1.3.
Marketing nazariyasi konsepsiyasi va uning evolyutsiyasi
Konsepsiya-lotincha “conception”-so‘zidan olingan bo‘lib, tizim yoki
biror sohaga oid qarashlar, tamoyillar tizimi, dalil (fakt) va hodisalarni
tushunish, anglash va izohlashning muayyan usuli, asosiy nuqtayi nazar
ma’nosini anglatadi
5
. Keng ma’noda konsepsiya so‘zi u yoki bu faoliyatning
samarali amalga oshirilishi uchun zarur bo‘lgan qarashlar tizimi, deb
tushuniladi. Firma konsepsiyasi - firmaning asosiy faoliyat yo‘nalishi,
g‘oyalari, tadbirkorlik falsafasi, iste’molchi talabi asosida mahsulot ishlab
chiqarish istiqboli yo‘nalishidir. Konsepsiya komponentlari g‘oya, strategiya,
instrumentariy va maqsaddan iborat. Shu nuqtayi nazardan marketing
konsepsiyasi tashkilotning ilmiy asoslangan g‘oyasi, loyihasi hisoblanib
tadbirkorlikni amalga oshirishda korxonaning samarali strategiyasini ham
anglatadi.
Marketing konsepsiyasini o‘zlashtirish oson bo‘lmadi. Marketing
konsepsiyasini birinchilardan bo‘lib Procter & Gamble qabul qildi. Procter &
Gamble kompaniyasi 1837 - yilda ikki tadbirkorning birga- likda ish olib
borish to‘g‘risidagi kelishuv asosida tashkil etilgan edi. Kompaniya asoschilari
Uilyam Procter kompaniyaga asos solinganga qadar shamlar ishlab chiqargan
bo‘lsa, Djeyms Gambl esa sovun ishlab chiqargan. Kompaniya o‘zining 1-
million dollarlarini 1859-yilda ishlab topdi. AQShdagi fuqarolar urushi
davrida kompaniya shimolliklar armiyasiga sovun va sham yetkazib berish
uchun katta davlat buyurtmasini qo‘lga kiritdi. Procter & Gamble kompaniyasi
taniqli savdo markalari va brendlarini sotib olish evaziga muttasil kengayib
bordi. 2003-yilda Germaniyaninig soch bo‘yoqlari ishlab chiqaruvchi mashhur
WELLA kompaniyasi sotib olindi. 2005-yilda Gilette kompaniyasini sotib
oldi. Raqobatda Unileverni yutib, o‘zining sohasi bo‘yicha yirik kompaniyaga
aylandi. Raqobat juda katta edi, yutib chiqishning yagona bir yo‘li mijozni
qanoatlantirish edi. Marketing konsepsiyasini tatbiq qilgan menejer uchun
mijozni qanoatlantirish - bu foyda olish yo‘lidir, yani shior «Mijoz nuqtayi
nazari bilan ishla».
Keyinchalik, turli sanoat sohalari – metall, ko‘mir, qog‘oz, shisha –
kompaniyalari ham marketing konsepsiyasini qabul qila boshladi.
Xizmat ko‘rsatish sohalari juda sekinlik bilan marketing konsepsiyasini qabul
qildi.
Marketing konsepsiyasini o‘zlashtirish oson bo‘lmadi. «Banklar bank
xodimlari uchun qulay bo‘lgan bir necha soat ochiq, mijozlar uchun qulay
paytda yopiq bo‘ladi. Tushlik paytida va soat 16 dan keyin yopiq bo‘ladi.
Mijozni qanoatlantirishga ketadigan xarajatlar va xarajat talab qilmaydigan
harakatlar talab qilinadi.
5
“O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. Toshkent 2003- y.23-bet.
18
Marketing konsepsiyasi korxonaning amaldagi yoki rejalashtirila-
yotgan faoliyatining strategik tahlili asosida ishlab chiqilishi kerak. Uni
ishlab chiqish quyidagi bosqichlardan iborat:
Ichki va tashqi muhitning strategik tahlili.
Korxona va marketing faoliyatining maqsadlarini aniqlash.
Marketing strategiyasiniasoslash.
Kutilgan natijaga erishish uchun tegishli marketing usullarini
tanlash.
Marketing
va tadbirkorlik
borasida
jahon amaliyoti
marketingevolyutsiyasida quyidagi konsepsiyalarni
asoslab ko‘rsatdi:
1.
Ishlab chiqarish.
2.
Tovar.
3.
Sotuv.
4.
An’anaviy.
5.
Ijtimoiy – etik.
6.
O‘zaro ta’sir marketingi.
Bugun boshqaruvda marketing faoliyati bilan shug‘ullana borib, bir
qancha konseptual yondashuvlarni qo‘llash mumkin: ishlab chiqarishni va
tovarni
mukammallashtirish,
tijorat
kuchlarini
jadallashtirish,
iste’molchilarga yo‘naltirilgan marketing yondashuvi, ijtimoiy-etik mar-
keting.
Marketing konsepsiyalarining rivojlanishi bozorning rivojlanish
bosqichlariga mos keladi.
Tavsiya qilingan konsepsiyalar barcha davlatlar uchun etalon yoki
norma bo‘lib xizmat qiladi, degan fikr noto‘g‘ri. Marketing evolyutsiya- si
har bir mamlakatdagi bozor munosabatlarining rivojlanish bosqichiga,
tadbirkorlik faoliyatining tashkil etilganligiga qarab turlicha bo‘lishi va
konsepsiyalar ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin.
Marketingning korxona ishlab chiqarish, savdoga oid faoliyatini boshqarish
tizimi sifatida rivojlanish tarixi bozorning rivojlanishi bilan mustahkam
bog‘liq.
19
Do'stlaringiz bilan baham: |