206-guruh talabasi Normurodova Laylo
Mavzu: Til va etnik guruhlar
Reja:
Til nima?
Etnik guruhlar haqida
Xulosa
Til nihoyatda muqaddas va albatta mo'tabar ne'mat hisoblanib,u odam,inson degan mavjudotni shakllantirgan,qavmlar aro birlashtirgan,taraqqiyotning boshqichlariga birma-bir olib chiqqan,ruhiy jihatdan esa takomilga boshlagan,tafakkur gulshaning darvozalarini ochib bergan tengi topilmas bir robitadir,ya'niki vositadir. Shuning uchun ham tilimizga nopisandlik insoniyatimizning o'zligiga nopisandlik qilish bilan barobardir. Tilimizga ehtirom hamda e'tibor esa bu olamda,dunyoda,jamiyatda,muhitda inson,odam va kishi bolasining naqadar muhtaramligining e'tirof etilishi hisoblanadi. Bejizga emaski,dono va donishmand xalqimiz tilga,xususan o'zining ona tiliga muntazam ravishda muhabbat bilan qarab kelishgan,uni,ya'niki,tilni har jihatdan ham e'zozlagan va albatta ardoqlagan,o'zbek tilining betakror ohanglaridan va mukammalligidan faxr-u iftixor qilib kelishgan.
O'zbek tilidagi tarang mantiq va go'zalliklarni har soniya,lahza,on e'tirof etishga ishtiyoq sezib kelgan.Shuning uchun ham o'zbeklar o'ynab gapirsa ham,o'ylab gapirishga alohida e'tibor beradilar. Shuning uchun ham o'zbeklar qopib emas,balki topib gapiradilar. So'zga oshuftalik va so'zning ham ostini,ham ustini ko'ra olishga intilish va nutqning naqadar latifligidan,latofatliligidan,nutqimizdagi so'zlarimizning favqulodda uyg'un ekanligidan zavqlanish,ona tilimizda ta'sirli nutq,xitobat san'ati sohibiga ayricha havas bilan qarashlar o'zbeklar ning azaliy urf-u odatlaridan hisoblanib kelinadi. Aytmoqchi bo'lgan fikrga musallam va mutlaqo mos libos kiydira bilish,maqsadga muvofiq lisoniy ifodalarni saralay olish,so'z bilan tinglovchilarning faqatgina qulog'ini emas,balkim qalblarini ham zabt eta bilish Sharq mamlakatlarida,o'lkalarida,xususan,o'zbeklarda tarbiyalanganlikning , ma'rifatlilikning,ziyolilikning qabariq bo'lgan belgilaridan biri bo'lib kelgan.Ulug' bobomiz bo'lmish Yusuf Xos Hojib "Odobning boshi tildir"deb begizga o'git bermaganlar. Zotan, nutqning go'zalligi, tilning burro ekanligi, lisoniy ifodalarning aniq ekanligi inson uchun o'ziga xos husn hisoblanadi. Tilimiz millatimizning husnini ko'rsatadi. Tilimizda muayyan bir fikrni bir qancha shakl-u shamoyillarda ifoda etishningvimkoniyatlari ham mavjud bo'lib, aynan qaysi bir shakl-u shamoyilni tanlamoqlik joriy muloqotning vaziyati uchun eng-eng uyg'un va albatta qulay bo'lgan ifodalarni topa bilmoqlik nutq egasining mahorat-u malakasi, ma’rifat-u ma'naviyatiga bog'liq hisoblanadi.
Muloqot vaziyatini tugal his etmasdan turiboq tanlangan lisoniy ifodalar,har qancha go'zal bo'lmasin,maqsadning nishoniga sitib bora olmaydi. Bunday ifodalar hatta boshga balo keltirishi ham mumkin.Bu haqida ko'plab ibratli hikoya va hikoyatlar ham mavjud hisoblanadi. O'n birinchi asr Sharqining ulkan allomasi bo'lmish Kaykovus "Qobusnoma"asarida shunday bir hikoyatni aytib o'tadi:Bir kecha xalifa Xorun-ar Rashid bir kecha tush ko'radi va tushida uning barcha tishlari to'kilib ketgan emish.Xalifa tongda muabbir(tushni ta'bir qilguvchi inson,kishi,odam)dan ko'rgan tushini ta'bir qilib berishini so'raydilar.
Muabbir esa shunday degan ekan:
Ey,amir-ul mo'minin ,sening oldingda barcha yaqinlaring qarindoshlaring va urug'laring ham o'ladi. Sendan boshqa hech bir kimsa,odam,inson,kishi qolmaydi" Bu so'zlarni eshitgan Xorun ar-Rashid esa:"Mening yuzimga bunday qayg'uli so'zlaringni aytding. Mening barcha qarindosh va urug'larim o'lsa,so'ngra men qanday yashay olaman,qanday ishga yaray olaman?" -deydi darg'azab bo'lgan holatda va unga yuz tasq urishni buyuradi. Keyinchalik esa boshqa muabbirlarni ham chaqirib,ulardan ham o'z tushining ta'birini so'raydi. Muabbir esa bunday deydi:"Ey amir-al mo'minin,sening umring barcha qarindoshlaring umridan uzoq bo'ladi".
Shunda Xorun ar-Rashid deydi:
"Barcha aqlning yo'li bir-bir va ikkovining ta'birining negizi bir yerga borib taqaladi,ammo bu iboralar bilan u iboralarning orasida farq bag'oyatda ko'pdir".
Bu ibratli hikoyatda tilning nechog'lik nozik va albatta murakkab qudrat ekanligi,lisoniy ifodalarni ziyraklik bilan tanlay bilish ning naqadar muhim ekanligi sodda bir tarzda ifoda etib beriladi.
Inson bolasining bu ko'hna charxpalak dunyoda qilishi va aksoncha qilmasligi lozim bo'lgan amallar zikridagi ne-ne hikmatli, hikmatomuz naqllar ajdodlarimizning boshi bo'lmish o'sha hazrati Abu Turk lisonining asrlar osha yashab kelayotgan o'zbekcha shakidagi ajdodlar ko'ngliga nur berib kelmoqda. Bu hikmatlardagi va naqllardagi mantiq, ma'no, zakovat va zarofat bitmas va tuganmasdir. Ular hamma, barcha zamonlarda jamiyatning kamoli uchun kamarbasta bo'lganlar. Ana shunday o'zbekcha hikmatlardan biri mana shunday ma'no anglatadi:
"Qush inida ko'rgan ishini qiladi".
Boshqacha qilib aytganda, qushning barcha harakat-u amallariga rasolik baxsh etmoqlik uchun, bu amallarning risolaga batamom,tamoman ergashmog'i uchun avvalambor,ayni inni va undagi harakatlarni risolaga solmoq kerak.Yana shu narsa ha aniqki,qush inida eshitganini aytadi,qarg'a bolasining o'z inida eshitib qulog'iga ilgani va tiliga tirgak qilgani "g'aq-g'aq"dir,u boshqa ,masalan,bulbul inining doimiy xush ohang sasi bo'lmish "chax-chax"ni hech bir zamon tilida tiriltira olmaydi.Qarg'aning "chah-chah aylashi" uchun u o'z inida ko'z ochgan damdanoq shu sas uning qulog'ida ipakdek eshilmog'i zarurdir. Nainki,qush,odam bolasi ham shunday. Zotan,mazkur naql ham odamning bolasi uchun aytilgan,faqatgina topib,ko'ngil degan nozik xilqatning g'oyat ingichka torchalarini titratmay aytilgan. Farzand tarbiyasida,bolaning til tarbiyasida uyning,ya'niki,oilasining mutlaq hal qilguvchi omil ekanligi haqidagi bu go'zal va lo'nda hikmatlar kishilik jamiyatining bir necha ming yillik tajribalari mahsuli sifatida yuzaga kelganligi tabiiydir.
Kaykovus bobomiz o'z avlodlariga shunday nasihat qiladi:
"Ey,farzand,toki qila olsang,so'z eshitmoqlikdan qochmaginki,kishi so'z eshitmoq bilan suxango'ylik,suxandonlik hosil qilur. Avvalo,buni shundoq dalillash mumkin,agar bir o'g'lon onadan tug'ilsa ,unga yerning ostidan bir joy qilib,sut berib,ul joyda parvarish qilsalar,onasi va doyasi unga gapirmasalar,u o'g'lon hech bir kishining so'zlarini eshitmasa,ulug',ya'niki,katta bo'lganida lol-hayrona bo'lurlar".
Tilning paydo bo'lishi va uning takomil topib bormog'i va odamzidning bu ne'matga noil bo'lmog'i kabi murakkab jarayonda ijtimoiy murakkab jarayonda ijtimoiy muhitning,kishilik jamiyatining,jamoasining uy va xonadon degan birlikning hal qilguvchi omul ekanligidan iborat haqiqatlarni insonlarning,odamlarning,kishilarning va kimsalarning aqllari hazm qilib ulgurguncha,ne-ne nasllar yugurik nasllar to'zoni ichra abadga qo'nim topgandir
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Kaykovus “Qobusnoma”
2. Saparov 2-jild.
Do'stlaringiz bilan baham: |