43
Yuqorida sanab o‘tilgan vazifalar bilan birga marketing axborotbazasini
shakllantirish, ulardan to‘g‘ri foydalanish va maqsadga erishish muhim
hisoblanadi.
Shunday qilib, marketingning bosh vazifasi
firmaning potensial
imkoniyatlarini miqdoriy jihatdan to‘g‘ri baholab bozordagi talabga taklifni
moslashtirishga harakat qilishdir. Bozor faoliyati strategiyasi va taktikasini
ishlab chiqish bo‘yicha marketingning uchta o‘zaro bog‘liq vazifalari mavjud
(1986-y. Meffert tomonidan tavsiya qilingan):
Bozor bilan bog‘liq bo‘lgan talabni tartibga solish vazifalari.
Firma va korxona faoliyatiga bog‘liq vazifa.
Tashqi muhit va ijtimoiy tashkilotlar bilan bog‘liq vazifalari.
Marketing vazifalari ma’lum ketma-ketlikda firmaning maqsadlari-
ga muvofiq ravishda shakllanadi.
2.3
-
jadval
Bozor maqsadlariga tegishli marketing vazifalari
TALAB
KONYUNKTURASI
MARKETINGNING
VAZIFALARI
To‘liq talab
Talabni bir me’yorda qondirish
Tushayotgan talab
Talabni shakllantirish
Yashirin talab
Talabni rivojlantirish
To‘xtayotgan talab
Talabni jonlantirish
Tebranuvchi talab
Talabni sinxronlashtirish
Haddan ortiq talab
Talabni tartibga solish
Marketingni boshqarish jarayonidagi asosiy tadbirlar: 1.
MT- marketing
tadqiqoti; 2. S-segmentlash, MST-maqsadli segmentni tanlash; 3.
TS-tovar
siyosati; 4. NS-narx siyosati; 5. SS-sotish(savdo) siyosati; 6. KS-
kommunikatsion siyosat; 7. Nazorat (N), ya’ni
teskari aloqa vositasida
natijalarni baholash; 8. Marketing strategiyasi va taktikasini qayta ko‘rib
chiqish va yaxshilash.
Marketing faoliyati natijasida turli qarorlar qabul qilishga to‘g‘ri keladi.
Alternativ yechimlar yoki qarorlar va ular yechimining ko‘pligi eng maqbul,
optimal, ya’ni samarali yechimni qabul qilishni talab etadi.
Marketing faoliyati jarayonida iste’molchi, ishlab chiqaruvchi,
ta’minotchi, buyurtmachi va shunga o‘xshash
marketingning muloqot
auditoriyasidagi obyektlar bilan o‘zaro ta’sir va aks ta’sirda bo‘lgani sababli
44
u yoki bu masala bo‘yicha qarorlar qabul qilish juda ko‘p tashqi omillarga
bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun marketingda qaror qabul qilish murakkab
boshqaruv qarorlarini qabul qilish bilan tengdir.
Marketing qarorlarini qabul qilishning murakkabligi
quyidagilar bilan
izohlanadi.
Tadbirkorlik sohasida qabul qilingan bir qarorning turli firmalar
uchun turli natijalar berishi.
Marketing tizimining ko‘p qirrali ekanligi uchun turli mezonlarni
qabul qilish va optimallashtirish juda murakkab.
Biror qaror qabul
qilish uchun turli rahbarlarni, mas’ul xodimlarni,
turli korxona va xizmat ko‘rsatish strukturalarini va boshqaruv organlarini
jalb etish zarur.
Qaror ishlab chiqish va uni qabul qilish qisqa vaqt ichida bajarilishi
zarur.
Qabul qilingan qarorlar natijalari albatta tez ko‘zga ko‘rinmaydi,
buning uchun ma’lum vaqt kerak bo‘ladi.
2.4
-
jadva
l
Do'stlaringiz bilan baham: