Adabiyot va san'at
Mustaqil O`zbekiston va Qoraqalpog`istonning dolzarb masalalari respublika shoir va yozuvchilari ijodida katta o`rin egallaydi. O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq yozuvchisi To`lepbergan Qaipbergenov qatoriga yangi nomlar kelib qo`shildi. Saginbay Ibrohimov, Kenfcsboy Rahmonov kabi shoirlar, Guloysha Yesemuratova, o`zarboy Abdurahmonov, Muratboy Nizanovlar ana shular jumlasidandir.
2000 yil aprel oyida Qoraqalpog`iston Yozuvchilar uyushmasida 1999 yilda yaratilgan badiiy asarlar muhokamasiga bag`ishlangan yig`ilish bo`ldi. Unda eng yaxshi asarlarga Qoraqalpoq Yozuvchilar uyushmasining mukofoti berildi. Jumladan, Davlatmurod Karimov «Qur'oni Karim»ni o`zbek tilidan Qoraqalpoq tiliga tarjima qilgani uchun, Gulchehra Rahimova mustabid tuzum qurbonlari haqidagi qissasi uchun va Minayxon Jumanazarova «Cho'lpon» nashriyotida chop etilgan «Qalbingizda qolgim keladi» she'rlar to`plami uchun mazkur mukofotga sazovor bo`ldilar. Ayniqsa, 1999-yil 4-mayda O`zbekiston Prezidentining Farmoniga ko`ra L Qaipbergenov va LYusupovning «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlanishi respublika hayotida katta voqea bo`ldi.
1993-yil yanvarda Toshkentda Qoraqalpog`iston madaniyati kunlari, noyabr oyida esa Qoraqalpog`i^tonda Toshkent madaniyati kunlari o`tkazildi. Xuddi shuningdek, 2000-yil iyun oyida- Qoraqalpog`istonda Toshkent shahri va Xorazmdan kelgan madaniyat xodimlari va ijodkorlar ishtirokida ma'naviyat kunlari o`tkazildi. Dekabr oyida esa Toshkentda Qoraqalpog`iston madaniyati kunlari uyushtirildi. Bu tadbirlar Nukus va Toshkent madaniyat xodimlari faoliyatini bir-birlariga yaqinlashtirdi. 1996-yilda Qoraqalpoq xoreografiyasi tarixida birinchi marta «Oyjamol» nomli Qoraqalpoq baleti (N.Muhammedinova musiqasi, T.Xodjayev asari) sahnalashtirildi. 1996-yilda O`zbekiston mustaqilligining 5 yilligi oldidan o`tkazilgan «O'zbekiston — Vatanim manim» qo`shiq-tanlovida yosh qo`shiqchi Roza Kutekeyeva «Mustaqillik gullari» qo`shig`i bilan ishtirok etib, faxrli ikkinchi o`rinni oldi. Shu yili yana Amir Temur rolining eng yaxshi ijrosi uchun tanlovida Berdaq nomidagi drama teatri artisti Bozorboy Uzoqberganov qatnashib, birinchi o`rinni oldi. Bu misollar Qoraqalpog`iston san'atkorlari mustaqillik yillarida erishgan muvaffaqiyatlardan dalolat beradi.
Qoraqalpog`iston san'atida erishilgan muvaffaqiyatlarni keng targ`ib etishda Rassomlar uyushxnasi, I.V.Savitskiy nomidagi San'at muzeyi, Tarix-o`lkashunoslik muzeyi hamda Jangovor va mehnat shuhrati muzeylari katta ishlarni olib bormoqda.
Qoraqalpog`iston Jo`qarg`i Kengesi va Vazirlar Kengashining «Erkin Qoraqalpog`iston», «Qoraqalpog`iston xabarlari» gazetalari, yozuvchilar uyushmasining «Amudaryo» jurnali, «Respublika Fanlar Akademiyasining Qoraqalpoq bo`limi xabarlari» ilgarigidek muntazam chiqarilmoqda. 1991-yMdan respublikada hukumatga qarashli bo`lmagan «Orol qizlari» jurnali chop etila boshladi.
Istiqlol yillarida Nukus shahrining 60 yilligi, To'rtko'1 shahrining 120 yilligi Ajiniyoz Qosiboy o`g`lining 170 yilligi, Amir Temurning 660 yilligi keng nishonlandi. Bular O`zbekiston va Qoraqalpog`iston tarixidagi eng muhim voqealar, o`zbek va qoraqalpoq xalqlari o`rtasidagi do`stlik ramzidir.
O`zbekiston Prezidenti I.A.Karimov Nukus shahrining 60 yilligi bayramida: «O'zbekiston taqdiri, bu — Qoraqalpog`iston taqdiridir, o`zbek xalqining taqdiri, bu — qoraqalpoq xalqining kelajagidir» degan otashnafas so`zlari qoraqalpoq xalqi xotirasida abadiy saqlanib qoladi.
Bugun Qoraqalpoq xalqi shuni yaxshi biladiki, uning amaidagi suvereniteti, mustaqilligi faqat O`zbekiston bilan birga bo`lgandagina ta'minlanishi mumkin. Shuning uchun ham Qoraqalpoq xalqi o`z taqdirini o`zbek xalqi va O`zbekiston bilan abadiy bog`lagan. O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasining Konstitutsiyalari buning mustahkam huquqiy kafolatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |