muzeyi» (hozirgi O’zR madaniyat va san’at tarixi
muzeyi) ekspozitsiyasining tuzilishi odatdagi kunst-
kamera sifatida bulgan, unda xar xil mate-
riallar tuplangan. Ularni to’ldirishda rus havoskor
kollektsionerlardan A.İ.Dobrosmıslov, N.S.Likoshin,
N.P.Ostroumov, A.L.Vyatkin, N.N.Karazin,
maxalliy vakillardan Mirzo Buxoriy, Mirzo Qosimov)
A.Asqarovlarning faolyaiti katta bo’lgan.
1918-yil 10-dekabrda muzey va kollektsiyalarni hisobga olish va saqlash haqida Dekret e`lon qilinadi. 1919-yil 20- avgustda «Turkiston xalq muzeyi haqida Nizom» tasdiqlandi. 1943-yilda bu muzey O’zFA tizimiga o’tkazildi.
1920-yilda Namangan shahar o’lkashunoslik muzeyi, 1923-yilda Buxoro Muzofat tarix o’lkashunoslik muzeyi, 1934-yilda Chirchiq shahar o’lkashunoslik muzeyi tashkil qilindi.
1913-yilda hozirgi O’zbekiston hududida 3 ta muzey bo’lgan. 1924-yilda, soni 8 ta, 1940-yilda esa 17, 70-yillar oxirida 27 muzey ishlab turdi.
Turkkomstaris – Turkestanskaya komissiya po oxrane pamyatnikov starini i iskusstva – qadimiy san’at yodgorliklarini, tabiatni qo‘riqlash bo‘yicha Turkiston komissiyasi edi. 1921 yil 22 mayda Turkiston Respublikasi XKS Maorif xalq komissarligi tarkibida Turkkomstaris – muzey ishlari, qadimiy yodgorliklarni, san’at va tabiatni qo‘riqlash ishlari bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.
Komissiyaning zimmasiga Turkiston Respublikasidagi barcha muzeylarni birlashtirish va boshqarish, qadimiy yodgorliklarni, san’at va tabiatni qo‘riqlash va ta’mirlash funksiyasi yuklatildi.Turkiston Xalq Komissarlari Sovetining 1923 yil 3 noyabr qaroriga binoan Turkiston o‘lkasining turli viloyatlarida joylashgan 20 ta qadimgi yodgorlik Turkkomstaris ixtiyoriga o‘tkazildi. Tarixiy-arxeologik jihatdan ahamiyatga ega bo‘lgan 52 ta yodgorlik hisobga olindi. Turkiston ASSRning ettita muzeyida (Buxoro va Xivani qo‘shganda) osori-atiqalar soni 114075 taga etadi.
1923 yili barcha muzeylarning fondi davlat mulki deb e’lon qilindi. Maxsus qarorlarga binoan 1922–1926 yillari muzeylarga tarixiy-badiiy qiymatga ega bo‘lmagan buyum va ashyolarni, eskirgan narsa, takrorlanadigan fondlarni sotishga ruxsat berildi. Ushbu yangi iqtisodiy siyosat davrining majburiy chorasi hamda 1929 yili davlat muzey fondlari omborxonalarining tugatilishi haqidagi qaror antikvariat bozorini shakllantiribgina qolmasdan, muzey kolleksiyalarining sotilishiga va tiklab bo‘lmas yo‘qotishlarga olib keldi.
Sredazkomstaris 1928 yil 7 aprelda tugatilib, uning muassasalari – O‘rta Osiyo bosh muzeyi, Markaziy badiiy muzey, Hayvonot bog‘i va inqilob muzeyi, O‘zbekiston maorif xalq komissarligi fan bo‘limi ixtiyoriga o‘tkazildi. Natijada muzeylarning ilmiy-yig‘uv va ilmiy-ekspozitsion faoliyati maydoni torayib, O‘zbekiston hududi bilan cheklanib qoldi.
O‘zbekiston Maorif XKS ning 1928 yil 28 martdagi buyrug‘iga binoan, Samarqandda muzey ishlari o‘tmish san’at va tabiat yodgorliklarini muxofaza etish O‘zbekiston komiteti – O‘zkomstaris tashkil etildi.
Muzeyshunoslik adabiyotlarda O’zbekiston muzey ishlarini rivojlantirishning birinshi davri (1917-1923 yy) Qadimgi va sanat yodgorliklarini muhofaza qilish komitetlari (Turkkomstaris, Sredazkomstaris, Uzkomstaris) faoliyati bilan belgilandi. Turkrespublika Markaziy Ijroiya komitetining 1920 y 30 yanvardagi dekretiga muvofik bu vazifa Turkrespublika Arxivlar markaziy boshqarmasiga yuklatildi. Biroq bu boshqarma o’z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni hayotga muvofakkiyatli tadbiq etishga ojizlik qildi. Shu munosabat bilan tabiat, san`at obidalari va utmish yodgorliklarini saqlaydigan, muzeylar tashkil etish va ularni kuriklash ishi bilan shugullanadigan maxsus tashkilot tuzish tug’risidagi masala yuzaga keldi. Turkomstaris xuddi shunday tashkilot buldi.
Turkomstaris tuzilishi jihatidan muzey, qadimgi yodgorliklar va san`at asarlarini muhofaza etish hamda, ta`mirlash, arxeologiya va tabiatni muhofaza etish singari to’rt sektsiyaga bo’lindi. Komitet yodgorliklarni hisobga olish va quriqlash borasida katta ishlar olib borildi, koordinatsiyalovchi ilmiy-tadqiqot markaziga aylandi. İkkinchi davri (1923-1930 yillar) tuplangan materiallarni tartibga solish, muzeylarning asosiy turlarini (markaziy, viloyat, mahalliy) ahamiyatga kura aniqlash materiallar to’plashda muayyan chegarani belgiladi.
Uchinchi davri (1930-1941 yillar) urushgacha bulgan davr rekonstruktiv, xarakterga ega buldi. Muzey shaxobchalari kengaydi. Shu davrda, 1933-yil, Toshkentda muzey ishini yanada rivojlantirishga oid asosiy yunalishlarni belgilash masalasi muxokamasiga bagishlangan muzey xodimlarining birinchi respublika konferetsniyasi chaqirildi. Unda uch komissiya tashkil etiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |