57
AXBOROT
(ingl. news) —
taqdim etilishi shaklidan qat’iy nazar shaxs
ma’lum xos matnda aniq ma’noga ega bo‘lgan voqea, hodisa,
jarayonlar,
dalil, bilim, tushunchalar va taqdimot kabi obyektlar haqidagima’lumotlardir.
Shunday ekan, axborotdan foydalanish ko‘lamlari jamiyat rivojlanishi
darajasini belgilaydi. Marketing faoliyatiga xos bo‘lgan barcha axborotlar,
ma’lumotlar tadqiqotlar uchun muhim qurol sifatida shakllanadi. Ularni
tashkil etish, muayyan tartibga solish va uzluksizligini ta’minlash
zarur
bo‘ladi. Marketing axboroti yaxlit tizim sifatida namoyon bo‘ladi va
rivojlanib boradi.
Marketingni boshqarish bozorni barcha tashkil etuvchilarni(qismlarini)
(xaridorlar, ularning talabi, tovarlar, narxlar, raqobatchilar) tahlil qilishdan va
baholashdan boshlanadi. Maqsad – olingan axborot asosida firmaning
bozorda o‘zini qanday tutishi kerakligini ishlab chiqish. Axborotning
bozordan ishlab chiqaruvchilar tomon harakatlanishi marketing tadqiqotlari
jarayonining mazmunini tashkil qiladi. Keyinchalik
ishlab chiqaruvchilar va
bozorlar o‘rtasidagi axborot almashinuvi marketing kommunikatsiyalarining
turlicha – reklama, shaxsiy sotuv, «Public Relationss» kabi shakllarida
davom etadi.
Tijorat dunyosi – murakkab hodisa. Tadbirkor qanchalik boy tajribaga
qanchalik beqiyos intuitsiyaga ega bo‘lmasin
har qanday holatda ham unga
dinamik tarzda rivojlanib borayotgan tovar va xizmatlar bozori to‘g‘risida
to‘liq va obyektiv axborot zarur bo‘ladi.Kim marketing axborotiga egalik
qilsa, o‘sha bozorda muvaffaqiyatga erishadi.
Uzoq vaqt va katta mablag‘ talab qiladigan menejerlar tomonidan yangi
tovar ishlab chiqarish, uni bozorga olib chiqish,
raqobatbar- doshligini
kuzatish va nihoyat, ishlab chiqarishni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilish
jarayoni odatda, ishonchli va o‘z vaqtida taqdim etilgan marketing axborotiga
asoslanadi. Zamonaviy marketingaxborotga tayanadi.
Marketing faoliyati ikki oqim bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, birinchi
oqim-firma faoliyati natijalari to‘g‘risida axborot, ikkinchisi bozor va atrof-
muhit to‘g‘risidagi axborot oqimidir. Marketing faoliyati ana shu ikki oqimga
ta’sir ko‘rsatib, iste’molchilar talabini maksimal darajada qondirish va
firmalar foydasini ta’minlashga qaratilgan.
Bozor holati va dinamikasi to‘g‘risidagi
tezkor axborotga bozor
subyektlarining 85 foizi, bozorda yuzaga kelayotgan holatlar (raqobatchi
kompaniyalar xatti-harakati, iste’molchilar talablarining o‘zgarishi, bo‘lajak
xaridorlarning yangi tovarlarga bo‘lgan munosabati) to‘g‘risida esa 70 foizi
ehtiyoj sezadilar. Tijoratchilarning 85 foizi fikriga ko‘ra marketing
axborotlarini har hafta va o‘n kunda olish davriyligi eng maqbul hisoblanadi.
Rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida
marketing axboroti
faoliyati bilan hududiy axborot-marketing markazlari, ekspertlar guruhlari,
marketing bo‘limlari mutaxassislari shug‘ullanadilar.