Mustamlaka mamlakatlari va xalqlariga mustaqillik berish deklaratsiyasi



Download 89,23 Kb.
bet17/24
Sana28.02.2022
Hajmi89,23 Kb.
#473958
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
Bog'liq
Mantiqiy savollar

Pacta sunt servanda” prinsipi bir tomondan 1969-yilgi Xalqaro shartnomalar huquqi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi va 1986-yilgi Davlatlar va xalqaro tashkilotlar yoki xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi shartnoma huquqi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasida mustahkamlangan mustaqil, sohaviy xalqaro shartnomalar prinsipi sifatida harakat qilsa,
ikkinchi tomondan esa u xalqaro majburiyatni vijdonan bajarish umumiy prinsipining ifodasi hisoblanadi.
31. Халқаро шартномаларни шарҳлашнинг асосий ва қўшимча воситалари нималардан иборат? Қандай ҳолларда қўшимча воситалар қўлланилиши мумкин?
Sharhlash oldida turgan vazifalar sharhlash obyekti, ya’ni xalqaro-huquqiy norma bilan belgilanadi. Agar norma matnda ko'proq yoki kamroq to'liqlikda o'z aksini topsa, aynan mam sharhlashning asosiy vositasi bo'lib xizmat qiladi.
Sharhlash vositalari Xalqaro shartnomalar huquqi to'g'risidagi 1969-yilgi Vena konvensiyasida belgilangan. Bu Konvensiyada sharhlash vositalari asosiy va qo'shimcha vositalarga bo'lingan.
Birinchisiga keng ma’noda shartnoma matni kiritilgan. Tayyorgarlik davridagi materiallar va shartnoma tuzish holatlari sharhlashning qo'shimcha vositalariga kiritilgan. Qo'shimcha vositalardan foydalanishga faqatgina asosiy vositalardan foydalanish, normaning mazmunini noaniq qilib qo'yish yoki aql bovar qilmas natijalarga olib kelishi mumkin bo'lgan hollardagina yo'l qo'yiladi.
Xalqaro shartnomalar huquqi to'g'risidagi 1969 yilgi Vena konvensiyasi vijdoniylik prinsipini birinchi o'ringa qo'yadi.
Sharhlash vijdoniy bo'lishi, ya’ni barcha manfaatdor tomonlaming manfaatlarini inobatga olishi va normaning haqiqiy mazmunini aniqlashga qaratilgan bo'lishi zarur.
Sharhlashning birligi prinsipi normani barcha holatlarda bir xil tushunish va barcha subyektlarga nisbatan bir xil qo'llashni talab etadi.
Samaradorlik prinsipi izohlashning natijalari normaning maqsadlariga, uning ta’sirchan bo'lishiga erishishni talab etadi.
Maxsus qonun qoidasi sharhlashda umumiy normalarga nisbatan maxsus normalaming ustunligini tan olishni talab qiladi, chunki ular berilgan holga bevosita bog'liq bo'lib, umumiy normani aniqlashtiradi, ba’zan esa undan istisno qiladi.
Shunday qilib, quyidagi sharhlash usullari mayjud:
- grammatik usul - bu normaning ma’nosini etimologiya, leksika, sintaksis va hatto berilgan tilning stilistikasi nuqtayi nazaridan tahlil qilish yo'li bilan aniqlashdir;
- mantiqiy usul - norma mazmunini mantiq qonun va qoidalarini qo'llash yo'li bilan sharhlash;
- maxsus-yuridik usul - xalqaro-huquqiy normaning yuridik xarakterini aniqlash. Bunda norma hali ham kuchga egami, uning ta’siri qo'llaniladigan subyektlar doirasi qandayligi kabi holatlar to‘g‘risida gap boradi;
- tizimli usul - normani xalqaro huquq tizimining unsuri sifatida, uning maqsad va prinsiplari hamda boshqa normalar bilan o‘zaro bog‘liqlikda tahlil qiladi;
- teleologik usul - normaning mazmunini uning oldida turgan maqsadiga qarab aniqlaydi (bu maqsadli sharhlashdir);
- tarixiy usul - bu normaning mazmunini uning qabul qilinishining tarixiy shart-sharoitlari nuqtayi nazaridan aniqlashni nazarda tutadi.
32. “Имплементация”, “транформация”, “унификация”, “гармонизация”, “рецепция” тушунчаларининг нисбати қандай. Ушбу тушунчаларнинг ҳар бирига мисоллар келтиринг.
Hozirgi zamon xalqaro huquqi amaliyotida xalqaro huquq tizimi qoidalarini davlat ichki huquqida amalga oshirish jarayoni (yoki xalqaro huquq normalarini milliy huquq tizimlarida qo‘llash) xalqaro huquq normalarining hayotga tatbiq etilishi yoki “huquqni amalga oshirishni” anglatuvchi “implementatsiya” atamasi bilan belgilash qabul qilingan. Bu
maqsadda qadimdan bizgacha yetib kelgan inkorporatsiya mexanizmlari (ya’ni davlat ichki qonun chiqarish hujjatida xalqaro huquq normalarining aniq, ayni matn holida aks ettirilishi) yoki retsepsiyalash (xalqaro shartnoma normasini umumiy shaklda ichki qonunda aks ettirilishi)dan foydalaniladi.
Transformatsiya quyidagicha bo‘lishi mumkin:
birinchidan, umumiy — bunda davlatning o‘zi qabul qilgan xalqaro-huquqiy normalarning barchasi yoki ayrim turlari mamlakat huquqining uzviy qismi ekanini belgilaydi;
ikkinchidan, individual — bunda alohida xalqaro-huquqiy norma yoki normalar guruhi maxsus hujjat orqali mamlakat huquqiga kiritiladi;
uchinchidan, bevosita — bunda xalqaro shartnoma qoidasi, shartnoma qabul qilingani to‘g‘risidagi aktning to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir kuchi natijasi o‘laroq, milliy huquqdan ustunlik qiluvchi qoida asosida yuzaga keladi. Ayni chog‘da xalqaro huquq normasi mamlakat milliy
huquqining uzviy qismi sifatida qo‘llanishi uchun u o‘z-o‘zidan ijro etiladigan, ya’ni bevosita qo‘llash uchun yaroqli bo‘lishi zarur;
to‘rtinchidan, bilvosita — bunda xalqaro shartnoma asosida shartnoma mazmunini o‘zida aks ettiruvchi milliy normativ hujjat chiqariladi.
Shunday nuqtayi nazar ma’lumki, unga ko‘ra davlatning xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilish yoki ma’qullash fakti uning milliy qonunchiligi ajralmas bo‘lagiga aylanishi bilan tengdir. Xalqaro huquq nazariyasida ushbu yondashuv (retsepsiya) ko‘pincha davlatning ichki huquqiy hujjatlarida xalqarohuquqiy hujjat ifodasining aniq bayon etilishini belgilash maqsadida qo‘llanadi. Ba’zan retsepsiya deganda, davlatning milliy qonunchilik yordamida o‘z xalqaro majburiyatlarini bajarishini ta’min etishi tushuniladi.
33. Айни пайтда БМТнинг Денгиз ҳуқуқи тўғрисидаги Конвенциясини Ўзбекистон томонидан ратификация қилиш масаласи кўриб чиқилмоқда? Ушбу Конвенциянинг ички континентал давлатлар учун аҳамияти қандай?

34. Xalqaro shartnomalarga ogovorka institutining mohiyati nimada? Xalqaro shartnomalar huquqi bo‘yicha Vena Konvensiyasiga muvofiq qaysi hollarda ogovorkalarga yo‘l qo‘yiladi? Xorijiy davlatlar va O‘zbekiston amaliyotidan ogovorkalarga misollarini keltiring.


Izoh (ogovorka) xalqaro shartnoma tuzish jarayonida izoh beruvchi davlatga nisbatan shartnomaning alohida qoidalari harakatini o'zgartirish yoki bekor qilish maqsadida, shu davlatning bir tomonlama tartibda beradigan bayonoti, demakdir. Izoh shartnomaning maqsad va prinsiplariga zid bo'lmasligi va uning asosiy mazmunini o'zgartirib yubormasligi kerak. Izoh ratifikatsiya qilish, tasdiqlash va qo'shilish davrida beriladi.
Izoh berilishiga yo'l qo'ymaydigan, masalan, M D H mamlakatlari Iqtisodiy ittifoqini tuzish to'g'risidagi shartnoma kabi shartnomalar ham ko'pchilikni tashkil etadi. Izoh bergan davlat uni istalgan paytda bekor qilishi mumkin.
Agar ishtirokchilaming muayyan qismi, shuningdek, shartnomaning maqsad va prinsiplari uni barcha ishtirokchilaming yalpi ravishda qabul qilishini talab etsa, u holda shartnomaga izohlam i ham barcha ishtirokchilar tomonidan qabul qilinishi taqozo etiladi. Boshqa hollarda ishtirokchilardan muayyan qismining izohga nisbatan bildirgan e’tirozlari izoh bergan davlatning shartnomada ishtirok etishiga monelik qilmaydi. Bir yil davomida izohga nisbatan e ’tiroz bildirilmasa, uni ishtirokchi qabul qilgan hisoblanadi. Izohning yuridik oqibatlari shartnomaga uni tuzgan tomonlar va qabul qilgan tomonlar o'rtasidagi munosabatlarga daxldor o'zgartirishlar kiritishdan iborat. Agar ayrim tomonlar izoh beruvchi davlat bilan o'zaro munosabatlariga daxldor izohlarga e ’tiroz bildirsa, u holda bunday qoida qabul qilinmaydi. Izoh boshqa ishtirokchilar o'rtasidagi munosabatlaming o'zgarishiga olib kelmaydi.
35. Халқаро шартномаларни имзолаш жараёни ва унинг турларини тушунтири беринг?
Shartnomaning majburiyligiga rozilik bildirishning eng keng tarqalgan usuli uni imzolashdir.
Xalqaro amaliyot shartnomalar imzolashning ma’lum qoidalarini ishlab chiqdi. Misol uchun, ikki tomonlama shartnoma ostidagi davlatlar vakillarining imzolari bir-biriga qarama-qarshi yoki biri ikkinchisining ostida joylashadi. Har ikkala tillardagi matnlarda birinchi o‘rinni (chap yoki yuqori qismda) shartnomaning shu nusxasi saqlanadigan davlat vakilining imzosi egallaydi. Shartnomaning nomida ham birinchi o ‘rinda shartnoma asl nusxasining shu nusxasi saqlanadigan davlatning nomi turadi. Shartnoma matni o ’ngdan chapga qarab
yoziladigan tillarda o ‘ng tomondagi imzo birinchi o ‘rin hisoblanadi.
Bunday o ‘rin almashish altemat prinsipi deb ataladi. K o‘p tomonlama shartnoma ostidagi davlat vakillarining imzolari qatnashchilar kelishgan tildagi alifbo tartibida birin-ketin joylashadi. Bunda davlatlar vakillarining imzolash tartibi birinchi o ‘rindan emas, balki qur'a tashlash yo‘li bilan har qanday joydan boshlanishi mumkin. 1969- va 1986-yilgi Vena konvensiyalarida imzolashning уana bir xususiyati to‘g ‘risida gapiriladi. Bu konvensiyalaming 18-moddalariga ko‘ra, shartnomani ratifikasiya qilgan, qabul qilgan yoki tasdiqlagan davlatlar yoki xalqaro tashkilotlar shartnomani obyekt va maqsaddan mahrum etuvchi harakatlardan tiyilishlari zarur. Davlatlar yoki xalqaro tashkilotlar bunday shartnomaning qatnashchilari bo‘lish niyatlarini bildirmas ekanlar, hali kuchga kirmagan va shu vaqtda amalda bo‘Igan shartnomalarga nisbatan ham ko'rsatilgan harakatlardan o'zlarini tiyadilar.
Xalqaro shartnomani imzolash chog'ida bu jarayonni quyidagi besh
bosqichga bo'lish taklif etiladi:

Download 89,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish