Mustaqil ishi mavzu: musobaqa qoidalari



Download 94,97 Kb.
bet12/13
Sana01.02.2022
Hajmi94,97 Kb.
#422662
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Zaynitdinov.B.

5.XULOSA
Xulosa o’rnida shuni aytish joizki mamlakatimizda fubolga qaratilgan yuksak e’tibori natijasida oxirgi yillarda O‘zbekiston milliy terma jamoamiz, yoshlar va o‘smirlar terma jamoalari barcha Jahon chempionatlarida ijobiy ishtirok etib kelmoqda. 2010-yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionatida terma jamoamiz sharafli 2-o‘rinni egallab Jahon chempionatiga yo‘llanma olindi. 2011-yilda Qatarda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida milliy terma jamoamiz 4-o‘rinni egalladi. 2011-yili O‘zbekistonda birinchi bor “Nasaf” jamoasi Osiyo Kubogi sohibi bo‘ldi. 2011-yili Meksikada bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasida Jahon chempionatida kuchli sakkiz jamoa safiga kirgan. 2012-yilda Eronda bo‘lib o‘tgan o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionatida terma jamoamiz ilk bor 1-o‘rinni egallab, chempionlikka sazovor bo‘lishdi va Jahon chempionatiga yo‘lanma olindi. 2013-yilda Turkiyada bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasida Jahon chempionatida o‘tgan Jahon chempionatidagi natijasini takrorladi, kuchli sakkiztalikka kirdi.
2014-yilda Yangi Zelandiya davlatida Yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan Jahon chempionatida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi munosib ishtirok etdi. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi guruh bosqichida Gonduras, Germaniya, Fiji yoshlar terma jamoalari bilan keyingi bosqichiga chiqish uchun kurash olib bordi. Guruh bosqichida vakillarimiz Gonduras jamoasiga 4:3, Germaniya jamoasiga 3:0 hisoblarida yengilib, Fiji jamoasini 3:0 hisobida yengib, ikkinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga yo‘llanma oldi. Nimchorak finalda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga Avstriya jamoasi raqib bo‘ldi va bu bahsda vakillarimiz 2:0 hisobida Avstriyalik tengqurlarni mag‘lubiyatga uchratdi. Chorak finalda O‘zbekiston yoshlarni Afrika chempioni Senegal yoshlar terma jamoasi kutib turardi. Afrika chempioni bilan o‘tgan keskin bahsda vakillarimiz 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Jahon chempionatidagi ishtiroki bilan Osiyo qit’asidan vakili sifatida guruh bosqichidan chiqqan yagona jamoa bo‘ldi va raqib jamoalarni yengishda terma jamoa a’zolarimizdan Zabixullo O‘rinboyev, Doston Xamdamov, Eldor Shomurodovlar yuksak darajadagi o‘yinlarni ko‘rsatishdi. Ushbu iqtidorli o‘yinchilarimiz OFK tomonidan o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha yil lauriyatlarini taqdirlash marosimida Osiyoning eng yaxshi yosh o‘yinchisi nominatsiyasiga nomzod bo‘ldi va yakunda Doston Xamdamov Osiyoning 2014-yildagi eng yaxshi yosh o‘yinchisi nomiga sazovor bo‘ldi.
2015-yilda Avstraliya davlatida bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogi musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi yaxshi o‘yinlarni namoyish etdi. Osiyo kubogi bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi guruh bahslarida Saudiya Arabistoni va Shimoliy Koreya jamoalarni mag‘lubiyatga uchratib, Xitoy jamoasiga yengilib ikkinchi o‘rin bilan 1\8 finalga yo‘llanma oldi. Chorak finalda J.Koreya terma jamoasi bilan asosiy vaqtda durang o‘ynab, qo‘shimcha vaqtda 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
2015-yilda O‘zbekiston terma jamoasi JCH-2018 musobaqasiga yo‘llanma beruvchi saralash o‘yinlarida muvaffaqiyatli boshladi. Saralashning uchinchi bosqich guruh o‘yinlarida Shimoliy Koreya, Filippin, Yaman terma jamoalarni mag‘lubiyatga uchratib guruhda birinchi o‘rinni olib, Osiyo kubogi – 2019 musobaqasiga yo‘llanma oldi va sara­lash­ning to‘rtinchi so‘nggi bosqichida kurashni davom ettiradigan bo‘ldi. To‘rtinchi guruh bosqichida Eron, Janubiy Koreya, Xitoy, Suriya, Katar jamoalari bilan Rossiya davlatida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati – 2018 yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.
O‘zbekiston terma jamoasi 1992-yildan 2016-yil 16-noyabr sanasi holatiga ko‘ra, jami 252 ta o‘yinlarni o‘tkazdi (shulardan, 75 tasi o‘rtoqlik maqomiga ega) va shu o‘yinlardan 121 g‘alaba, 51 o‘yin durang, 80 ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan. To‘plar nisbati bo‘yicha460 ta raqiblar darvozasiga ishg‘ol qilishgan, 299to‘p o‘tkazib yuborgan. Jami FIFA tassarufidagi 51 mamlakat terma jamoalari bilan bahs olib borishgan.
2016-yilda OFK tomonidan o‘tkaziladigan klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionlar ligasi musobaqasida O‘zbekistondan to‘rtta jamoa Qarshi shahrining “Nasaf” va Toshkent shahrining “Lokomotiv”, “Paxtakor”, “Bunyodkor” jamoalari qatnashdi. Faqatgina “Lokomotiv” jamoasi guruh bosqichida munosib o‘yin ko‘rsatib, o‘z tarixida birinchi marta 1\8 finalgacha yetib bordi. “Lokomotiv” jamoasi guruh bosqichida va nimchorak finallarida Eronning “Zobaxan”, BAAning “Al-axli”, Saudiya Arabistonning “Al-Ittixod” jamoalarni mag‘lubiyatga uchrata oldi.



Download 94,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish