Boshqarish strukturalarining tashkiliy turlari Boshqarish strukturalarining tashkiliy turlari Boshqarishning quyidagi asosiy tashkiliy strukturalari mavjud: -Chiziqli struktura; -Chiziqli-shtabli struktura; -Funktsional struktura; -Chiziqli-funktsional struktura; -Dasturli-maqsadli struktura; Chiziqli struktura Ijobiy tomonlari: bunday struktura bir-biriga zid, chalkash topshiriqlar berilish hollarini kamaytiradi; yakkaboshchilikni va shaxsiy javobgarlikni mustahkamlaydi; bu struktura oddiy, puxta va tejamlidir;bosqichlar soni kam bo’lganda boshqariluvchi ob'ekt ishiga kam kishi aralashadi; vazifalar tezkor hal etiladi butun tizim samarali ishlaydi;xodimlar faqat o’z rahbariga hisobot beradilar, natijada ijrochilik va intizom darajasi ancha oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |