Fan sohasidagi tub o`zgarishlar
1991—2003-yillarda fan sohasida ham sezilarli o`zgarishlar bo`ldi.
1992-yilda O`zbekiston Respublika Fanlar Akademiyasining Qoraqalpoq filialiga O`zbekiston Respbulikasi FAning Qoraqalpoq bo`limi maqomi berildi.
Uning tarkibida ilgari 3 ta institut mavjud bo`lgan bo`lsa, yana ikkita institut qo`shildi. «Tarix, arxeologiya va etnografiya» hamda «Bioekologiya» institutlari ham shu bo`lim tarkibiga kirdi. Botanika bog`i bo`linmasiga esa bo`lim maqomi berildi. 1994-yilda esa Fanlar Akademiyasi tarkibiga O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligiga qarashli tajriba instituti va tibbiyot klinikasi ham kiritildi.
Fanlar Akademiyasi tashkil etgan bunday tadbirlar olimlarga tibbiy va ijtimoiy fanlarni yanada rivojlantirish, xalq xo`jaligi va madaniyatini yuksaltirishda muayyan muvaffaqiyatlarni qo`lga kiritishga yordam berdi. Qoraqalpoq .fnida erishilgan yutuqlar hamda to`rt jildlik «Qoraqalpoq tilining izohli lug`ati»ni yaratishdagi xizmatlari uchun Fanlar Akademiyasining 4 nafar ilmiy xodimi (M.Qalandarov, R.Yesemuratova, T.To`raboyev, D.Qozoqboyev) 1996 yilda O`zbekiston Respublikasining Beruniy nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandilar.
1992-yilda O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi fanlari akademiyasining Qoraqalpoq bo`limi tashkil etildi. Uning tarkibiga Sh.Musayev nomidagi Chimboy yer ishlari instituti hamda sholichilik va chorvachilik institutlarining filiallari kiritildi.
Nukusda o`rtq Osiyo irrigatsiya ilmiy tekshirish institutining bo`limi faoliyat ko`rsatmoqda. Respublikada oliy o`quv yurtlari ham ilmiy-tadqiqot isbJari olib borilmoqda.
Keyingi yillarda Toshkent olimlari ko`magida katta miqdordagi yuqoii malakaU mutaxassislar tayyorlandi.
Respublikadagi 60 nafar fan doktori va 600 nafar fan nomzodidan deyarli 30 foizi o`zbeiJston mustaqilligi yillarida ilmiy daraja oldilar.
Ilgari Fanlar Akademiyasi haqiqiy a'zoligiga saylangan Ch.A.Abdirov, S.K.Kamolov, A.B.Baxiyevlar qatoriga T feshanov, A.Dauletov, U.Hamidov va J.Bozorboyev ham qabul qilindilar. 1997-yilda esa ikki nafar rassom (JJzentayev va J.Quttimuratov) O`zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasining akademikligiga saylandilar.
Respublikada yuqori malakali kadrlar o`sishida, ayniqsa, ijtimoiy fanlar sohasida O`zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan tarix va arxeologiya, etnografiya, til va adabiyot bo`yicha nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qiluvchi ixtisoslashgan Kengashlarning tashkil etilayotganligi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Respublika olimlari keyingi yillarda chet el mutaxassislari bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Respublika Fanlar Akademiyasining Qoraqalpoq bo`limi «Bioekologiya» instituti xodimiari Germaniya olimlari bilan birgalikda 1993-yildan beri Orolbo`yi ekologiyasi muammolari bo`yicha tadqiqotlar olib borishmoqda.
1995-yilda Mo`ynoqda Germaniya Federativ Respublikasi yordamida «Bioekologiya» institutining xalqaro ekologiya stansiyasi ochildi.
«Tarix, arxeologiya va etnografiya» instituti Avstraliyaning Sidney universiteti olimlari hamda fransuz arxeologlari bilan birgalikda ish olib bormoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |