Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslan- gan



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/230
Sana28.06.2022
Hajmi2,95 Mb.
#714106
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   230
Bog'liq
marketing UMK

Korxonaning asosiy maqsadlari 
2.1 

jadval 
 
 
 
Maqsadlar 
iyeraxiyasi 
Maqsadlar ko‘rsatkichlari 
Bozorni egallash 
Bozor ulushi, tovar aylanmasi, uning ahamiyati va roli, 
yangi bozorlarni egallash (qamrash). 
Rentabellik 
Foyda, 
aylanmaning 
rentabelligi, 
o‘z kapitalining 
rentabelligi, umumiy kapital rentabelligi 
Moliyaviy 
barqarorlik 
Kredit qobiliyati, likvidlilik, o‘z-o‘zini moliyalash 
darajasi, kapital tarkibi 
Ijtimoiy maqsadlar 
O‘z ishidan qoniqish, daromad va ijtimoiy himoya 
darajasi, ijtimoiy integratsiya, shaxsning rivojlanishi 
Bozordagi mavqeyi 
Mustaqillik, imij, siyosiy muhitga munosabat, jamoa 
e’tirofi 
 
«Kompaniyaning ishi = mijozlarning kutishlariga» 
Umumlashtirishning ancha past darajasida firmaning ancha aniqroq 
miqdoriy va sifatga oid maqsadlari haqida gapirish mumkin. Sifatga oid 
maqsadlar orasida firma nufuzining o‘sishiga olib keladigan, uning ijtimoiy 
ta’sirini (vaznini ) kuchaytiradigan quyidagi maqsadlar muhim hisoblanadi: 
-
iqtisodiy maqsadlar va o‘z mamlakatida ham, import qilinadigan 


38 
mamlakatlarda ham ularga erishuvi; 
-
bandlikka, mehnat bozoriga ijobiy ta’sir etish; 
-
ta’lim, madaniy, sport va boshqa aksiyalarni qo‘llab-quvvatlash. 
Firmaning miqdoriy maqsadlari: 
-
foyda (daromad) hajmi; 
-
pul va natural ko‘rinishda ifodalanuvchi savdo hajmi; 
-
bitta ishlovchi hisobiga mehnat siyosati (MS); 
-bozor ulushining o‘zgarishi, firma tovarlari bilan bozorni egallashi. 
Marketingning asosiy deklaratsion maqsadi inson talablarining qon- dirilishini 
hisobga olib, «Marketing tizimining haqiqiy maqsadi nima?» 
degan savolga ehtimol tutilgan javobning to‘rt muqobil variantlarini ko‘zda 
tutish mumkin: 
-
maksimal darajada yuqori iste’molga erishish; 
-
maksimal darajadagi iste’mol qimmatliklarini ko‘rsatish (iste’mol- chi 
tovardan oladigan va unga sotib olishdagi xarajat orasidagi foydani 
taqqoslash); 
-
maksimal darajada keng tanlov imkonini yaratish; 
-
hayot tarzi sifatini maksimal darajada oshirish. 
Hayot tarzi sifati uchta tarkibiy qismdan tashkil topadi: 
1.
Tovarning miqdori, sifati, assortimenti (turi), qulayligi va qiymati. 
2.
Inson yashaydigan tabiiy muhitning sifati, insonning madaniymuhiti 
sifati unumdorligi. 
3.
Bozorning firma tovarlari bilan shug‘ullanuvchi ulushi o‘zgarishi. 
Bozorni soddalashtirish va miqdoriy maqsadlar ahamiyatiga qarab, tartibga 
solish uchun tijorat doiralarida «firma maqsadini tanlash – bubugungi 
foydaning yuqori ulushi bilan ertangi bozorning yuqori ulushi 
orasidagi tanlovdir». 
Marketingning funksional jihatdan ko‘p ma’noliligi uning tadbirkor- lik 
faoliyatidagi ahamiyati bu masalalarni hal qilishni yanada murakkab- 
lashtiradi. 
Marketingning funksiyasi ishlab chiqarish, kadrlar, moddiy-texnik 
ta’minlash va logistika, moliyaviy, buxgalteriya hisobi va boshqa funksiyalar 
bilan bir qatorda tadbirkorlik funksiyasi sifatida ham nomoyon bo‘ladi va 
o‘zida marketing faoliyati jarayonida amalga oshiriladigan alohida yoki 
kompleks turdagi ixtisoslashtirilgan turlarni aks ettiradi. 
Marketing funksiyasining boshqa firmalar funksiyalaridan farqi shundaki, 
uning funksiyasi firma va uning mijozlari, iste’molchilari orasida almashuv 
jarayonlarini tashkil etishga mo‘ljallangan. Shumunosabat bilan marketingning 
funksiyasi doimiy o‘zgarib turadigan talabga mos holda talabni yaratish, 
shakllantirish va rivojlantirishga mas’ul hisoblanadi. 
Marketing funksiyasining klassik tushunchasida mahsulotni sotish 
(o‘tkazish) va realizatsiya qilish jarayonlariga yordamlashish harakatlari ham 


39 
kiradi. 
Yuqorida keltirib o‘tilgan marketing konsepsiyalarini amalga oshirish 
uchun marketingning bir qancha funksiyalari bajarilishi kerak. 
Bu funksiyalar firmaning boshqa funksiyalari bilan bir qatorda bajarila- di. 
Marketing funksiyasi ko‘proq tadbirkorlik funksiyasi sifatida shakllanib, 
ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan vazifalarni bajarish uchun tadbirlar 
majmuasidan iborat. Marketingning funksiyalari mar- keting tizimidagi 
almashuv vositasida xaridorlarning talablariniqondirish bilan bog‘liq faoliyat 
(tadbirlar)larning ma’lum turlaridir. 
Marketingning analitik (informatsion) funksiyasi – uchta eng muhim 
yo‘nalish bo‘yicha keng ko‘lamli marketing tadqiqotlari o‘tkazish: 
1)
bozor konyunkturasini kompleks tadqiq etish va uni bashoratlash, 
iste’molchilarni o‘rganish va segmentatsiya o‘tkazish, tovarning iste’mol 
xossalarini tahlil qilish, raqobatchilar, ish bo‘yicha sheriklar pozitsiyalarini 
tahlil qilish; 
2)
firmaning ishlab chiqarish – savdo (o‘tkazish) imkoniyatlari tahlili – 
tovar assortimenti, ishlab chiqarish quvvati, moddiy-texnik ta’minlash tizimi, 
kompaniyaning ilmiy-texnik va kadrlar potensiali, uning moliyaviy 
imkoniyatlari, savdo va tovarning bozorda harakat-lanishi tizimlari tahlili; 
3)
olingan informatsiyalar asosida SWOT – tahlil o‘tkazish – 
korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlarini, imkoniyatlar va tahlillarini va 
marketing maqsadlari shakllanishini va ularga erishish strategiya- larini 
baholash. 
Marketingning analitik funksiyasi informatsiyalarni yig‘ish va ularga 
ishlov berishning keng va amalda harakatlanuvchi tizimi 
mavjud 
bo‘lgandagina realizatsiya qilinishi mumkin. Odatda bozorni doimiy kuzatish 
ba’zi-ba’zida o‘tkaziladigan maqsadga yo‘naltirilgan tadqiqot- lar (masalan, 
reklamalarning sotish hajmiga ta’sirini aniqlash) bilan qo‘shib olib boriladi. 
Ko‘pchilik firmalarda ushbu informatsion ishlarning katta qismi maxsus 
bo‘limlar tomonidan o‘tkaziladi yoki mustaqil tadqiqot institutlariga 
topshiriladi. 
Rejalashtirish funksiyasi kompaniyaning mos keluvchi bo‘limlari 
tomonidan tovar, narx, savdo, kommunikatsion va kadrlar siyosati rejalarini 
ishlab chiqishi va marketing dasturlarini tuzishini bildiradi. 
Marketingning ishlab chiqarish – savdo funksiyasi marketing faoliyatini 
amaliy jihatdan amalga oshirilishni ko‘zda tutadi: 
1)
tovarlar siyosati (mahsulotning ma’lum turini ishlab chiqarish, yangi 
tovarlar ishlab chiqarish, tovar sotilgandan keyingi xizmat ko‘rsatish, 
uskunalarni yangilash va b.); 


40 
2)
maqsadli siyosatlar (tovar birligi uchun narx darajasini va tovarning 
hayot sikli davriga ko‘ra bog‘liq ravishda narxlar dinamikasini belgilash, 
firma narxini bozorning har bir segmentidagi raqobatchilar narxiga nisbatini 
aniqlash va b.); 
3)
savdo siyosatlari (savdo vositalarini yaratish, bozorga chiqish 
vaqtini belgilash, tovarni harakatlanish tizimini belgilash va b.); 
4)
kommunikatsion siyosatlar (bozorda tovarning harakatlanishi 
bo‘yicha choralarni amalga oshirish: reklama kompaniyalarini o‘tkazish, 
vositachilar va iste’molchilarga mos keluvchi imtiyoz va chegirmalar berish 
(ko‘rsatish), mahsulot sotish bilan shug‘ullanuvchi o‘z xodimlari- ni 
rag‘batlantirish, ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etish va b.); 
5)
kadrlar siyosati (kadrlar tanlash (yig‘ish), xodimlarni tayyorlash va 
qayta tayyorlash, xodimlar motivatsiyasi bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish 
va b. 
Marketingning nazorat funksiyasi hamma marketing ishlari davo- mida 
amalga oshiriladi: mablag‘larni asossiz sarflanishidan qochish uchun 
marketing tadbirlarining ehtimoliy samaradorligini oldindan baholash 
maqsadida – navbatdagi marketing dasturining boshlang‘ich bosqichida, 
marketing dasturlarini realizatsiya qilish jarayonida – rejalashtirilgan 
marketing chora-tadbirlari va ularning kompleksliligingi amalga oshirish 
uchun joriy nazorat, bu maqsadga erishish uchun marketing strategiyasi va 
taktikasiga ma’lum asoslangan tuzatishlar kiritish imkonini beradi. 
Shunday qilib, marketing funksiyasining tahlili marketingni boshqa- 
rishning hamma jarayoni izchil amalga oshiriladigan bosqich ko‘rinishda 
tasavvur qilish imkonini beradi. 
Marketing funksiyalarini kim bajaradi


Ishlab chiqaruvchilar 

Iste’molchilar 

Marketing mutaxassislari 
Marketing funksiyalarining firma funksiyalaridan farqi shundaki, u 
asosan firma mahsulotini mijozlar bilan ayirboshlash vazifasiga yo‘nalti- 
rilgan. Keng ma’noda marketing funksiyasi firma mahsulotiga bozorda 
talabni shakllantirish va xaridorlarni ko‘proq o‘ziga jalb qilishdan iborat. 
Potensial talabni o‘rganish va yangi taklif bilan bozorga chiqish firmaning 
kundalik faoliyatining bir qismidir. Firmalarda marketing funksiyasi bilan 
marketing faoliyatining funksiyalari chambarchas bog‘liq. MARKETING 
funksiyasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi. 

Marketing tadqiqotlari

Rejalashtirish. 

Narxni shakllantirish. 

Tovarni taqsimlash. 

Tovarni harakatga keltirish


41 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish