Ularning ta’minoti bo’yicha har bir firma o’zidagi ish kuchi narxini, ya’ni ish haqi darajasi va boshqa unga bog’liq to’lovlarni kamaytirishga harakat qiladi, boshqacha qilib aytganda, firmalar ikki shartga rioya qilishadi: birinchidan, firma tomonidan to’lanayotgan ish haqi darajasining har bir xodimning mehnat mahsuldorligini o’stirish hisobiga o’z ish haqini oshirishga qaratilgan munosabati minimumga yo’naltirishi, ikkinchidan, firma to’layotgan ish haqining darajasi minimum chegaradagi ish haqidan yuqori bo’lishi kerak. Bundan kelib chiqadiki, mehnatning ishbay to’lovida shaxsiy qobiliyatning ish haqi darajasiga nisbati o’zgaruvchanligi birga teng, yani u bilan baravardir. Bunda ish haqi darajasi va mehnat mahsuldorligi o’rtasidagi o’zaro uzviy aloqa korxona darajasida emas, faqat ish joyi darajasida namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |