Marketing-kontrolling
– nazoratning tarkibiy qismi bo‘lib, sotuv
kontrollingi hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi sotuv faoliyatidagi kuchsiz
elementlarni aniqlash, ularni takomillashtirishga yo‘naltirilgan.
Sotuv siyosati vazifalarining samarali bajarilishini, tarqatish kanallari
faoliyatini nazorat qilish, natijaviy ko‘rsatkichlarni tahlil etish sotuv
kanalining asosiy vazifasidir. Bu mexanizm yordamida marketing
kompleksidagi tovarlarni tarqatish iste’molchiga yetkazib berish siyosatining
bajarilishi ta’minlanadi.
Sotuv kontrolling (marketing kontrolling) ning asosiy maqsadi –
sotuvni tashkil etish va samarasini oshirishga qaratilgan.
Sotuv kontrolling (nazorati) turlari
: moliyaviy kontrolling, xarajatlar
kontrollingi, investitsion kontrolling, ishlab chiqaruvchi kontrollingi, tashqi
ma’lumotlar asosida kontrolling, ichki ma’lumotlar asosida kontrolling,
raqobatchilar-hamkorlar bilan qiyoslash, avtomat- lashtirilmagan kontrolling,
avtomatlashtirilgan (kompyuter dasturlari) kontrolling, logistik kontrolling va
hokazo.
Axborot bilan ta’minlash, kuzatish, nazorat va tartibga solish sotuv
kontrollingning asosiy faoliyatlari bo‘lib hisoblanadi. Sotuv ko‘rsat-
kichlarini rejalashtirish qaysi tovarlarga talabning o‘sib borayotganini
aniqlash, bozor sig‘imi, potensial talab kabi ko‘rsatkichlar tahliliga
asoslanadi. Axborot bazasining keng qamrovliligi sotuv jarayonini samarali
olib borilishning muhim omilidir. Axborotni tizimli tartibga solish, tahlil
qilish, potensial bozor va uning segmentlarini o‘rganish menejment
qarorlarini qabul qilishda juda muhim hisoblanadi. Nazorat funksiyasi
miqdoriy va segment jihatdan sotuv jarayonining tahlili va kuzatuvini olib
boradi.
Tartibga solish funksiyasi mijozlar bilan o‘zaro aloqalar strategiya- si,
narx siyosati, sotuvni rag‘batlantirish,
marketing chora-tadbirlarini
o‘tkazishga qaratilgan.
Sotuv kontrolling (nazorati) funksiyasining bajarilishi bosh vazifa- larni
hal etishga qaratilgan, bular:
-
xarajatlar va daromadlarni boshqarishga tizimli yondashish;
-
bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarni oldini olish, maqsad va
natijalarga erishish uchun strategik va taktik rejalarni tartibga solish;
-
integrallashgan tizim — firmaning barcha funksional bo‘limlarini
muvofiqlashgan va integrallashgan (birlashgan) holda faoliyatini ta’min-
laydi.
Sotuv kontrollingini o‘tkazish albatta, operativ axborot ma’lumot- lariga
tayanadi. Bu ma’lumotlar ham tashqi, ham ichki axborotdan ibo- rat. Axborot
287
manbalari ichki va tashqi faoliyat natijalari, barcha iqtisodiy-statistik
ma’lumotlardan tashkil topadi. Firmaning har bir bo‘limi faoliyatlari
ko‘rsatkichlari sotuv kontrollingining axborotlar manbayi hisoblanadi.
Axborot ta’minoti jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
-
axborotlarni to‘plash;
-
saqlash, xavfsizligini ta’minlash;
-
axborotlarni qayta ishlash;
-
sifatli ravishda axborotlarni tizimga joylash;
-
axborot bazasini shakllantirish.
Sotuv jarayoni kontrollingi firmaning transport konsepsiyasidan kelib
chiqqan bo‘lishi va strategik muhim vazifalarni hal etishga qaratilgan bo‘lishi
kerak.
tijorat faolligini oshirish, qachon va qaysi bosqichlarda zarur;
tovar va xizmatlarning sifati qanday bo‘lishi kerak;
mijozlar
bilan munosabatlar
qaysi strategiyalarga
asoslanishikerak;
qaysi yangi bozorlarda yangi iste’molchilar segmentini topishkerak;
firmaning raqobatchi firmalardan afzalligi;
doimiy mijozlar bilan aloqalarni mustahkamllash;
strategik konsepsiya qaysi doiraga mo‘ljallangan (barcha kor-xonalar
uchun yoki bir bo‘lim uchun).
strategik va operativ nazorat sotuv kontrollingning tarkibiy qismi
bo‘lib, u sotuvga tayyorgarlik, uni samarali o‘tkazish funksiyasini o‘z ichiga
oladi.
Sotuv kontrolling tizimining samaradorligi quyidagi prinsplarga
asoslanadi:
sotuv jarayonida tavakkchilikni minimallashtirish;
menejment jarayonida tub o‘zgarishlarsiz sotuvni qo‘llab-quvvat-
lash;
savdo jarayonida vujudga keladigan muammolar tufayli kadrlar
salohiyatiga qarab ularni o‘zgartirish, kerakli joyga qo‘yish, zaruriyat- dan
kelib chiqqan holda faoliyatga yo‘naltirish;
ishlab chiqaruvchi marketing, logistika menejmenti sohalariga kasbiy
talabni oshirish.
Sotuv kontrollingi korxona strategik faoliyati samarasini ta’minlab,
uning daromadining oshishiga, foyda, tovar aylanmasi, xarajatlarstrukturasini
boshqarishiga ta’sir ko‘rsatadi.
288
Savdoni
tashkil
qilish
nazorati
Reklamani
nazorati
Operativ kontrolling
savdo
Operativ
nazorat
sP
av
otdfoel
tahlili
kontrolling
Tijorat
faoliyati
Bozor
tarkibi
Xarajarlar
Tovar
aylanmasi
Rentabellik
foyda
11.3- rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |