51
2.1-rasm.
Marketing – menejmentning strategiya va taktikasi
Marketingni tashkil qilish tuzilmasi va shakllari korxona tushib qolgan
vaziyatning turli xil omillari va sharoitlariga bog‘liq.
Bunday omillarga
quyidagilar kiradi:
1.
Korxona maqsadlari, ya’ni texnik-iqtisodiy nuqtayi nazardan tashkil
qilish vazifalarning bajarilishini ta’minlashi, korxonani bosh- qarishning
yengillashtirilishi muvofiqlashtirish muammolarini kamay- tirishi. Shu bilan
birga tashkil qilishning uyushqoqligini, xodimlarni o‘z ijodiy salohiyatlarini
amalga oshirishlariga qiziqishlarini ta’minlashi kerak.
2.
Ichki va tashqi muhit sharoitlari. Tashqi
sharoitlarga quyidagilar
kiradi: raqobat, sotishning tashqi kanallari, bozorlar soni va sig‘imi, xarid
qobiliyati, huquqiy me’yorlar, siyosiy va ijtimoiy munosabatlar.
Ichki sharoitlarga quyidagilar kiradi: korxonaning kattaligi va uning
yoshi; mahsulotlarning soni va turli —
tumanligi; xodimlarning mala- kasi,
moliyaviy salohiyati, mavjud sotish kanallari.
Marketingning tashkil etilishi quyidagi shakllarda bo‘lishi mumkin:
-
marketing xizmatining maxsus vazifalari — bozorni o‘rganish, tovar
harakati, baho, talabning shakllanishi, sotishni rag‘batlantirish va
boshqalarning bajarilishini uyushtirish shaklida;
-
marketing vazifalarini korxona (firma) tovarlari
yoki ular guruhlari
bo‘yicha bajarish tarzida;
-
marketing vazifalarini bozorlar (ichki, regional, tashqi) bo‘yicha ijro
etish shaklida.
Marketing bo‘yicha qaror qabul qilish jarayoni ikki bosqichdan iborat.
1-
qarorning tayyorlanishi (marketolog).
-Bozorni o‘rganish
-Marketing –miks operativ
tadbirlarni rivojlantirish
-Marketing faoliyatini tashkil qilish
-Bozordagi harakat taktikasi
-Motivatsiya taktikasi
-Nazorat
-Audit
Firmani boshqarishning marketing siyosati
Marketing sohasida taktik
qarorlarni boshqarish
52
2-
qarorning qabul qilinishi (menejer, tadbirkor).
Marketing bo‘yicha qaror qabul qilish uzoq davom etadigan va
murakkab jarayondir. Qarorlarda qo‘yiladigan
masalalar tizimli tahlil, qaror
qabul qilish nazariyasi, ehtimollar nazariyasi, operatsiyalar
tadqiqoti kabi
usullar bilan yechiladi. Yechimlar tahlil qilinib eng maq- bul yechim varianti
qabul qilinadi.
Qaror qabul qilish nazariyasining ikki yo‘nalishi mavjud:
ratsional qaror qabul qilish nazariyasi;
qaror qabul qilishning psixologik nazariyasi.
Qaror qabul qilish texnologiyasi quyidagi savollarga javob berishnitalab
etadi:
nima qilish kerak ( obyekt soni va sifati)?
resurslarning sarf -xarajati qancha?
qaysi texnologiya bo‘yicha qanday bajarish kerak?
kim bajarishi kerak?
qaysi muddatda bajarish kerak?
kim uchun qilish kerak (Iste’molchi) ?
qayerda bajarish kerak?
qaror qanday samara beradi (iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik,texnik).
Marketing qarorini ishlab chiqish jarayonida quyidagi tamoyillarni
nazarda tutish zarur: proporsionallik, uzluksizlik,
parallellik, to‘g‘rilik,
egiluvchanlik. Marketing qarori sifatiga bevosita ta’sir etuvchi omillarga
modellashtirish, avtomatlashtirish va kompyuterlashtirish, motivlash- tirish
va rag‘batlantirish kiradi. Qaror
qabul qilishda intuitsiyaga, fikr –
mulohazaga, ratsionallikka asoslanish mumkin. Marketing qarorlarining sifati
va samaradorligiga erishish uchun quyidagi shartlarga rioya qilish kerak:
qaror qabul qilish nazariyasini qo‘llab ilmiy yondashish;
iqtisodiy qonunlarning marketing qaroriga ta’sirini o‘rganish;
qaror qabul qiluvchini sifatli axborot bilan ta’minlash;
funksional
miqdoriy
tahlil,
iqtisodiy
asoslash
va
istiqbolnibelgilash usullarini qo‘llash;
sintez va tahlil, maqsadga yo‘naltirish, tarkiblashtirish usullarini
qo‘llash;
qarorlar variantini solishtirish shartlarini ta’minlash;
qabul qilingan qarorni huquqiy muhofazalash;
qarorlarning ko‘p variantli yechimlarini topish;
yangi informatsion texnologiyalardan foydalanish;
qarorlar
natijalariga
javobgarlikni
kuchaytirish
va
rag‘bat-lantirishni yo‘lga qo‘yish.
53
Alternativ yechimlar mavjud bo‘lgan hollarda ularni solishtirish va eng
maqbul yechimni qabul qilish kerak. Alternativ marketing qarorlari- ni
solishtirishda quyidagi omillarga e’tibor berish lozim:
Vaqt.
Obyekt sifati.
Ishlab chiqarish va sotish hajmi.
Mahsulotning o‘zlashtirilganlik darajasi.
Qaror qabul qilish uchun ma’lumot va axborotlar olish usuli.
Qarorni qo‘llash shart — sharoitlariga.
Inflatsiya darajasiga.
Tavakkalchilik va noaniqlik.
Marketing
qarorlarining
alternative
variantlarini
solishtirishdaquyidagi qoidalarga albatta e’tibor berish
kerak:
Alternativ variantlar 3 ta dan kam bo‘lmasligi kerak.Yechimning
bazaviy varianti sifatida vaqt bo‘yicha eng kech qabul qilingan
yechim varianti qabul qilinishi kerak. Qolgan yechim variantlari
koeffitsiyentlar yordamida
bazaviyga yaqinlashtiriladi, ya’ni
korrektirovka qilinadi.
Alternativ yechimlar marketing qarorlari samaradorligini ta’minlashi
zarur.
Qaror qabul qilish jarayonining yuqori samaradorliligini ta’minlash
uchun keng axborot ma’lumotlaridan foydalanish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: