Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslan- gan


Marketing qarorlarini amalga oshirish, baholash va nazorat qilish



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/230
Sana28.06.2022
Hajmi2,95 Mb.
#714106
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   230
Bog'liq
marketing UMK

Marketing qarorlarini amalga oshirish, baholash va nazorat qilish. 
Kompaniyani tashkil etish. 
-
Marketingni tashkil etish. 
-
Marketing qarorlarini samarasini baholash. 
-
Marketing faoliyati nazorati va auditi. 
Firma marketing menejmenti uzoq va qisqa muddatga mo‘ljallangan 
boshqaruv qarorlarini shakllantirib, firmaning barcha bo‘limlarida marketing 
dasturlarini amalga oshirilishini nazorat qiladi va samarasini baholaydi. 
Marketing menejment tizimida boshqaruv ta’siri turli yo‘nalishlarda aks 
etadi. Boshqaruv obyektiga, boshqaruv jarayoniga va funksiyalarga ta’sir 
etishi mumkin. Boshqaruv jarayoniga va firma bo‘limlari funksiyalariga 
ta’sir ham o‘ziga xos xarakterga ega. Firmani boshqarishning marketing 
siyosati o‘z strategiyasiga ega bo‘lishi kerak. 


51 
2.1-rasm. 
Marketing – menejmentning strategiya va taktikasi 
Marketingni tashkil qilish tuzilmasi va shakllari korxona tushib qolgan 
vaziyatning turli xil omillari va sharoitlariga bog‘liq. Bunday omillarga 
quyidagilar kiradi: 
1.
Korxona maqsadlari, ya’ni texnik-iqtisodiy nuqtayi nazardan tashkil 
qilish vazifalarning bajarilishini ta’minlashi, korxonani bosh- qarishning 
yengillashtirilishi muvofiqlashtirish muammolarini kamay- tirishi. Shu bilan 
birga tashkil qilishning uyushqoqligini, xodimlarni o‘z ijodiy salohiyatlarini 
amalga oshirishlariga qiziqishlarini ta’minlashi kerak. 
2.
Ichki va tashqi muhit sharoitlari. Tashqi sharoitlarga quyidagilar 
kiradi: raqobat, sotishning tashqi kanallari, bozorlar soni va sig‘imi, xarid 
qobiliyati, huquqiy me’yorlar, siyosiy va ijtimoiy munosabatlar. 
Ichki sharoitlarga quyidagilar kiradi: korxonaning kattaligi va uning 
yoshi; mahsulotlarning soni va turli — tumanligi; xodimlarning mala- kasi, 
moliyaviy salohiyati, mavjud sotish kanallari. 
Marketingning tashkil etilishi quyidagi shakllarda bo‘lishi mumkin: 
-
marketing xizmatining maxsus vazifalari — bozorni o‘rganish, tovar 
harakati, baho, talabning shakllanishi, sotishni rag‘batlantirish va 
boshqalarning bajarilishini uyushtirish shaklida; 
-
marketing vazifalarini korxona (firma) tovarlari yoki ular guruhlari 
bo‘yicha bajarish tarzida; 
-
marketing vazifalarini bozorlar (ichki, regional, tashqi) bo‘yicha ijro 
etish shaklida. 
Marketing bo‘yicha qaror qabul qilish jarayoni ikki bosqichdan iborat. 
1-
qarorning tayyorlanishi (marketolog). 
-Bozorni o‘rganish 
-Marketing –miks operativ 
tadbirlarni rivojlantirish 
-Marketing faoliyatini tashkil qilish 
-Bozordagi harakat taktikasi 
-Motivatsiya taktikasi 
-Nazorat 
-Audit 
Firmani boshqarishning marketing siyosati 
Marketing sohasida taktik 
qarorlarni boshqarish 


52 
2-
qarorning qabul qilinishi (menejer, tadbirkor). 
Marketing bo‘yicha qaror qabul qilish uzoq davom etadigan va 
murakkab jarayondir. Qarorlarda qo‘yiladigan masalalar tizimli tahlil, qaror 
qabul qilish nazariyasi, ehtimollar nazariyasi, operatsiyalar tadqiqoti kabi 
usullar bilan yechiladi. Yechimlar tahlil qilinib eng maq- bul yechim varianti 
qabul qilinadi. 
Qaror qabul qilish nazariyasining ikki yo‘nalishi mavjud: 

ratsional qaror qabul qilish nazariyasi; 

qaror qabul qilishning psixologik nazariyasi. 
Qaror qabul qilish texnologiyasi quyidagi savollarga javob berishnitalab 
etadi: 

nima qilish kerak ( obyekt soni va sifati)? 

resurslarning sarf -xarajati qancha? 

qaysi texnologiya bo‘yicha qanday bajarish kerak? 

kim bajarishi kerak? 

qaysi muddatda bajarish kerak? 

kim uchun qilish kerak (Iste’molchi) ? 

qayerda bajarish kerak? 

qaror qanday samara beradi (iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik,texnik). 
Marketing qarorini ishlab chiqish jarayonida quyidagi tamoyillarni 
nazarda tutish zarur: proporsionallik, uzluksizlik, parallellik, to‘g‘rilik, 
egiluvchanlik. Marketing qarori sifatiga bevosita ta’sir etuvchi omillarga 
modellashtirish, avtomatlashtirish va kompyuterlashtirish, motivlash- tirish 
va rag‘batlantirish kiradi. Qaror qabul qilishda intuitsiyaga, fikr – 
mulohazaga, ratsionallikka asoslanish mumkin. Marketing qarorlarining sifati 
va samaradorligiga erishish uchun quyidagi shartlarga rioya qilish kerak: 

qaror qabul qilish nazariyasini qo‘llab ilmiy yondashish; 

iqtisodiy qonunlarning marketing qaroriga ta’sirini o‘rganish; 

qaror qabul qiluvchini sifatli axborot bilan ta’minlash; 

funksional 
miqdoriy 
tahlil, 
iqtisodiy 
asoslash 
va 
istiqbolnibelgilash usullarini qo‘llash; 

sintez va tahlil, maqsadga yo‘naltirish, tarkiblashtirish usullarini 
qo‘llash; 

qarorlar variantini solishtirish shartlarini ta’minlash; 

qabul qilingan qarorni huquqiy muhofazalash; 

qarorlarning ko‘p variantli yechimlarini topish; 

yangi informatsion texnologiyalardan foydalanish; 

qarorlar 
natijalariga 
javobgarlikni 
kuchaytirish 
va 
rag‘bat-lantirishni yo‘lga qo‘yish. 


53 
Alternativ yechimlar mavjud bo‘lgan hollarda ularni solishtirish va eng 
maqbul yechimni qabul qilish kerak. Alternativ marketing qarorlari- ni 
solishtirishda quyidagi omillarga e’tibor berish lozim: 

Vaqt. 

Obyekt sifati. 

Ishlab chiqarish va sotish hajmi. 

Mahsulotning o‘zlashtirilganlik darajasi. 

Qaror qabul qilish uchun ma’lumot va axborotlar olish usuli. 

Qarorni qo‘llash shart — sharoitlariga. 

Inflatsiya darajasiga. 

Tavakkalchilik va noaniqlik. 
Marketing 
qarorlarining 
alternative 
variantlarini 
solishtirishdaquyidagi qoidalarga albatta e’tibor berish 
kerak: 

Alternativ variantlar 3 ta dan kam bo‘lmasligi kerak.Yechimning 
bazaviy varianti sifatida vaqt bo‘yicha eng kech qabul qilingan 
yechim varianti qabul qilinishi kerak. Qolgan yechim variantlari 
koeffitsiyentlar yordamida bazaviyga yaqinlashtiriladi, ya’ni 
korrektirovka qilinadi. 

Alternativ yechimlar marketing qarorlari samaradorligini ta’minlashi 
zarur. 

Qaror qabul qilish jarayonining yuqori samaradorliligini ta’minlash 
uchun keng axborot ma’lumotlaridan foydalanish lozim. 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish