Mustaqqil ishi



Download 253,86 Kb.
bet3/3
Sana01.07.2022
Hajmi253,86 Kb.
#728236
1   2   3
Bog'liq
innovatsion iqtisodiyot

Innovatsion teхnologik park (teхnopark) – innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladigan yagona moddiy-teхnika majmuasi boʻlgan hududga egalik qiluvchi yuridik shaхs. Teхnoparkning asosiy vazifasi – uning rezidentlarini qoʻllab-quvvatlash. Uning faoliyat koʻrsatish muddati 30 yilgachani tashkil etadi, keyinchalik bu muddat uzaytirilishi mumkin. Teхnopark rezidentining maqomi tanlov asosida 10 yil muddatgacha beriladi;
 
2. Teхnologiyalar transferi markazi – teхnologiyalar transferini va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirishni ta’minlash maqsadida tashkil etilgan yuridik shaхs;

 
3. Innovatsion klaster tegishli hududda innovatsiyalarni yaratishda ishtirok etuvchi innovatsion faoliyat sub’yektlarining, innovatsion faoliyat natijalari iste’molchilarining yigʻindisi sifatida yuridik shaхs tashkil etmasdan tuziladi. Ularning asosiy maqsadi samarali hamkorlik qilishdan, quvvatlardan birgalikda foydalanishdan hamda bilimlar, koʻnikmalar almashishdan, shuningdek teхnologiyalar transferiga ulushni ta’minlash orqali innovatsion faoliyatni ragʻbatlantirishdan iborat boʻladi;

 
4. Venchur tashkilotlar, fondlar, shirkatlar – asosiy faoliyat turi хavfli innovatsion loyihalar amalga oshirilishini moliyalashtirishdan iborat boʻlgan, ham yuridik shaхs shaklida tashkil etiladigan, ham yuridik shaхs sifatida tashkil etilmaydigan iхtisoslashtirilgan moliya institutlari.

 
5. Innovatsiya markazi innovatsion faoliyat sohasida yangi gʻoyalarni yaratishdan yangi ishlanmalarni tijoratlashtirishgacha boʻlgan toʻliq ishlar turkumini amalga oshirish maqsadida yuridik shaхs shaklida tashkil etiladi.

Qonun bilan innovatsion faoliyatni moliyalashtirish manbalari va ularni sarflash yoʻnalishlari ham belgilangan. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • Oʻzbekiston respublika byudjeti;

  • Qoraqalpogʻiston respublika byudjeti hamda viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari;

  • Innovatsion rivojlanishni va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi;

  • innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari;

  • venchur jamgʻarmalari;

  • innovatsion faoliyat sub’yektlarining oʻz mablagʻlari;

  • хalqaro grantlar, tijorat banklarining, shu jumladan chet el banklarining va хalqaro moliya institutlarining maqsadli kreditlari;

  • хususiy investorlarning mablagʻlari;

  • qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Qonun Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.07.2020 yildan kuchga kirgan.

Qonunda innovatsion faoliyat sohasida foydalaniladigan atamalarni bir xil maʼnoda ishlatish tartibga solingan. Innovatsion faoliyat ishtirokchilari kategoriyalari, innovatsiyalar transferi, infratuzilma obʼektlari, innovatsion faoliyatni moliyalashtirish manbalari va shakllariga aniqlik kiritilgan.


Qonun davlat byudjeti mablagʼlarini jalb qilish orqali tashkil etilgan intellektual mulk va texnologiyalar obʼektlarini ishlab chiqaruvchilarga berish huquqi tartibini belgilaydi. Bunday tartib aprobatsiyadan oʼtkazish mexanizmini takomillashtirishga sharoit yaratadi. Muhimi ilmiy-innovatsion ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etishni ragʼbatlantiradi.
Qonun 6 ta bob va 39 ta moddadan iborat.
Loyihani ishlab chiqishda innovatsion faoliyatni tartibga soluvchi qonunlar oʼrganilgan. АQSh, Frantsiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Rossiya, Hindiston, Belarus, Moldova, Qozogʼiston, Ukraina kabi sohada yetakchi boʼlgan xorijiy davlatlarning tajribasidan foydalanilgan.
Qonun loyihasi Oʼzbekiston Respublikasi Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida ikki marotaba: birinchisi 2019 yil 17 yanvar va ikkinchisi 28 fevral kuni muhokama uchun joylashtirilgan. Ushbu muhokamalarda jami 1515 nafar ishtirokchilar qatnashdi va 295 ta takliflar kelib tushdi.
Shu bilan birga qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, akademiklar, ilmiy tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining olim va mutaxassislari, professor-oʼqituvchilari, tarmoq va soha vakillari ishtirokida jami 43 seminar va davra suhbatlarida muhokama etildi.
Innovatsiya oʼzi nima?
Qonunda Innovatsiya – fuqarolik muomalasiga kiritilgan yoki shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalaniladigan, qoʼllanilishi amaliyotda katta ijtimoiy-iqtisodiy samaraga erishini taʼminlaydigan yangi ishlanma, deb taʼriflangan. Demak taʼrifdan koʼrinib turibdiki, har qanday yangilik innovatsiya boʼla olmaydi, har qanday ilmiy izlanishlar natijasi ham innovatsiya emas. Ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan foyda keltiradigan ishlanlmalarnigina innovatsiya deb atay olamiz.
Innovatsion faoliyat qaysi tamoyillarga asosan amalga oshiriladi?
Аvvalo innovatsion faoliyat erkin boʼlishi kerak. U bilan shugʼullanishga hech kim majbur ham emas, lekin shugʼullanadiganlarga toʼsqinlik qilishga ham yoʼl qoʼyilmaydi.Ikkinchidan, innovatsion faoliyat davlat tomonidan qoʼllab quvvatlanar ekan, unda barcha fuqarolar teng foydalanish huquqiga egalar. Uchinchidan,innovatsion faoliyatni davlat tomnidan qoʼllab-quvvatlanishi oshkor va aniq yoʼnaltirilgan boʼlishi kerak. Bu sohada raqobatni rivojlantirish, axborotni erkin almashish imkoniyatini yaratish oʼta muhim sanaladi. Yana bir muhim jihat, innovatsion faoliyat natijasida yaratilgan intellektual mulk obʼektlarini muhofaza qililinishi shart va zarur. Va bulardan tashqari, innovatsion faoliyat fuqarolarning hayoti va sogʼligʼiga, atrof-muhitga zarar yetkazmasligi lozim.
Yurtimizda innovatsion faoliyat sohasini rivojlanishiga qaysi organ masʼul?
Qonunda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi innovatsion faoliyat sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlashi belgilangan. Oʼz navbatida yangi qonunga koʼra, Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi innovatsion faoliyat sohasidagi vakolatli organi deb koʼrsatilgan.
Innovatsion rivojlanish vazirligining vakolatlari nimalardan iborat?
Innovatsion rivojlanish vazirligi innovatsion faoliyat sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi. Innovatsion faoliyat sohasida davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi. Oʼzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Shuningdek, innovatsion faoliyatga oid normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi. Bundan tashqari, mamlakatning innovatsion rivojlanish holati tahlilini amalga oshirib, innovatsion faoliyat ishtirokchilarining idoralararo oʼzaro hamkorligiga koʼmak koʼrsatadi. Innovatsion loyihalarning davlat ilmiy-texnik ekspertizasi oʼtkazilishini taʼminlash ham aynan vakolatli organning vazifasidir. Innovatsion rivojlanish vazirligi oʼz navbatida Innovatsion faoliyat boʼyicha davlat dasturlari doirasidagi loyihalarni shakllantirish, tasdiqlash va moliyalashtirish boʼyicha yagona davlat buyurtmachisi hisoblanadi. U innovatsion loyihalarning monitoringi va ijrosi samaradorligini baholashni amalga oshiradi. Oʼzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʼlari hisobidan xarid qilingan texnologiyalar transferi boʼyicha shartnomalarni roʼyxatdan oʼtkazadi. Davlat va xoʼjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va boshqa tashkilotlarga moliyalashtirish uchun yangi ishlanmalarni tavsiya qiladi.
Innovatsion rivojlantirish strategiyasining mohiyati qanday?
Innovatsion rivojlanttrish strategiyalari dunyo ilm-fanining zamonaviy yutuqlari, innovatsion ishlanmalar va texnologiyalar asosida inson kapitalini, mamlakat taraqqiyotini jadallashtirish, innovatsiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Bunda oʼrta va uzoq muddatli innovatsion rivojlanish strategiyalarini qabul qilish mumkin.
Innovatsion rivojlantirish strategiyalari davlat va jamiyat oldida turgan maqsad va vazifalarni, tegishli davrga moʼljallangan maqsadli koʼrsatkichlarni hamda ularni amalga oshirish boʼyicha harakatlar rejalarini belgilaydi.
Oʼzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyalari loyihalari vakolatli davlat organi tomonidan davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ilmiy tashkilotlar, nodavlat notijorat va ekspertlarning takliflari asosida ishlab chiqiladi.
Innovatsiyalarni yaratishga davlat buyurtmasi nima?
Innovatsiyalarni yaratish boʼyicha davlat buyurtmasi innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlash va ragʼbatlantirish maqsadida amalga oshiriladi. Bunda import oʼrnini bosuvchi, eksportga yoʼnaltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga eʼtibor qaratiladi. Joriy etishga tayyor boʼlgan mavjud mahsulotlar va texnologiyalar tannarxini pasaytirish maqsadida tadqiqotlar oʼtkaziladi. Innovatsion loyihalar yangi ish oʼrinlarini yaratishga xizmat qilib, mahalliy xom ashyolardan foydalanishni ragʼbatlantiradi.
Innovatsion loyihalarni davlat buyurtmasi boʼyicha amalga oshirishning maksimal muddati ikki yildan oshmasligi lozim.
Innovatsion faoliyat Oʼzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʼlari hisobidan davlat buyurtmasi doirasida moliyalashtirilganda, uning natijasi davlatga tegishli boʼladi.
Innovatsion loyihalar ilmiy-texnik ekspertizadan oʼtadimi?
Davlat buyurtmasi doirasida bajariladigan innovatsion loyiha davlat ilmiy-texnik ekspertizasidan oʼtkazilishi shart.
Innovatsion loyihaning ilmiy-texnik ekspertizasi loyihaning amaliy ahamiyatini, ilmiy-texnologik darajasini va iqtisodiy samaradorligini kompleks baholash, ularni moliyalashtirishning maqsadga muvofiqligi va hajmi boʼyicha tavsiyalarni ishlab chiqish maqsadida amalga oshiriladi.
Texnik ekspertiza loyiha arizasi tarkibida taqdim etilgan hujjatlarning talablarga javob berishini aniqlash, shuningdek, loyiha arizasi boʼyicha taqdim etilgan maʼlumotlarni notoʼgʼri talqin qilish va tahlil qilishning buzilishiga olib keladigan xatolarni aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Ilmiy ekspertiza muddati loyiha arizasi olingan kundan boshlab 15 kalendar kunidan oshmasligi kerak.
Ilmiy ekspertizani amalga oshirish jarayonida ekspertiza xulosasidan shaxsan manfaatdor boʼlgan jismoniy va yuridik shaxslarning qatnashishiga yoʼl qoʼyilmaydi.
Innovatsion faoliyat sohasida kadrlarni tayyorlash masalasiga qanday eʼtibor qaratiladi?
Davlat innovatsiya sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʼyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga koʼmaklashadi. Shuningdek, innovatsion tadbirkorlik sohasida kadrlarni tayyorlashga ixtisoslashgan taʼlim tashkilotlari faoliyatiga moliyaviy yordam koʼrsatiladi.
Qonunning 21-moddasida Texnologiyalar transferi mexanizmlari haqida soʼz borgan. Texnologiyalar transferi degandan nima tushuniladi?
Texnologiyalar transferi — texnologiya egasi boʼlgan shaxs yoki tashkilotdan yangi ishlanmani amalda qoʼllash sohasiga oʼtkazishga qaratilgan tadbirlar majmui.
Intellektual mulkka boʼlgan huquqning mavjudligi va undan tushgan foyda transfer qilish toʼgʼrisidagi shartnomalarni tuzishning muhim sharti hisoblanadi.
Oʼzbekiston Respublikasi davlat byudjeti hisobidan amalga oshirilgan texnologiyalar transferi boʼyicha shartnomalar vakolatli davlat organi tomonidan roʼyxatga olinadi.
Innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish hozirda eng dolzarb muammolardan biri sanaladi. Qonunda uni yechilishga qanday sharoitlar yaratilgan?
Innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish foyda olish maqsadida fuqarolik muomalasiga kirish jarayonidir. Yaʼni ishlanmalarni tijoratlashtirish yangi ishlanmalarni qoʼllagan holda yaratilgan tovarlarni realizatsiya qilish yoki ulardan oʼz ehtiyojlari uchun foydalanishni nazarda tutadi.
Davlat uchun strategik ahamiyatga ega boʼlgan yoki davlat siri hisoblangan maʼlumotlarni qamrab oluvchi intellektual mulk obʼektlarini tijoratlashtirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Qonunning 4-bobi Innovatsion infratuzilmaga bagʼishlangan. Innovatsion infratuzilma subʼektlariga nimalar kiradi?
Innovatsion infratuzilma subʼektlariga innovatsion texnologik parklar, texnologiyalar transferi markazlari, innovatsion klasterlar, venchur tashkilotlari, innovatsiya markazlari kiradi. Qonunda mazkur subʼektlarning har biriga taʼrif berilib, ularning faoliyatining asosiy yoʼnalishlari belgilab berilgan.
Innovatsion faoliyatni qay tartibda moliyalashtiriladi?
Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish manbalariga quyidagilar kiradi:
Oʼzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʼlari; mahalliy byudjet mablagʼlari; Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʼoyalarini qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasi mablagʼlari; innovatsion faoliyatni qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmalari mablagʼlari; venchur jamgʼarmalar mablagʼlari; innovatsion faoliyat subʼektlarining oʼz mablagʼlari; xalqaro grantlar, tijorat banklarining, shu jumladan, xorijiy banklar va xalqaro moliya institutlarining maqsadli kreditlari; xususiy investorlar va boshqa homiylar, shu jumladan xorijiy homiylar mablagʼlari; qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Innovatsion faoliyat toʼgʼrisidagi Qonunning 6-bobi yakunlovchi qoidalarni oʼz ichiga oladi.
Unda Innovatsion faoliyat sohasidagi xalqaro hamkorlik, Innovatsion faoliyat sohasidagi nizolarni hal qilish, Innovatsion faoliyat toʼgʼrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik, Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyatining tushuntirilishini taʼminlash, Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish hamda ushbu Qonunning kuchga kiritilishi haqidagi moddalar kiritilgan.
Download 253,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish