№
|
O`tiladigan mavzular
|
Soati
|
1.
|
Mustaqil O`zbekiston farzandlarimiz
|
1
|
2.
|
Bozor iqtisodiyoti nima? Tejamkorlik oila boyligidir (Iqtisod fani oyligi doirasida)
|
1
|
3.
|
9-sinf bitiruvchisi AL haqida ma’limotga egami?
|
1
|
4.
|
Mobil etiketi. Telefonda so`zlashuv madaniyati
|
1
|
5.
|
Kasblar ichida eng ulug`i... (1 oktyabr – O`qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan)
|
1
|
6.
|
Shirin so`z jon ozig`i (filologiya fanlari oyligi doirasida). O`qituvchilik kasbi haqia
|
1
|
7.
|
Kasb-hunar kollejining qaysi yo`nalishini tanlasam ekan?
|
1
|
8.
|
Til fikr libosidir (O`z.Res. “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan)
|
1
|
9.
|
O`quvchilar bilan “Men orzu qilgan kasb” mavzusida davra suhbatlari
|
1
|
10.
|
Zamon bilan hamnafas (Rus tili fani oyligi doirasida)
|
1
|
11.
|
Globallashuv va uning oqibatlari
|
1
|
12.
|
Birinchi so`rovnoma AL va KHK (9-sinf bitiruvchilari uchun)
|
1
|
13.
|
Huquqshunos bo`lmoqchiman. (8 dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan)
|
1
|
14.
|
Xalqimiz buyuk – ma'naviyat egasi. (MIG` fani oyligi doirasida)
|
1
|
15.
|
Kasbim-faxrim
|
1
|
16.
|
“Oilada o`g`il va qiz bolani biron bir kasb-hunarning egasi bo`lishi shartmi?”
|
1
|
17.
|
Harbiy bo`lish mening orzuim (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan)
|
1
|
18.
|
Ulug` ajdodlarimiz merosini chuqurroq o`zlashtirish (Tarix fani oyligi doirasida)
|
1
|
19.
|
Kasb ila elda e'zoz topganlar
|
1
|
20.
|
Buyuklarni yod etib (Navoiy va Bobur tavallud kunlari oldidan)
|
2
|
21.
|
Fan-texnika taraqqiyoti va biz (matematika, informatika fanlari oyligi doirasida)
|
1
|
22.
|
Ta'limning keyingi bosqichiga jalb qilish bo`yicha tavsiyalar
|
1
|
23.
|
Mehrim sizga atalgan! (8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan)
|
1
|
24.
|
Tabiiy fanlarni o`rganamiz (kimyo, biologiya fanlari oyligi doirasida)
|
1
|
25.
|
Milliy urf-odatlarimiz va zamonaviy an'analarimiz (21 mart – Navro‘z bayrami munosabati bilan)
|
1
|
26.
|
Xalq yaratgan daho (Amir Temur tavalludining 678 yilligi munosabati bilan)
|
1
|
27.
|
Hunarli kishi xor bo‘lmas
|
1
|
28.
|
Ogohlik davr talabi (Fuqarolik muhofazasi kuni munosabati bilan)
|
1
|
29.
|
Chekmasdan hayot gashtini sur!
|
1
|
30.
|
Bu muqaddas Vatanda azizdir inson (9 may – Xotira va qadrlash kuni oldidan)
|
1
|
31.
|
Tarjimonlik kasbi haqida (Xorijiy tillar fanlari oyligi doirasida)
|
1
|
32.
|
Kutubxonalar – insoniyat barcha ruhiy boyliklarining durdonasi
|
1
|
33.
|
Oq yo`l, аziz bitiruvchilar!
|
1
|
|
Jami:
|
34 soat
|
1-mavzu: Mustaqil O`zbekiston farzandlarimiz.
Kun shiori: “Qadr-qimmatim, tayanchim va iftixorimsan, mustaqil O`zbekiston!”
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, O`zbekiston yagona Vatan ekanligini, O`zbekiston yoshlar uchun keng imkoniyatlar mamlakati ekanligini uqtirish .
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada:“Mustaqil O`zbekistonim, ozodlik va obodlik senga yarashur! ”.
O`qituvchi:
Ona zamin og`li, oddiy insonman,
Ojiz bandasiman Qodir egamning,
Siz kabi olamda bir tirik jonman,
Mehnatdan topganman rizq – nasibamni.
Birlik deb yashadim, hurlikni istab,
Haqiqat yo`lida tikkanman jonni!
Yurmadim begona yurtlarni qo`msab,
Ka’bam deb atadim tug`ilgan joyni!
Shukur, jon tanim bor – o`z Vatanim bor,
Alishmam hech mulkka qadr, erkimni,
Qaniydi bir umr bo`lsaydim baxtiyor,
Ozod ko’rgim kelar mangu xalqimni.
O’zbekiston xalq shoiri Normurod Narzullayev
O'z kindik qoni to'kilgan, ota-bobolari xoki yotgan ona yurtni dunyoda tengsiz, muqaddas Vatan deb biladigan odamning maqsad-muddaolari aniq, g'urur va iftixori yuksak bo'ladi.
Bu dunyoda har bir odam to'q va badavlat hayot kechirish, el-yurt uchun munosib farzand tarbiyalash, ularga bilim berish, uyli-joyli qilish, ularning baxt-u kamolini ko'rish orzusi bilan yashaydi.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarning pirovard maqsadi - odamlarimizning ana shunday orzu-umidlarini ro'yobga chiqarish, xalqimizga har tomonlama munosib turmush sharoiti yaratib berishdan iborat ekani haqida takroran gapirishning hojati yo'q, deb o'ylayman.
Bu maqsadga erishish uchun yurtimizda barcha asoslar — tabiiy boyliklar, unumdor yer, katta iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy, insoniy va ma'naviy salohiyat mavjud. Eng muhimi, bu diyorda ana shu farovon hayotni o'z kuchi, o'z aql-zakovati bilan barpo etishga qodir bo'lgan mehnatsevar va iste'dodli xalq yashaydi.
Endilikda oldimizda turgan eng muhim vazifa — ana shu yuksak tushunchalar bilan birga milliy g'oyamizning uzviy tarkibiy qismlarini tashkil qiladigan komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag'rikenglik kabi tamoyillarning ma'no-mohiyatini bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan ma'naviy-ma'rifiy, ta'lim-tarbiya ishlarining markaziga qo'yish, ularni yangi bosqichga ko'tarish, yosh avlodimizni har tomonlama mustaqil fikrlaydigan yetuk dunyoqarash egalari qilib tarbiyalashdan iborat.
(Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch)
Buyuk eding buyuk bo`lib qol.
Seni kutar baxtli istiqbol,
Yuksaklarni quchganingda ham.
Sharqda mash’al, suyuk bo`lib qol,
Jahon uzra noming yoyilsin.
Qardoshlaring qatori to`liq,
Dushmanlaring ko`zi o`yilsin.
O`zing mening jonu jahonim,
Ona yurtim – O`zbekistonim.
* * * * * *
Porlayversin ko`kda quyoshing,
Omon bo`lsin shu aziz boshing.
Tinchlik, mehnat bo’lsin shioring,
Yuz minglardan oshganda yoshing.
Gulla, yashna, iqboling kulsin,
Xirmonlaring hosilga to`lsin.
Shu muqaddas, go`zal zaminga,
Faqat fayzu-barokat kelsin.
Balqir mening davru-davronim,
Ona yurtim – O`zbekistonim
Komil Sindarov
Topshiriq:
|
|
|
|
|
20 yildan so’ng
|
|
|
|
Ertaga
|
|
|
|
Bugun
|
|
|
|
|
Kecha
|
|
|
|
|
Mustaqil O`zbekiston
farzandlari
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |