Pivolarning assortimenti. Hozirg’i kunda pivolar keng’ assortimentda ishlab chiqariladi.
Pivolar ishlatilayotgan solodning turiga qarab oqish, tiniq va qoramtir pivo navlariga bo’linadi. Oqish-tiniq pivolar ishlab chiqarishda oqish solod, qoramtir pivolar uchun esa qoramtir, qovurilgan solodlar ishlab chiqariladi. Oqish-tiniq pivo navlariga Jigulevskoe, Rijskoe, Samarkandskoe, Moskovskoe, Leningradskoe navlarini, qoramtir pivo navlariga esa Barxatnoe, Martovskoe, Porter kabi navlarini kiritish mumkin.
Pivolar ishlov berilishiga qarab pasterizastiya qilingan va pasterizastiya qilinmagan turlariga ham bo’linadi.
Sifati bo’yicha pivolar oliy va birinchi kateg’oriyalariga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |