Topshiriq: “G`oyalar bahsi” mashqi. Bunda o`quvchilar ikki guruhga bo`linadilar. “Eng yaxshi g`oya” tanlovi bo`ladi. Savol esa quyidagicha: Oilada yuksalish va tejamkorlikni kim qanday amalga oshiriladi?
3-mavzu: Akademik litsey va kasb-hunar kolleji haqida (9-sinf bitiruvchilari uchun)
Kun shiori: “ O`zbekistonimiz taraqqiyoti va tinchligi uchun birga hamjihat bo`laylik!”
Maqsad:
Ta’limiy: o’quvchilarda vatanparvarlik ruhini singdirish orqali ta’lim berish;
Tarbiyaviy: akademik litsey va kasb-hunar kolleji haqida tasavvurga ega bo`lishligini uqtirish;
Rivojlantiruvchi: O`zbekiston yoshlar uchun keng imkoniyatlar mamlakati ekanligini his eta olishini rivojlantirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Bizga bitiruvchilar emas, maktab ta’limi va tarbiyasini ko`rgan shaxslar kerak”.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov
O`qituvchi:
Shu aziz Vatan barchamizniki. Demak, hammamiz aziz Vatanimizni asrab, avaylab yashaylik va kelajagimiz bo`lgan yoshlarni tarbiyalashda hammamiz fidoyi bo`laylik.
O`rta maxsus kasb-hunar ta'limi O’rta maxsus kasb-hunar ta`limi haqida tushuncha
O’rta maxsus ta`lim kasb-hunar ta`limining bir shakli bo’lib, asosiy maqsadi ishlab chiqarishning birinchi bo’g’inidagi tashkilotchi va ish boshqaruvchilarni, oliy toifali mutaxassislarning yordamchilarini, yuqori malaka va ko’nikmalarni talab qiluvchi ma`lum bir turdagi ishni mustaqil bajara oluvchi o’z ishining ustalarini bo’lgan – texnik, agronom, boshlang’ich sinf o’qituvchilari, fel dsher, stomatolog, konsertmeyster kabi mutaxassislarni tayyorlashdan iboratdir. O’rta maxsus ta`lim mutaxassislari qatoriga kasbiy tayyorgarlikning yuqori bosqichi talab etiladigan balet, sirk artistlari, ayrim badiiy mutaxassislar ham kiradi.
O’rta maxsus ta`lim umumiy o’rta ta`limda amaliy va nazariy bilimlar bilan bir qatorda kasb-hunarga oid bo’lgan malaka va ko’nikmalarni ma`lum bir sohada rivojlantirishga qaratilgan.
Bo’lajak mutaxassislarga ta`lim muassasasi va o’zlariga ma`qul kasbni tanlashda yordam berish uchun e`tiboringizga quyidagi kasb-hunar tayyorlov yo’nalishlari, kasblar va ixtisosliklar umumdavlat tasniflagichini havola qilmoqdamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |