Topshiriq: O`quvchilar Hazrat Alisher Navoiy bobomizning “Xamsa” dostonidan namunalar ijro etadilar.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
21-mavzu: Buyuklarni yod etib ( Z.M. Bobur tavalludi
munosabati bilan)
Kun shiori: “14 fevral O`zbekiston Respublikasida unutilmas sana- Z.M.Bobur tavalludi kuni”
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, ajdodlarimiz merosini o`rganish farzandlik burchi ekanligini uqtirish, Bobur bobomizga va uning ijodiga bo`lgan hurmatini rivojlantirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Farg`onalik Zahiriddin Muhammad Bobur – Sharqdagi uyg`onish davrining eng atoqli siyosat va madaniy arboblaridan biridir”
S.P.Tolstov
O`qituvchi:
Bobur shoh yashagan o`sha ziddiyatli, beomon, besaranjom zamonda davlatni boshqarish uchun jasur sarkarda bo`lish juda muhim edi. Tabiat Bobur shohga ana shunday xislatni in’om etgan edi.
Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan “Bobur” (“Sher”) laqabini oladi.Bu nom unga bejiz berilmagan edi. U ajoyib suvori, suzuvchi, qilichboz, kamonboz edi. Uning vujudida sarkardalarga xos dovyuraklik, serg`ayratlik, epchillik mujassam edi. Epchillikda unga teng keladigan odam kamdan kam topilgan.
Manbalarda qayd etilishicha, u jismoniy jihatdan ham shunday baquvvat bo`lganki, ikki qo`ltig’iga ikki odamni olib qal’a devori ustida mashq qilgan. Bundan tashqari, Bobur o`limga tik qarash, o`ziga va o`z taqdiriga ishonish kabi fazilatlarga ega bo`lgan.
Bu fazilatlar esa Boburga kishilarni doimo o`z orqasidan ergashtirish imkonini bergan.
Bobur kimlar bilan janglarda to`qnash kelgan bo`lsa, ularning tajribalarini o`rgangan.Shayboniylardan urushning “to`lg`ama” usulini, mo`g`ullardan pistirma qo`yish, afg`onlardan poroxli miltiq ishlatishni o`rgangan.
Zahriddin Muhammad Bobur nafaqat buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda, shoir, bastakor, ayni paytda, yirik tarixchi olim hamdir.Uning nomini abadiylikka muhrlagan asar “Boburnoma”dir.
Bu asar-Movarounnahr, Afg`oniston, Hindiston va Eron xalqlari tarixi, geografiyasi haqida juda qimmatli ma’lumotlar beradi. Bu xotira asarlar sirasiga kiradi. Asar 1493-1529-yillar oralig`ida bo`lib o`tgan tarixiy voqealar haqida yilma-yil hikoya qiladi.
Bobur shoh 1530-yilning 26-dekabrida 47 yoshida vafot etdi. Uni Agra shahrida, Jamna daryosi yonidagi “Bog`i Orom ”ga dafn etadilar. Uning vasiyatiga ko`ra, bir necha yildan so`ng Bobur shoh jasadi Kobuldagi “Bog`i Kalon”ga ko`chiriladi. Bu bog`ni Boburning o`zi katta mehr bilan obod qilgan edi.
Keyinchalik bu bog` “Bog`i Bobur” deb atala boshlangan.
Bobur Sharq mamlakatlari taxtiga munosib hukmdorlarning yorqin namoyonlaridan biridir.
Bobur bobokaloni Amir Temurdek bunyodkorlik ishlariga katta e’tibor bilan qaragan davlat arbobi edi.
O`zbekiston Respublikasi hukumatining qarori:
*1993-yilda Bobur tavalludining 510 yilligi keng miqyosda nishonlansin.
Boburning buyuk xotirasini ulug`lash yo`lida katta ishlar amalga oshirilsin.
Andijonda Bobur haykali o`rnatildi, ramziy qabr maqbarasi qurildi.
“Bobur milliy bog`i” va shu bog` qoshida “Bobur va jahon adabiyoti” nomli muzey tashkil etildi.
Har yili 14-fevral Respublikamizda Bobur tavalludi keng nishonlanadi.
Hindistonda qudratli va shavkatli saltanat egasi bo`lganida ham Vatan xayoli, ayriliq alami Bobur Mirzoni aslo tark etmagan va u quyidagi hasratli satrlarni bitgan edi:
Yana mahrumi xonumon qilding,
Yana ovorayi jahon qilding.
Tole yo`qi jonimg`a balolig` bo`ldi,
Har ishniki ayladim, xatolig` bo`ldi.
O`z yerni qo`yub Hind sori yuzlandim,
Yorab netayin, ne yuz qarolig` bo`ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |