O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
Iqtisodiyot fakulteti
Turizm (faoliyat yo’nalishlari bo’yicha) yo’nalishi
II kurs 201-guruh talabasi
Qalanadarov Boymirzaning
“Turizm va mehmonxona xo’jaligini boshqarish menejmenti” fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
MAVZU: MEHMONXONALAR FAOLIYATIDA DAROMADLAR TAHLILI
Topshirdi: Qalandarov Boymirza Qabul qildi: Zaripova Mohira
Urganch-2021
MEHMONXONALAR FAOLIYATIDA DAROMADLAR TAHLILI
REJA:
Turistik korxona va mehmonxona faoliyatida xarajatlar va daromadlar
Mehmonxona industriyasida narx belgilash usullari. Mehmonxona nomer
narxining tuzilishi
Umumiy daromad. O‘rtacha daromad. Me’yoriy daromad. Imkoniy
narxni belgilovchi holatlar
1.Turistik korxona va mehmonxona faoliyatida xarajatlar va daromadlar
Turistik firmaning bosh maqsadi foyda olishdir. Shu maqsadni amalga oshirish — harajatlarning miqdori va firma yaratgan xizmatlarga bo‘lgan talab bilan bog‘liq. Turistik xizmatlarni yaratish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy resurslarga sarflar turistik harajatlar deyiladi.
Firma o‘z faoliyatini yuritish uchun tashqaridan resurslar sotib oladi va pulli xizmatlardan foydalanadi. Shuningdek, firma ilgari sotib olgan resurslar (binolar, mashina, xilma-xil uskunalar va boshqalar)ni ishlatadi. Ularga ham harajat qilingan. Bundan tashqari, firma ijara haqi, banklardan olgan qarzi uchun foiz to‘lab turadi. Shundan kelib chiqqan holda harajatlar ikki turga bo‘linadi:
-tashqi harajatlar, o‘z xizmatlarini yaratish uchun zarur narsalarni (ish haqi, yoqilg’i, transport, aloqa, soliq uchun to‘lanadigan pul) o‘z ichiga oladi;
-ichki harajatlar binolar, asbob-uskunalar va boshqa sarflarning hammasini o‘z ichiga oladi.
Harajatlarning tarkibiy tuzilishi xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq doimiy va o‘zgaruvchan harajatlarni tashkil etadi:
Doimiy harajatlarga o‘zgarmaydigan harajatlar, ya’ni qarz foizi, reklama haqi, ijara haqi, oldindan to‘lanishi ko‘zda tutilgan maoshlar kiradi.
O‘zgaruvchan harajatlar deb, xizmat ko‘rsatish hajmiga nisbatan to‘g‘ri mutanosiblikda bo‘lgan o‘zgaruvchan harajatlar miqdoriga aytiladi. Ularga ish haqi, yoqilg‘i, turistlarni tashish, transport va boshqalar kiradi. Xizmatlar hajmi oshsa, o‘zgaruvchan harajatlar ko‘payadi, qisqarsa kamayadi.
Firmaning doimiy (DX) va o‘zgaruvchan (UX) harajatlar yig‘indisi yalpi harajatlarni tashkil etadi:
YAX= DX+UX.
Narxni shakllantirishda doimiy va o‘zgaruvchan harajatlarning o‘zgarishini hisobga olish kerak, ya’ni narxni hisoblash va o‘rnatilishiga bir necha o‘zgaruvchanlar ta’sir etadi. Omillarning ta’siriga bog‘liq holda ularni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
omillarning xossalarini hisobga olgan holda: bevosita va bilvosita;
narxlarning raqobat ta’siriga bog‘liq holda: narx va narxsiz raqobat:
ta’sir etish darajasiga qarab.
Bevosita ta’sir etuvchi omillarga soliqlarning asosiy guruhini, ya’ni to‘g‘ri soliqlar — firma yoki firma xodimlarning daromadidan to‘lovlar tashkil etadi. Bilvosita (egri) soliqlarga qo‘shilgan qiymat soliQi, cheklangan tovarlarga aksiz soliqi va boshqalar kiradi. Bu soliqlarning mohiyati Shundaki, bu soliqlar guruhi davlat byudjetiga tushadi va milliy valyutani mustahkamlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Narx yordamida olib boriladigan raqobat narxlarni har xil:
a) iste’molchilarning daromadlariga;
b) iste’mol hajmiga;
v) haridorlarning toifalariga qarab belgilashda namoyon bo‘ladi.
Narxsiz bo‘ladigan raqobat monopolistik raqobat va oligopoliya bozorlarida ro‘y beradi, chunki bunday bozorlarda narxlarda tafovut deyarli bo‘lmaydi. Narxlar bo‘yicha yechimlarni qabul qilishga ta’sir etuvchilar:
1) iste’molchilar, ular talabi, daromadlar, cheklanganligi, iste’molchilar afzalliklari, naf olish mezonlari va h.k. Turistik xizmatlarga bo‘lgan yondashuvga qarab, iste’molchilarni quyidagi guruhlarga ajratiladi: tejamli haridorlar — narx o‘zgarishiga, xizmat sifatiga, uning xilma-xilligiga va h.k.larga tezda javob berish; mayda firmalarni qo‘llab-quvvatlaydigan haridorlar; qulayliklarni ustun ko‘radigan haridorlar va boshqalar.
2) davlat narx siyosatiga o‘z ta’sirini: belgilangan narxlar; reklama narxlari bo‘yicha qarorlar; "haddan yuqori bo‘lgan narxlardan" foydalanish va narxga nisbatan noto‘g‘ri siyosat yuritish bo‘yicha cheklashlar; xizmatlarni o‘tkazishda barcha ishtirokchilarga nisbatan do‘stona munosabatda bo‘lishni talab qilish.
Turistik firma o‘z faoliyatida ishlab chiqarish harajatlarni va ular bilan bog‘liq omillarni nazarda tutishi kerakki, ishlab chiqarish harajatlarni muttasil kamaytirib borish va firma foydaliligini oshirishi kerak. Har qanday firmaning eng birinchi maqsadi mumkin qadar daromad olish yoki foydani maksimallashtirish. Foyda yalpi turistik xizmatlarning umumiy qiymatidan ularni yaratish bilan bog‘liq harajatlarni ayrimasidan qolgan qiymatga aytiladi. Firma uchun foydaning ikki jihati bor: foyda massasi, ya’ni uning umumiy miqdori; foyda normasi, ya’ni uni nima evaziga foiz hisobida olinganini ifodalaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |