1. Muzey tarmogi va qurilishini planlashtirish
2. Muzeylarning ilmiy-tadqiqot ishlari
3. Muzeylarning ommaviy ma’naviy faolyaiti bo’yicha
To’rtinchi davri Vatan urushi yillariga (1941-1945 yillar) tugri keladi. Respublikaning urushdashi ishtirokini ifodalovchi ekspozitsiyalar yaratildi, muzey xalqni mardlik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ahamiyatli bo’ldi. Statsionar va sayyor ko’rgazmalar tashkil qilingan. Muzey eksponatlari faqat ilmiy izlanishlar manbagina bulib qolmasdan, amaliy maqsadlarga ham xizmat qildi.
Beshinchi davr. 1946-1964 yillar urushdan keyingi qayta tiklash davriga tug’ri keladi. Keyingi mustaqillikgacha bulgan davrdagi muzeylar faoliyatida albatta totalitar tuzum goyalari ustunlik qilardi va bu milliy qadriyatlar durdonalarini muzey orqali dunyoga tanitish ishlarini markazga bog’lab quyardi. Faqat mustaqilligimiz tufayligina cheklashlarga chek quyildi. Milliyligimiz, o’zligimizni namoyon qiladigan muzeylar paydo bo’ldi. Masalan: Temuriylar Davlat muzeyi (1996-y, 18-oktyabr), Olimpiya shon-shuhrati muzeyi (1996-yil 1 -sentyabr) va xokazolar.
Qoraqalpogiston Davlat O’lkashunoslik muzeyi To’rtkul shahrida 1929-yilda tashkil qilingan. Bunda akademiklar S.F.Oldenberg, A.S.Samoylovich, akademiya muhbir a’zosi S.P.Tolinskiy va O’zbekiston, Qozog’iston olimlari yordam berishgan. 30-yillar boshida muzey ishlariga, Moskva Universiteti bitiruvchilari N.A.Baskakov, N.V.Torchinskaya va keyinchalik filologiya fanlari doktori, professor bulgan Qalli Ayimbetovlar faol ishtirok etadi. Olimlardan Melkov, Morozova, S.P.Tolstov, T.Jdanko va boshqalar keyingi davrlarda bu muzey eksponatlarini to’ldirishda xissa qo’shgan. Muzey 1944-yilda suv tashqiniga binoan To’rtkuldan Nukus shahriga kuchirilgan. 1965-yilda esa shahar markazidagi binoga keltirilgan. Qoraqalpog’iston Davlat san’at muzeyi esa 1966-yilda ochildi.
Muzeyning asoschisi I.V.Savitskiy hisoblanadi’. U 1915 yili 4 avgustda Kiev shahrida tug’ilib, 1941-1946 yillarda Moskvada Syurikov nomidagi rassomchilik institutida tahsil oladi. 1942 yili o’zi o’qiyotgan institutning Samarqandga evakuaciya etilishi sharq xalqlari madaniy merosi, san’ati, urf-odatlari bilan tanishishiga sabab bo’ldi.
S.P.Tolstov boschiligidagi Xorazm arxeologik, etnografik ekspediciyasiga I.V.Savitskiy chaqirilib, 1950-1957 yillarda ushbu ekspediciyada rassomlik qiladi. U rassomlikdan tashqari xalq amaliy san’ati manbalarini to’plash maqsadida Qoraqalpog’iston ovullariga tashkillashtirilgan safarlarda qatnashgan. Natiyjada mahalliy xalqning o’tmishiga xos muzey tashkil qilishni maqsad qiladi va Moskvadan Nukusga ko’chib keladi. 1957-1966 yillar qoraqalpoq xalqiga oid xalq amaliy san’ati durdonalarini to’plashning eng faol davri bo’ldi. Zargarlik buyumlari, gilamlar, milliy kiyimlar, qora uy bezaklari yig’iladi. Va hihoyat, 1966 yili Nukus shahrida Badiiy san’at muzeyi ochiladi.
Muzeyda noyob hisoblanadigan A.Shupov, L.Kramarenko, N.Ulyanov, R.Falk, M.Voloshin, R.Mazel, A.Volkov, M.Kurzin, N.Karaxan, U.Tansiqboev, V.Ufimtsev va boshqalarning asarlari saqlanmoqda. Rus avangard kollektsiyasi bo’yicha dunyoda Sankt-Peterburgtagi Rus muzeyidan keyingi ikinchi o’rinda turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |