Mustaqil o’zbekistonda tarix falsafasi reja



Download 46,9 Kb.
bet1/2
Sana01.06.2022
Hajmi46,9 Kb.
#628161
  1   2

MUSTAQIL O’ZBEKISTONDA TARIX FALSAFASI
REJA

  1. Prezident I.A.Karimovning asarlari.

  2. Barkamol insonni shakllantirishda tarixning tutgan o’rni. Tarix – xalq xotirasi.

  3. Tarixning milliy g’oya va milliy mafkuraning shakllanishida tutgan o’rni. Tarix va milliy taraqqiyot masalalari.

  4. Mustaqillik va tarixga yangicha nazar. Tarixni xolisona o’rganish masalalari. Milliy istiqlol va g’oyaviy-siyosiy dunyoqarash.

  5. Vatanparvarlik g’oyasi va tarix.

  6. Milliy o’zlikni anglashda tarixni tutgan o’rni.

  7. Tarixiy va falsafiy merosni o’rganish masalalari. Tarix va milliy tafakkurning shakllanishi.

Tarixni xolsona o’rganish masalasi. Prezident I. Karimov tarixga munosabatni tubdan o’zgartirish hayot taqozosi ekanligini dolzarb masala qilib ko’tardi. Yurtboshimiz o’tmishimizni qayta ko’rib chiqib, uni butunlay yangi nazar bilan g’alvirdan o’tkazishni kun tartibiga qo’ymoqda, buning quyidagi asoslari bor.


Birinchidan, bugungi O’zbekiston jahon xaritasida endigina paydo bo’lgan tasodifiy mamlakat emasligini uning ildizlarini nihoyatda chuqur va qadimiy ekanligini dunyoga ko’rsatish va farzandlarimiz ongiga singdirish.
Ikkinchidan, sobiq sho’ro siyosati va kommunistik mafkura taziyqi bilan soxtalashtirilgan tarixni o’z o’rniga qo’yish, tarix haqiqatini ilmiy haqiqat asosida qayta tiklash. Unga munosib baho berish lozim.
Uchinchidan shu asosda halqimiz, ayniqsa yosh, navqiron avlodimiz qalbida milliy g’urur, milliy iftixor, o’z ajdodlari bilan faxrlanish tuyg’ularini kuchaytirish. Buyuk o’tmishga munosib buyuk millat bo’lish ertangi kunga katta ishonch va istiqlol g’oyalariga etiqod bilan yashashni turmush tarziga aylatirish.
Hammamizga malumki, sho’ro hukumati davrida halqni ataylab savodsizlatirish o’z o’tmishidan ajratib qo’yish ajdodlari, naslu nasabi va butun tarixidan bexabar qilish siyosati darajasiga ko’tarilgan kommunistik mafkuraning butun mazmun mohiyatini tashkil etgan edi. Shuning uchun ham yozilayotgan ilmiy kitoblar nuqul voqealar bayonidan iborat bo’lib, malumotnoma tusini olgan edi. Ijtimoiy – siyosiy jarayonlarga bunday yuzaki munosabat va tarixiy sanalargina sinab o’tish kabi tarix fani metadologiyasi yaratildi. Bu metadologiyaning asosiy maqsadi odamlar ongini zaxarlash ularni fikrini chalg’itishdan iborat edi. Natijada millatlarni yo’q qilib tasdiqlash, fuqarolar qalbidagi milliy g’urur milliy iftixor tug’ularini so’ndirish ularni dunyoqarashini chegaralab qo’yish uchun harakat qilindi. O’ziga ham o’tmishiyu kelajagiga ham befarqlik loqaydlilik bilan qaraydigan aholi qatlami “tarbiya” lab etishtirildi. Ana shunday noqobil va g’ayriinsoniy siyosat barbod bo’lgach, endi o’z tariximizni qaytadan tiklash uni ilmiy, tarixiy va hayotiy haqiqat nuqtai nazaridan turib yangitdan yaratishni davlatning o’zi talab qilmoqda va bunga homiylik qilmoqda O’zbekiston Fanlar akademiyasi tarix insitutining O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tarqatib yuborilishi va uni qaytadan tashkil etish to’g’risidagi siyosiy qadriyatni manaviy va ijtimoiy ahamiyatini alohida takidlash joiz. Xukumat qarori va shaxsan prezident I. Karimov tashabbusi bilan Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshida “O’zbekistonning yangi tarixi” markazining ochilishi fikrimizning yorqin dalilidir.
Endi biz muarrixlar oldida ham tadqiqotchilik, ham fuqarolik burchi turganini, bir elkamizda tarixga xolislik, ilmiy haqiqat bilan qarash yuki, ikkinchi elkamizda esa Vatan va Millat oldidagi javobgarlik o’tmishimizni asrash, ajdodlar ruxini ezozlash va kelgusi avlod oldidagi qarzdorlik yuki borligini butun vujudimiz bilan anglamog’imiz kerak.
Zotan, Prezident I. Karimov xam tarix sohasida mehnat qilayotgan olim mutaxasislarga murojat qilmoqchiman: sizlar millatimizning haqqoniy tarixini yaratib bering, toki u halqimizga manaviy kuch – qudrat baxsh etsin, g’ururini uyg’otsin. Biz tariximizni yangi bosqichga, yangi yuksak marraga olib chiqmoqchi ekanmiz, bunda bizga yorug’ g’oya kerak. Bu g’oyaning zamirida halqimizning o’zligini anglash yotadi. Haqqoniy tarixni bilmasdan turib – esa o’zlikni anglash mumkin emas – degan edi.
Milliy o’zlikni anglashda tarixni tutgan o’rni.
O’zlikni anglash eng avallo o’tmishni, o’rganishdan, tarixni bilishga ehtiyoj sezishdan boshlanadi. Darhaqiqat, o’zini anglayotgan o’zini tushunayotgan xar bir odam qanday oilada dunyoga kelgani, o’z ajdodlari kimlar bo’lgani, ota – bobolari nimlar bilan shug’illanganligi va qanday umr kechirishganini bilib olishga intiladi. Ularning fazilatlari va meroslari bilan faxrlanib yashaydi.
Hayotda abadiy yashaydigan mavjudod yo’q jamiki mavjudodning ibtidosi va intihosi bor. Ana shu ibtido va itiho o’rtasidagi voqelik hayot tarixiga aylanadi. Aslini olganda hayotda faqat abadiyat va unga dahldor bo’lgan tafakkurgina boqiydir. Zamonlar, jarayonlar, xodisa va voqealarning biri o’tkinchi shuning uchun ham vaqt o’tkinchi, tarix esa abadiydir.
Voqealar, jarayonlar shaklan o’zgaraveradi, yani hodisalar yangi voqealar hayot mazmunini o’zgartiraveradi. Turmush tarzini va hatto aqidalarni ham yangilaydi.
Biroq, yaxlit abadiyatga aylangan hayot va insoniyat shajarasi tarix abadiyatini va uzluksizligini so’zsiz taminlaydi.
Prezident I. A.Karimov o’zining “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asarida shunday degan edi: “O’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Isbotlab bo’lmagan ushbu haqiqat davlat siyosati darajasiga ko’tarilishi zarur”. Ayni o’zlikni anglash insonning o’z o’tmishi va ajdodlariga qiziqishidan boshlanishini uqtirayapti.
Mustaqilikka erishganimizdan keyin halqimizning o’z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o’zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Bu tabiiy xol. Odamzod borki avlod – ajdodlarini kimligini, nasl – nasabini, o’zi tug’ilib voyaga etgan qishloq, shahar xullaski, Vatanning tarixini bilishni istaydi.
Hozir O’zbekiston deb ataluvchi hudud yani bizning Vatanimiz nafaqat Sharq balki, umumjahon tsivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo’lganini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozilu fuzalolar, olimu ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar etishib chiqqan. Diniy va dunyoviy bilimlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan, eramizgacha va undan keyin qurilgan murakkab suv inshoatlari shu kungacha ko’rku fayzini mahobatini yo’qotmagan asori atiqalarimiz qadim – qadimdan yurtimizda dehqonchilik, hunarmandchilik madaniyati, memorchilik va shaharsozlik sanati yuksak bo’lganidan dalolat beradi degan edi, Prezident I. A. Karimov.
Milliy o’zligini anglashda xozirgi kelajak avlod nimalar qilishi kerak degan savol turadi?
Birinchi navbatda dunyoga kelgan xar bir bolani ota – ona, keyin esa murabbiy o’qituvchi uning talimi jarayoni bilan birgalikda tarbiyasi bilan ham jiddiy shug’illanishi-miz lozim.o’zlikni anglash uchun yoshlikdan tarixdagi mashhur olimu fuzalolar, olimlarning, donishmandlarning qilgan ishlariyu o’gitlari orqali shakllantirib borishimiz lozim.
Masalan, Geradotning “Tarix” kitobida yozilganidek, uch ming yil avvalgi ajdodlarimizda qadrlanadigan xislatlarning eng asosiysi jasurlik ekan. Undan keyingi muhim xislat adolatlilik va moxirlik bo’lgan. Har bir ishni bajarganda, jumladan otda yurish ov qilish kabilarni yuqori maxorat bilan bajarish ajdodlarimiz uchun fazilat hisoblangan.1
Manaviy merosimiz hisoblangan epik rivoyatlarda, jumladan: “Avesto”, Firdavsiyning “Shohnoma” Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit – turk”, “Go’ro’g’li” va “Alpomish” dostonlari va boshqa asarlarda ajdodlarimizning vatanni sevish, or – nomus va do’stlariga sadoqat kabi sifatlar ularning asosiy ijtimoiy xislatlari xisoblangan.
Zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” da tarbiya hayotning eng muxim tirgakni tarbiyalaganda u avallo yaxshi o’qishni, yozishni o’rganishi kerak, deyilgan “Avestoda” inson o’z mehnati tufayli barcha yomonliklardan, yovuzliklardan qutilishi mumkin degan g’oyalar bor, unda ahloqiylikning asosi – yaxshi fikr, saxovatlilik yaqin kishiga mexribon bo’lish, muxtojlarga ko’maklashish yovuzlikka qarshi kurashish kishilarning tinchligi va baxt saodatini muxofaza qilish axillik va do’stlikda yashashga intilish yaxshi niyatlar va fikrlar tushunilgan. Mana shunday yuksak fazilatlar, xislatlar orqali hozirgi davrni kelajak avlodni o’tmishimizdagi buyuk daxolarning qilgan ishlari orqali ham ularga saboq berib ularni ana shunday ezgulikka, yaxshilikka, xuddi shularday shu tutishga chorlamog’imiz lozim.
Ana shundagina bizning manaviyatimiz boy bo’lishi bilan birgalikda o’tmishimizning naqadar chuqur ildiz otganligi va yuksak taxsinga sazovor ekanligini his qilgan holda qalbda jo qilishimiz darkor. Mana shular orqali ham aytishimiz mumkinki milliy o’zlikni anglashda tarixni tutgan o’rni beqiyosdir.
Tarix va milliy tafakkurning shakllanishi.
O’rta Osiyo xalqlarining ulug’ tarixiy o’tmishiga murojat qilishi o’z ajdodlarining olamshumil yutiqlaridan mamnunlik, shukuronalik tuyg’usini baxsh etadi. Fuqarolik hissini shakllantirish, o’z milliy birligiga mansubligidan qonuniy faxrlanish hissini uyg’otadi. Bizda, so’nggi 70 yil mobaynida ildiz otgan milliy qadriyatlar, ananalar, madaniyat va turmush tarzidan xalokatli o’z ishini bartaraf etishda buning ahamiyati beqiyos. Chunki o’z tarixiy ildizlarni o’z halqining tarixini tashkil etuvchi o’tmish avlodlar hayoti bilan uzilmas manaviy aloqalarni anglab etmay turib, o’z zamining chinakam fuqarosi va chinakam vatanparvari bo’lishi mumkin emas.
Ayni vaqtda tarixni idrok etish madaniyatini, tarixiy tafakkur madaniyatini shakllantirish zarur zero tarix nechog’li ahamiyatli bo’lmaslik, kezi kelganda xavfli hamdir. Pol Valeri takidlaganidek, tarix orzular tug’diradi, xalqlarni sarhush qiladi, sohta xotiralarni keltirib chiqaradi. Ularni eski yaralarini qo’zg’atadi, oromini buzadi, o’zini ulug’lashga olib keladi. Tarix har qanday istaklarni oqlaydi. U sirasini aytganda, hech kimga o’rgatmaydi.2
Boshqacha qilib aytganda, tarixni bilish faqat tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’libgina qolmay, balki undan milliy biqiqlik hislarini uyg’otishda, boshqa xalqlarga nisbatan adovatga olib kelishda tajovuzkorlik siyosati va maqsadlarini asoslashda ham foydalanish mumkin.
Tarixiy tafakkur shunday qilib, milliy mustaqillik hissiyotini halqlarimiz uchun fojeaviy oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan milliy biqiqlikka aylanib ketishiga yo’l qo’ymaydigan nozik qadni topishga ko’maklashmog’i kerak.
O’tgan shunday muddat ichida bizning mudroq ongimizni uyg’otib yubordi. Tushunchalarimizda o’zgarish yasadi. Endi mamlakatning hech bir fuqarosi ertangi kunni aniq ravshan ko’rib turibdi. O’zining ham mamlakatning ham kelajagi buyukligicha qatiy shaklannmoqda. Shuning uchun ham aniq maqsad va qatiy iroda bilan mustaqillik yo’lini tub islohotlar jarayonini to’la qo’llab quvvatlamoqda.
Milliy va umuminsoniy qadriyatlar.
Qadriyatlar to’g’risida G’arbda keng tarqalgan aksialogiya (aksio – qadriyat, logos – fan, talimot manosini anglatadi) fani rivojlangan mamlakatlarda inson qadri va haq – huquqlariga doir ko’pgina tamoyillar amaliyoti uchun nazariy asoslardan biri bo’lgan ilmiy sohalar qatoriga kiradi.
Qadriyat tushunchasi nihoyatda xilma – xila manoda, turli sohalarda qo’llaniladi. Qadriyatlarning kundalik hayotdagi manosi kishilar o’rtasidagi muloqotlarda ommaviy axborot vositalarning xabarlarida o’ziga xos tarzda namoyon bo’lmoqda. Kndalik hayotda ko’pchilik nazarida narsalar (masalan, qimmatbaho, buyumlar, taqinchoqlar, tabiat xodisalari, ijtimoiy voqealar jamiyatdagi talablar orzu – umidlar anana va marosimlar, madaniy boyliklar va boshqalar qadriyat sifatida tushuniladi. Bundan tashqari odamlar o’zlari ishonib gohida intilib, qiziqib, yoki orzu qilib yashaydigan maqsad orzu yoki ideallarga ham “qadriyat”tushunchasini qo’llaydilar.
Qadriyatlar tarixiy va zamonaviy bo’lishi mumkin. Lekin biror bir narsa va hodisa xoh, moddiy bo’lsin, xoh manaviy bo’lsin, qadriyatga aylanishi uchun muayyaan bir vaqt o’tishi muayyan bir tajriba ortirilishi va uning ahamiyatini ko’pchilik tomonidan tushunishi maqullanishi lozim. Narsa va xodisa qadriyatga aylanishi jarayonida u o’tish vaqt mobaynida u o’zini ahamiyatiga ega bo’lishi va ko’rsata olishi lozim.
Qadriyatlarning xilma – xil shakllari bor: moddiy va manaviy, umumbashariy, mantiqiy, umuminsoniy, jamiyat soxalari bo’yicha iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, ilmiy, hayotning ijtimoiy tuzilishiga mos keladigan, milliy, sinfiy, partiyaviy va boshqalar. Qadriyatlar dunyoni bilishning maqsadi, bilimlarimizning haqiqatga mos kelishi darajasining aniqlash mezoni yoki biror ideal tarzida ham namoyon bo’ladi.
O’zbekistonning mustaqillikka erishishi tufayli milliy qadriyatlarga etibor kuchaydi. Negaki milliy qadriyatlar mamlakatimiz mustaqilligini mustaxkamlaydigan manaviy asoslardan biridir. Xalqimizning asrlardan-asrlarga meros bo’lib kelayotgan milliy qadriyatlari uzoq tarixiy jarayonda shakllangan. Ularning o’tmishi uch ming yildan ortiq davrni o’zida mujassamlashtirgan. O’rta Osiyo tsivilizatsiyasini yaratdi. Bizning milliy qadriyatlarimiz ana shu tsivilizatsiyaga hos jihatlar: tug’ilgan makon va ona yurtga ehtirom, milliy urf odat va avlodlar, xotirasiga sadoqat kattalarga hurmat muomalada mulozamat, hayo, andisha kabilarning ustuvorligi bilan ham xarakterlanadi.
Milliy qadriyatlarimizda jahonning boshqa xalqlariga o’xshamaydigan urf-odatlar, rasm-rusmlar, marosimlar va ananalariga o’ziga xoslik bor3.
Istiqlol inson qadri, uning manfaat va ehtiyojlari bilan bog’liq masalalarni dolzarblashtirib yubordi. Inson qadri uning ijtimoiy xususiyatlari jamiyatda amalga oshirgan faoliyati boshqalarga va atrof muhitga munosabati, kamolotga etganligi, ijtimoy xususiyatlarni o’zlashtirib olganligi va ularni manaviy qiyofasida namoyon qila olganligida ham ko’rinadi. Inson bolasining shaxsga aylanishi o’z qadrini va o’zgalar qadrini anglash jarayoni uzoq yillar davom etadi.
Umuman uchinchi ming yillikda butun dunyoda qadrlash falsafasining umuminsoniy mezonlarini amaliyotda qo’llashga extiyoj kuchaydi. Tassufki, inson zoti sayyoramizda yashagan ilk davridan boshlab qadr va qadriyatni ustuvor bilganida, er yuzining zamonaviy manzarasi butunlay boshqacha tus olgan, kishilikni ekalogik bo’xronlar urush xavfi va manaviy tanazzul kabi umumbashariy muammolar kutib turmagan bo’larmidi?
Bugungi kunga kelib, insoniyat yana tabiat va odamzod naslini uyg’unligini saqlab qolish uchun qadr va qadriyat nihoyatda zarur ekanligini anglatadi. XX asrning oxirgi va XXI asrning boshlanishining birinchi besh yilliklari BMT tomonidan “Inson huquqlari o’n yilligi” deya elon qilinganligi kishilik jamiyati esa yangi ming yilikka umuminsoniy qadriyatlarni barqaror qilishga bel bog’lab o’tganligi bejiz emas.hozirgi O’zbekistonda inson manfaatlari va haq-huquqlarini ro’yobga chiqarish, qadrlashning umuminsoniy tamoyillarini ustuvor qilish bilan bog’liq faoliyatlar butun jahonda bu oradagi umumiy hamkorlikni mustahkamlash xarakatining tarkibiy qismiga aylanmoqda. Insonning butun umri shaxsiy qadriyatlarni takomillashtirish o’z qadrini kamolga etkazish, o’zgalar jamiyat, zamon va unda sodir bo’layotgan o’zgarishlar qadrini anglashga intilish jarayonidan iboratdir. O’z shaxsi va boshqalar qadrini aniqlab etish uchun insonning kamoloti davomida shakllangan manaviy qiyofasi ezgulikka xizmat qilishi yuksak ijtimoiy sifatlarga ega bo’lishi uning o’zi esa hayotning mohiyati va maqsadini to’g’ri anglaydigan darajada tarbiyalamog’i lozim. Qadriyatlar yoshlarga hayot mazmunini chuqurroq tushunish jamiyat qonun qoidalaridan to’g’ri foydalanish o’zlarining xatti-harakatlarni ana shu manaviy mezonlar talabiga moslashtirish imkonini beradi. Hozirgi davrda talaba va o’quvchilarga qadrlash va qadrlanish jarayonlarining moxiyatini anglatish, mustaqillik elon qilgan qadriyatlarning axamiyatini to’g’ri tushunishga erishish nihoyatda dolzarb masaladir. Yoshlar xususan talabalar va o’quvchilarni manaviy barkamol avlod vakillari sifatida tarbiyalash va shakllantirishda qadr va qadrlash tuyg’usi, qadriyatlar kategoriyasi, ularning mohiyati, mazmuni, namayon bo’lish shakllari to’g’risidagi bilimlarning majmuasi bo’lgan zamonaviy aksialogiya, yani qadriyatshunoslikning asoslarini o’rgatish nihoyatda muxim. Ana shu sababdan ham umuminsoniyatning qadrlash meyorlari borasida to’plangan yutiqlarni umumlashtirgan bilim sohalari imkoniyatidan foydalanish talim-tarbiya samaradorligining asosiy mezonlaridan biridir.


Download 46,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish