O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy Universiteti
Tarix fakulteti sirtqi ta’lim Arxivshunoslik
yo’nalishi 4- bosqich talabasi
Azimova Maftunaning tayyorlagan
Mustaqil ishi
Mavzu: O’zbekistonda muzey ishi tarixi.
Reja:
1. Turkistonda dastlabki muzeylarning shakllanishi.
2. 1917-1990 yillarda muzeylar va muzey ishi.
X asrdagi Buxoro va Sheroz amirliklar kutubxonalarida insoniyat yaratgan hamma nodir kitoblar bo’lgan. Xorazmshohlar davridagi to’plangan nodir moddiy-ma’naviy boyliklar mug’ullar bosqinida yuqatildi, kutubxonalar yondirildi. Natijada hayot 100 yillar orqaga chekindi. Oradan 150 yil o’tgach, ayniqsa Amir Temur davrida fan va madaniyat qayta kurtaklay boshladi.
Amir Temur musulmon dunyosining muxaddas kitobi bulmish «Usmon quroni» ning asl nusxasini Samarqandga keltiradi. Temur va Temuriylar kutubxonasi dunega mashxur edi.
Buxoro, Xiva, Quqon xonliklarida ham nodir qulyozmalar kollektsiyasini to’plab saroy va shaxsiy kutubxonalar barpo etish odat bo’lgan. Toshkentda Jurabekning, Andijonda Dukchi Eshon shaxsiy kutubxonalari mashxur edi.
Moddiy ma’naviy boyliklarning tashib ketilishi xilma-xil yullar bilan amalga oshirildi. Elchilarga sovg’a sifatida berildi, sayyohlar, savdogarlar orqali va bosqinchilik xarakatlari tufayli ular xorijiy mamlakatlarga utib ketdi. Masalan: 1831-1833-yillarda Ost-İndiya kompaniyasining leytenanti Aleksandr Byorns Buxoroda yashab qadimiy tilla va kumush tangalarni yigadi va 200 dan ortiq nodir numizmatika kollektsiyasini barpo etib, Britaniya muzeyiga taqdim etadi.
Peterburgdagi Osiyo muzeyining direktori, sharqshunos olim X.D.Fren 1834-yil O’rta Osiyodan izlab topilishi mumkin bo’lgan sharq mualliflariga mansub «Yuz asarning xronologik ruyxati»ni tuzib chiqadi. Orenburg bojxonasiga savdogarlar yullash va kursatilgan qulyozmalarni Peterburgga yuborish haqida farmoyish berildi. Bu O’rta Osiyo moddiy va ma’naviy yodgorliklarning olib kelinishining birinchi bosqichi edi.
1869-yildan planli o’lja yig’ish choralari ishlab chiqildi. Soldat-ofitserlar qullariga Peterburgda yozilgan tavsiyanomalar berilib qanday narsalarga ahamiyat berishlik kursatilgan edi. Asosiy maqsad qulyozmalar, hujjatlar, tanga, muxr, amaliy sanat namunalari, asari-atiqa buyumlar, mahalliy hunarmandchilarning ijod maxsulotlari, gilamlar, zargarlik buyumlari, ayniqsa metaldan yasalgan qilich, xanjar, pichoq va boshqa buyumlar Peterburgga junatilishi kerak edi. Harbiy boshliq va amaldorlar bu qimmatbaho yodgorliklardan o’zlariga kollektsiya to’plashni ham unutmadilar. 1869-yili Turkiston general gubernatori K.P.Fon Kaufman (1867-1882) muxaddas kitob XV asr kufa qulyozma yodgorligi «Usmon Quroni»ni Peterburg imperatoriga junatdi.
1870-yilda Shahrisabz va Kitob bekliklaridagi qo’zg’olonni bostirish bahonasida 97 jild qadimiy qulyozmalar tortib olindi.
Moddiy va man’aviy yodgorliklarni ilmiy asosda yig’ish 1873-yil Xiva xonligiga yurish oldidan juda mukammal tashkil qilindi.
Xiva xoni taxti 1874-yili Moskva qurol-aslaxa palatasiga topshirildi. Xon saroyidan olingan uljalar ichida 25 pud tilla va kumush, 200 dan ortiq qadimiy tanga, tilla buyumlar buldi. Ular Moskva, Peterburg muzeylariga junatildi. 1875-1876 yillarda Qo’qanga yurish natijasida, xonlik tugatilib, xazina Peterburgga olib ketildi. Keyingi davrda jalb etildi. Shu maqsad yulida 1807-1917-yillarda Turkistonda 15 ilmiy jamiyat ishlab turdi. 1895-yilda tuzilgan Toshkent arxeologiya etnografiya va antropologiya tugaragining ham asli vazifasi shunday buldi.
Sharqshunos olim P.İ.Lerx, xonlikda nimalarga etibor berish va yig’ish haqida mukammal dastur ishlab, Turkistonga yuboradi va bu «ko’rsatma» soldat va ofitserlarga tarqatiladi. Ayniqsa O’rta Osiyo allomalarining asarlarini to’plashga etibor berildi. Bu ishlar Turkiston general gubernatori faxriy maslaрatchisi A.Kun zimmasiga yuklatildi.
Tarqoq kollektsiyalarni birlashtirish va ularni Peterburgga junatish uchun saralash markazi lozim buldi. Bunday markaz muzey bulishi mumkin edi. Shu tarixa Turkiston muzeyi tashkil topdi. Bunday maqsad “Qizil imperiya” davrida xam uz kuchida qoldi. Yuqoridagi faktlar bugungi mustaqilligimizning naqadar azizligini, qadrli va muxaddasligini asoslab beradi.
O’zbekistonda dastlabki muzeylarning shakllanishi va rivojlanishi haqida tuxtaydigan bo’lsak, 1876-yilda Toshkentda Turkiston muzeyi tashkil etiladi (12-iyul).
1877 yil yanvarda muzey etnografiya, texnik ishlab chiqarish, qishloq xujaligi, tabiat tarixi va arxeologiya buyicha 1500 dan ortiq predmetlarga, 800 qadimiy tanga va medallarga ega edi. Muzey ancha shakllangach, 1877 yildan xavaskor tabiatshunoslar jamiyatining OLEAE Turkiston bo’limi a`zolari komitetiga raxbarlik qiluvchi statistika komiteti ixtiyoriga utkazildi. Uning mudiri ”Turkestanskie vedomosti”ning sobik redaktori N.A.Maev bulib, muzeyga bino berilmaganligi sababli uni uz uyiga joylashtirdi. Muzey ta`minoti uchun arzimas mablag (300 sum) ajratilar edi xolos, yana ayrim shaxslar tomonidan uncha-muncha exsonlar tushib turar edi. Aslida Maevning hisob kitobiga qaraganda, yiliga 1600 sumlik mablag talab etilardi. Bu muzey 4 bo’lim - etnografiya va texnika, tabiat tarixi va arxeologiya, numizmatika, qishloq xujaligidan iborat bulib, maxalliy suratlar va turli kollektsiyalar bilan boyitilgan edi.
1888 yil muzey nizomi ishlab chiqilib, tasdiqlandi. Unda muzey ixtisosi, vazifasi, ish xarakteri belgilab berildi. Muzeyga raxbarlik qilishi besh kishidan iborat Nazorat komitetiga yuklandi. Ustavga muvofiq muzeygga geologiya, botanika, zoologiya, etnografiya, arxeoliya, numizmatika, sanoat va qishloq xujaligi buyicha materiallar tuplash va saqlash huquqi berildi.1919-yil fevralda Turkiston General Gubernatorligi qarorgohi, «oq uy» ning bir qismiga muzey ko’chiriladi.
Bu O’zbekiston xalqlari tarixi muzeyi fondida 1978 yildayoq arxeologik materiallardan 52 mingtagacha buyum, numizmatikadan 43 mingdan, oshiq tanga pul, medal va boshqa xil pullar, etnografiyada 1800 tadan oshiqroq yodgorlik buyum bo’ldi. Muzey kartotekasi va arxividagi fotosuratlar negativ va hujjatlar soni 100 mingdan oshgan.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21-aprel 1992-yil, 203 sonli qarori asosida muzey qayta tashkil etildi. U O’zRFA O’zbekiston tarixi Davlat muzeyi deb nomlandi (Muzey jamoasi 86
kishidan iborat. 23 kishisi ilmiy xodim jumladan 3 fan doktori, 8 fan nomzodi bor. Umumiy maydoning ming kv.m. 12 ming eksponat o’rin olgan).
Turkiston muzeyidan tashqari 1895-yilda
Farg’ona viloyat muzeyi ochilib, u dastlab shahar
xalq muzeyi deb atalgan. 1896-yilning 21-iyunida
Samarqandda «Samarqand statistika komiteti
Do'stlaringiz bilan baham: |