdan kirgan so‘zlarni noo‘rin, haddan tashqari ko‘p ishlatish) so’kinish, haqorat, qarg’ish so’zlarini qo’llash kabilar kiradi.
Nutqning sofligini ta’minlash uchun uni keraksiz so‘z va iboralardan holi bo‘lishga erishish lozim. Shuningdek, har bir uslubni o‘z o‘rnida qo‘llash ham nutqning sofligini ta’minaydi.
Nutqning boyligi, rang-barangligini ta’minlovchi lisoniy hodisalar:
- shakl va ma’no munosabatlariga ko‘ra turlaridir, ya’ni sinonim, omonim, antonim, paronim so‘zlar;
-bir ma’noli va ko’p ma’noli so’zlarni qo’llash,
-intonatsiya ( u uzunlik, ton, kuch, tembr, pauza va ularning o‘zaro hamkorligi hamda o‘zaro kompensatsiyasidan tashkil topadi);
-grammatik vositalarni o’z o’rnida qo’llash.
Nutqdagi qisqalik va ixchamlik so‘zlovchining lisoniy bilimi, so‘zni o‘rinli tanlay olishi, gaplarini muxtasar tuza bilish mahorati va maqol, ibratli so’zlardan o’z o’rnida foydalanishiga bog‘liqdir.
Topshiriq. Gazeta yoki jurnaldan ijtimoiy mavzudagi matnni o‘qing, undagi salomlashish odobiga oid ma’lumotlarni to’plang.oid so’zlarni toping.
TESTLAR
1. Nutqning tozaligi deganda nimani tushunasiz?
A. Adabiy til me’yorlariga yot bo‘lgan birliklarning qo‘llanmasligi
B. Dialektizmlarning qo‘llanmasligi
C. Nutq mantiqiyligiga rioya qilish
D. Nutq ifodaviyligini oshirish
2. Milliy o‘ziga xosligi bilan ajralib turuvchi nutq qanday nomlanadi?
A. Og'zaki
B. Madaniy
C. Yozma
D. Badiiy
3. Diksiya nima?
A. So’zlarni to’g’ri talaffuz qilish
B. Fonema (tovush)larni to’g’ri talaffuz qilish
C.So’zlarni to’g’ri yozish
D. Intonatsiyani to’g’ri qo’llash
4. Nutq odobi nimadan boshlanadi?
A.Muloyimlikdan
B. Sukut saqlashdan
C. Salomlashishdan
D. Chiroyli kiyinishdan
5. Nutqning tozaligiga salbiy ta’sir etadigan unsurlari ko'rsating?
A. Varvarizmlar va vulgarizmlar
B. Arxaizm va dialektizmlar
C. Adabiy me’yor va imlo
D. А, B javob
Gazeta yoki jurnaldan ijtimoiy-siyosiy mavzudagi matnni o‘qing, undagi o’z va o’zlashgan qatlamga oid so’zlarni toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |