Korxonalarda mehnatga haq to’lashning ikki shakli: ishbay va vaqtbay shakli qo’llaniladi. Mehnatga haq to’lashning shakl va tizimlari har bir guruh va toifadagi ishchilarning sarflagan mehnatining soni va sifatini hisobga olgan holda ish haqining miqdorini aniqlaydi. Sarflangan mehnatning miqdor o’lchov birligi ishlab chiqarilgan mahsulotning soni yoki sarflangan vaqt bilan belgilanadi. Shunga ko’ra, ishchilarning sarflangan vatqlari uchun belgilangan tarif stavkalari bo’yicha ish haqlarini hisoblashni mehnatga haq to’lashning vaqtbay shakli, ishchilarning ishlab chiqargan mahsulot miqdorlari uchun ish haqini hisoblashni mehnatga haq to’lashning ishbay shakli deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |