Topshiriq: O`qituvchilarni madh etuvchi dil izhorlari va she’rlardan shogirdlarining kalomi.
6-mavzu: Shirin so`z jon ozig`i (Filologiya fan oyligi doirasida)
Kun shiori: “Adabiyotga e’tibor-kelajakka, ma’naviyatga e’tibor”
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov
Maqsad:
Ta’limiy: o`quvchilarni ona tili va adabiyot fani bo’yicha olgan bilimlarini mustahkamlash:
Tarbiyaviy: fan oyligida faol bo`lishga undash, ona tili millat tili ekanligini hech qachon unutmasligi lozim ekanligini ular ongiga singdirish.
Rivojlantiruvchi: o’quvchilarni ma’naviy tushunchasini boyitish;
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Ba’zi bir so`zda sehr bordir” (Hadis)
O`qituvchi:
Insoniyat odobining va odamiylik asosining ulug` qasri ustunlaridan biri so`zlash va nutqning qimmatbaho gavharini muloyimlik va odob parmasi bilan teshmoqdir. Axloq arkining yuqorisida o`tiruvchilarning aytishicha, insonning kamolati va bilimning baland martabalaridan biri chiroyli gapirish va chiroyli so`zlash bo`lib, bu bog`ning guli aql bahoristonining nasimi bilan ochiladi va saodatning yorqin javohir dasturxonini aql savdogarigina yoza oladi. Yoqimli va qimmatbaho so`zlari donolik va iqbol arbobining toji bo`lgan yunon hakimlarining aytishlaricha, til har bir aql sohibi fazilati xazinasining kalitidir va har kimsaning bilimi miqdori uning so`zlari orqali ma’lum bo`ladi:
Har kishi gapirmay turgani zamon,
Ayb ila hunari bo`ladi nihon!
Barxurdor ibn Mahmud
Behruz Boqliy shunday degan edi: “Dunyoda menga ikki narsa xushdir: biri dilga yoqadigan so`z, ikkinchisi so`z yoqtiradigan dil. Shodon ko`ngilli kishi shunday kishiki, uning dili so`zdan fayz topa oladi. Yoqimli so`z shunday so`zki, u kishining diliga shodlik yetkiza oladi!” Bayt:
Jonu tanning quvvati yoqimli shirin so`zdir,
Masihning nafasidan guvohlik berar elga!
Abulbarakot Qodiriy
Mashriqzamin – Hikmat Bo`stoni
“So`z izlash, so`z o`ylash, so`zga rang-tus berish, uni chiroyli ijroda taqdim etishga urinish, ko`zlarni, quloqlarni o`zingga mubtalo qilish uchun jon teriga tushib jang qilish, bu degani – so`zda o`lib, so`zda tirilish mening hayot tarzimga aylandi”
Do'stlaringiz bilan baham: |