Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslan- gan


Marketing konsepsiyasi evolyutsiyasi



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/230
Sana28.06.2022
Hajmi2,95 Mb.
#714106
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   230
Bog'liq
marketing UMK

Marketing konsepsiyasi evolyutsiyasi 
1.3- 
jadval 
 
Yillar 
Konsepsiya 
Yetakchi g‘oya 
Asosiy 
xatt- 
harakat 
Bosh maqsad 
1860- 
1920- yil 
Ishlab 
chiqarish 
konsepsiya 
si 
Nimani ishlab 
chiqara olsam, 
shuniishlab 
chiqaraman 
Tannarx, 
ish 
unumdorlig 

Ishlab chiqarishni 
takomillashtirish, 
sotuv hajmining 
o‘sishi, foydani 
maksimallashtirish 
1920- 
1930- yil 
Tovar 
konsepsiya 
si 
Sifatli 
mahsulotlar-ning 
ishlab chiqarilishi 
Tovar 
sistemas 

Tovarning 
iste’mol 
xususiyatlarini 
takomillashtirish 
1930- 
1950 - yil 
Sotuv 
konsepsiya 
si 
Sotuv 
tarmoqlarini 
rivojlantirish, 
sotuvkanallarini 
ko‘paytirish 
Sotuv 
sistemas 

Tijorat ishlarini 
intensivlash, 
sotuvni 
rag‘batlantirish, 
harakatini 
jadallash 
1950- 
1980- yil 
An’anaviy 
marketing 
konsepsiya 
si 
Xaridorga 
keraknarsani 
ishlab 
chiqarish 
Marketing – 
miks 
kompleksi, 
iste’molchi 
nio‘rganish 
Maqsadli 
bozorlardaiste’mol 
ehtiyojlarini 
qondirish 
1980- 
1995- yil 
Ijtimoiy 
etik 
marketing 
konsepsiya 
si 
Jamiyat 
talablariga zid 
kelmagan 
iste’molchiga 
kerakva zarar 
yetkazmaydigan 
mahsulotni ishlab 
chiqarish 
Marketing 
– miks 
kompleksi, 
ijtimoiy va 
ekologiya 
muhitini 
himoya 
qilgan 
holdatovar 
va 
xizmatlar 
ishlab 
chiqarish 
Maqsadli bozor 
segmentlarini 
inson ehtiyojlarini, 
moddiy energetik 
vaboshqa 
resurslarni, atrof- 
muhitni himoya 
qilgan holda 
qondirish 


20 
1995 
yil-dan 
Toki 
hozirg 
aqadar 
O‘zaro – 
ta’sir 
marketingi 
konsepsiya 
si 
Iste’molchilarni 
va biznes 
hamkorlarni 
qoniqtiradigan 
mahsulot va 
xizmatturlarini 
ishlab chiqarish 
Muvofiqlash 
-tirish 
integratsiya, 
tarmoqli 
tahlil, 
marketing– 
miks (4P) 
kompleksi 
Iste’molchilarning 
talablarini 
qondirish, 
hamkorlar va 
davlat 
manfaatlarini 
tijorat va notijorat 
jarayonlarida 
o‘zaro ta’sirini 
muvofiqlashtirish 
Bozordagi talab va taklif orasidagi nisbatning o‘zgarishi bozor 
munosabatlari uchun xarakterli bo‘lib, firmalarning tovar ishlab chiqarishdan 
sotish, so‘ngra esa xaridorga va jamiyatga yetkazishgacha bo‘lgan 
faoliyatning boshqaruvida urg‘u berilishining aralashib ket- ganligi bilan 
kuzatilar edi. XX asr davomida marketingning boshqa boshqaruv 
konsepsiyalari paydo bo‘ldi. 
Marketing konsepsiyasi – bu bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab 
chiqarish va sotish faoliyatini boshqarish haqidagi ilmiy asoslangan 
tasavvurlar tizimidir. 
1.
 
Ishlab chiqarishni mukammallashtirish konsepsiyasi
. Bozor 
rivojlanishining boshlang‘ich bosqichida (AQSh va G‘arbiy Yevropa 
mamlakatlari uchun o‘tgan asrning 20 – 40 –yillari) tovarga bo‘lgan 
talab taklifdan ortadi, tovar tanqisligi yuz beradi, xaridorlar tovar qidirib, 
o‘zaro raqobatlashadilar, ishlab chiqaruvchi – sotuvchilar mustahkam 
pozitsiyani 
egallaydilar 
(sotuvchilar 
bozori). 
Bunday 
sharoitlarda 
tadbikorlarning kuchi ishlab chiqarishni rivojlantirishga (ratsionalizat- 
siyasiga), juda bo‘lmaganda, bunday bozor munosabatlarida uncha qiyin 
bo‘lmagan savdoga yo‘naltiriladi, potensial iste’molchilarni jalb etishesa 
hozircha ularning e’tiboridan chetda qoladi. Shuning uchun bu davr 
manketingning passiv davri, deb ataladi. Bu yerda gap ishlab chiqarish yoki 
tovarga yo‘nalganlik haqida ketmoqda. 
Ishlab chiqarishni mukammallashtirish konsepsiyasi bilan mos holda 
xaridorlar keng tarqalgan va narxlari uncha qimmat bo‘lmagan tovarlarga 
intiladilar, deb hisoblanadi, binobarin, boshqaruvga doir o‘z kuchlarini 
ishlab chiqarishni mukammallashtirishga qaratishlari zarur. Bu konsepsiya 
ikki vaziyatga to‘g‘ri keladi. Birinchisida tovarga bo‘lgantalab taklifdan ortib 
ketadi. Bunday hollarda rahbariyat ishlab chiqarishni oshirish yo‘llarini 
izlashi kerak bo‘ladi. Ikkinchisi – tovar tannarxi o‘ta yuqori va uni 
pasaytirish zarur, buning uchun esa mahsuldorlikni oshirishga to‘g‘ri keladi. 
Ishlab 
chiqarishni 
mukammallashtirish 
konsepsiyasi 
mavjud 
assortimentdagi ishlab chiqarish hajmini oshirishga yo‘naltirilgan. Bu 
dastlabki konsepsiya hozirgi kunda ham qo‘llaniladi. Firmaning asosiy 
e’tibori mahsulot hajmini ko‘paytirishga qaratilgan bo‘lib, bozor tor 
assortimentdagi tovarlarga to‘yinadi. Bunday sharoitda iste’molchi o‘z 


21 
talabini bozor taklifiga qarab shakllantiradi. Bu konsepsiya asosan quyidagi 
hollarda qo‘llaniladi: 

Real va potensial iste’molchilarning ko‘pchiligi cheklangan sotib 
olish qobiliyatiga ega bo‘lsa. 

Ma’lum tovarga talab taklifdan yuqori bo‘lsa, bunday holda 
o‘rinbosar tovar bo‘lmagani uchun xaridor bor tovarni sotib olishgamajbur. 

Agarda mahsulot tannarxi yuqori bo‘lsa, ko‘p hajmda ishlab 
chiqarish tannarxni birmuncha kamayishiga olib keladi, korxona ma’lum bir 
tovari bilan bozorda o‘z ulushini egallaydi. 
Bu konsepsiyaning asosiy maqsadi ishlab chiqarish bo‘lib, aynanshu 
tovarga talab yuqori, taklif esa kam bo‘lgan vaqtda uni sotish muammo emas. 
Rejali iqtisodiyot davrida ko‘proq shu konsepsiya ishlatilgan, lekin juda 
katta seriyalarda tor assortimentda mahsulotlar iste’molchilarning bunday 
tovarlarga nisbatan talabini pasayishiga va tovarlarning peshtaxtalarda turib 
qolishiga sabab bo‘ldi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, bu konsepsiya o‘z 
vaqtida Genri Fordning avtomobil zavodida juda katta daromad keltirdi. U 
katta hajmda ommaviy avto- mobillar seriyasini ishlab chiqarib avtomobil 
sanoatini rivojlantirdi. Uning qora rangdagi o‘rta hol amerikalikning 
hamyoniga to‘g‘ri keladigan avtomobillarini 1908 – 1927-yillarda T-modeli 
nomi ostida chiqarib shu yillarda 15 mln.dan ortiq avtomobil sotilishiga 
erishdi. Katta partiyalarda shu modeldagi avtomobillarni chiqarib ommaviy 
iste’molchilarni shakllantirdi. Qora rang o‘sha vaqtda eng arzon va tez 
quruvchi bo‘yoq bo‘lgani uchun G.Ford shu rangdan foydalanib, mahsulot 
tannarxini pasayishiga erishgan va katta daromad ko‘rgan. O‘z mahsulotlarini 
har xil qilish haqidagi takliflarga G.Ford hazil qilib, mijozlarga xohlagan 
rangdagi avtomobilni berish mumkin, faqat bitta shart bilan: u qora bo‘ladi, 
degan gapi uchun sal bo‘lmasa “tuzoqqa” tushay dedi, chunki raqobatchilari 
yangi boshqaruv konsepsiyasini o‘zlashtirib, avtomobillarning turli modelini 
taklif qila boshladilar. Keyinchalik ishlab chiqarishni takomillashtirish 
konsepsiyasi qo‘llanilib, unda tovarlarning yangi modellari, texnologiyalari, 
assortimentlariyaratilishiga katta e’tibor qaratildi. 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish