Chiziqli-shtabli struktura Chiziqli-shtabli struktura har bir rahbar huzurida ixtisoslashgan xizmatlar, maslahatchilar kengashi, ya'ni shtablar tuzish orqali tashkil etiladi. Bu struktura quyidagi ko’rinishga ega: Maslahatchilar, referentlar, yuridik xizmat bo’limi va boshqaruvchi. Marketing tadqiqoti bo’yicha marketologlar guruhi, mehnatni muhofaza qilish xizmati, audit guruhi va boshqaruv. Shtablarning vazifasi har xil muammolarni o’rganish orqali rahbarga qaror qabul qilishda yordam berishdan iborat. Bunday shtablarga ehtiyojning paydo bo’lishiga asosiy sabab - bu tashkilotlardagi funktsiyalarning murakkablashuvidir. Bu erda mehnat taqsimoti ikki turdagi maqsad va vazifalar bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |