Mustazod janri



Download 28,06 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi28,06 Kb.
#951923
Bog'liq
MUSTAZOD JANRI


MUSTAZOD JANRI
Mustazod (arabcha) — lirik janr. Mustazodda uzun misralar (14 va undan ortiq boʻgʻinli) qisqa misralar (6 boʻgʻinli) bilan oʻzaro almashib keladi. Uzun misra uzun misra bilan, qisqa misra qisqa misra bilan qofiyalanadi. Bir bandda misralar soni har xil (2 misradan 10 uzun va qisqa misragacha) boʻlishi mumkin. Qofiyalanish tizimi: birinchi band (muxammasda) — ab, ab, ab, ab, ab; ikkinchi band — vg , vg , vg , vg , ab; uchinchi — de, de, de, de, ab... va shahrik. Agar mustazod ikki juft misra iborat boʻlsa, birinchi bandda qofiya kesishuvchi — ab, ab; keyingilarida birinchi misralar qofiyalanmay, ikkinchilari birinchi banddagi qofiyani takrorlaydi. Mustazod Mashrab ijodida koʻp uchraydi. Alisher Navoiy, Ogahiylar ham mustahzod yaratgan.
She'riy asarning muhim va asosiy unsurlaridan biri – vazn “nazmdagi misralarga yagona usul (ritm) bag‘ishlaydi” (14, 3). Mumtoz ijodkorlarimiz asarlarining she'riy o‘lchovini tadqiq etish shoirlarimizning har bir she'rda asardagi g‘oya va obrazga muvofiq vazn tanlaganliklaridan dalolat beradi. “Chunonchi, hayot va jamiyat, inson va muhabbat, shoir taqdiri, hijron alamlari haqidagi teran falsafiy mushohadalar vazmin, salobatli vaznlar vositasida ifodalansa, mahbuba tavsifi, oshiqning ehtirosli kechinmalari yengilroq, jozibador ohangdagi baytlarda mujassamlantiriladi, vafo va sadoqat tantanasi esa sho‘x va o‘ynoqi ritmga asoslangan misralarda tarannum etiladi” (16, 83). She'riy asar vaznini belgilovchi asosiy omillardan biri, bu – lirik janrdir. Ijodkor muayyan asari uchun vazn tanlar ekan, uning qaysi janrda yaratilishini ham nazarda tutadi, chunki har bir janr o‘zi vazn doirasiga ega bo‘ladi. Ba'zi janrlarning vazn imkoniyatlari keng bo‘lib, ular aruz tizimining istalgan vaznida bitilishi mumkin, ba'zi janrlar esa avvaldan belgilab qo‘yilgan vaznlar doirasida bitiladi.
Avvaldan belgilab qo‘yilgan vaznlar doirasida bitilgan lirik janrlardan biri mustazoddir. Mustazod janri turkiy (o‘zbek) adabiyotda keng tarqalgan janrlardan biri bo‘lib, Alisher Navoiyning “Mezon ul-avzon” asarida unga shunday ta'rif beriladi:
“Va yana bu xalq orasida bir surud bor ekandurkim, hazaji musammani axrabi makfufi mahzuf vaznida anga bayt bog‘lab bitib, aning misraidin so‘ngra hamul bahrning ikki rukni bila ado qilib, surud nag‘amotig‘a rost keltururlar ermish va ani “mustazod” derlar ermish” (10, 71).
Fikrning asosi sifatida quyidagi misol keltiriladi:
Ey husnunga zarroti jahon ichra tajalli.
Maf'uvlu mafoiylu mafoiylu fauvlun
mazhar sanga ashyo.
maf'uvlu fauvlun
Sen lutf bila kavnu makon ichra muvalli,
olam sanga mavlo.
Demak, mustazod — “Navoiy ta'rifidan ma'lum bo‘ladiki, hazaji musammani axrabi makfufi mahzuf (maf'uvlu mafoiylu mafoiylu fauvlun) vaznida yozilib, oxirgi ikki rukniga mos to‘la bo‘lmagan misra orttirilar ekan. Mana shuning uchun bu janr bir-biri bilan aloqada bo‘lgan orttirma ma'nosini beruvchi mustazod (ziyodalilik) deb ataladi” (10, 71). Shuningdek, nazariy adabiyotlarda mustazodning kelib chiqishi, xususiyatlari, g‘azalga aloqasi to‘g‘risida bir qancha nazariy fikrlar mavjud (12; 11; 4; 8; 1). Xususan, Ye. E. Bertel's “Mustazod nisbatan kamroq uchraydigan formalardandir. Bunday she'rlar quyidagicha tuziladi: o‘z shakliga ega bo‘lgan odatdagi g‘azalga har misra oxirida qofiyadan so‘ng qo‘sh vaznning bir yoki ikki stopasi qo‘shiladi. U yangi qofiyaga ega bo‘lib, g‘azalning umumiy qonuniyatiga bo‘ysunadi. Bu o‘ziga xos naqoratdir”, — deb ta'kidlaydi (5, 88). Umuman, mustazod uchun asos – zamin bo‘lgan. janr g‘azaldir. Ikkala janrning qofiyalanish tizimi, baytlar soni, matla' va maqta', taxallusning mavjudligi bu fikrni isbotlaydi.
Lekin g‘azal aruz tizimining barcha bahrlarida yaratilgani holda mustazod faqat hazaj bahrida yoziladi (1, 31). Turkiy adabiyotda mustazodning ilk namunalari Hofiz Xorazmiy va Gadoiy ijodida uchraydi (8, 124; 1, 131). Aruzshunos Anvar Hojiahmedov o‘zining “O‘zbek aruzi lug‘ati” kitobida turkey (o‘zbek) she'riyatida yaratilgan mustazodlarning to‘rtta vaznda:
1) hazaji musammani axrabi makfufi mahzufi mustazod;
2) hazaji musammani axrabi makfufi mahzufi maqsuri mustazod;
3) hazaji musammani axrabi makfufi maqsuri mahzufi mustazod;
4) hazaji musammani axrabi makfufi maqsuri mustazodda yaratilganini ta'kidlaydi va misollar keltiradi.
“Mustazodni, ayniqsa, shakl jihatidan takomillashtirishda Ogahiyning xizmati katta. Ogahiy o‘z mustazodida asosiy misraga qo‘shilib keladigan yarim misrani juftlashtirdi:
Ey yor, sango ushbu jahon bog‘i aro
gul bir oshiqi hayron, diydoringa shaydo.
Bir sheftadur kokuli mushkininga sunbul,
ham holi parishon,
ham boshida savdo” (7, 46).
Olima Dilnavoz Yusupova mustazod janri haqida to‘xtalib, uning hazaji musammani axrabi makfufi mahzufi mustazod vaznida yozilishi, lekin ayrim paytda vazn talabi bilan fauvlun rukni mafoiylga o‘zgarishi mumkinligini qayd etadi. Biz XX asr ikkinchi yarmi she'riyatida, xususan, Habibiy, Sobir Abdulla, Chustiy, Charxiy, Erkin Vohidov ijodida yaratilgan mustazodlarni uch ta, ya'ni hazaji musammani axrabi makfufi mahzufi mustazod (Sobir Abdulla 2 ta, Chustiy 1 ta, Charxiy 3 ta, Erkin Vohidov 2 ta), hazaji musammani axrabi makfufi maqsuri mustazod (Habibiy 2 ta, Sobir Abdulla 1 ta, Chustiy 2 ta, Charxiy 1 ta) hamda noan'anaviy mujtassi musammani maxbuni mahzufi mustazod (Charxiy 1 ta) vaznlariga ajratdik.
a sazovordir.
Download 28,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish