Funktsional struktura Funktsional strukturada rahbarlar va struktura bo’g’inlarining bosh qaruv faoliyatini ixtisoslashtirishga qaratilgandir. Bunda har bir boshqaruv bo’g’iniga muayyan funktsiyalar biriktirib qo’yiladi. Masalan, biri marketingni, ikkinchisi ishlab chiqarishni, uchinchisi esa moliyani boshqarish bilan shug’ullanadi. Boshqarish apparatini funktsional ixtisoslashtirish uning samaradorligini ancha oshiradi. Boshqarishning barcha funktsiyalarini bajarishi lozim bo’lgan universal rahbarlar o’rniga o’z sohasini puxta biladigan, o’z shtatiga ega bo’lgan, o’ziga topshirilgan ish uchastkasi uchun javob beradigan mutaxassislar apparati paydo bo’ladi. Albatta, funktsional xizmatlar rahbarlari va mutaxassislari: o’z sohasini chuqur va puxta biladigan; jarayonlar va hodisalarni tahlil qilish va baholash qobiliyatiga ega bo’lgan;o’z xulosa va tavsiyalarini himoya qila oladigan;
Do'stlaringiz bilan baham: |