Mustamlaka mamlakatlari va xalqlariga mustaqillik berish deklaratsiyasi


Xalqaro shartnomalar huquqi to’g’risida Vena konvensiyasi 1969 – yil



Download 89,23 Kb.
bet20/24
Sana28.02.2022
Hajmi89,23 Kb.
#473958
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Mantiqiy savollar

Xalqaro shartnomalar huquqi to’g’risida Vena konvensiyasi 1969 – yil
2 – modda Atamalarning qo’llanilishi
a) “shartnoma” davlatlar o‘rtasida yozma shaklda tuzilgan va xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan, u bir hujjatda, ikki yoki bir necha o‘zaro bog’liq hujjatlarda aks etganidan qatʼiy nazar, shuningdek uning aniq nomidan qatʼi nazar, xalqaro bitimni anglatadi;
38. Халқаро шартнома мантини қабул қилиш босқичлари мазмунини тушунтириб беринг?
Matnni qabul qilish.
Matnni qabul qilish shartnoma mazmuniga rozilik bildirilganligining yakuniy bosqichi hisoblanadi. Lekin matnni qabul qilish uchun ovoz berishda davlat hech qanday darajada uning qoidalariga o‘zini bog‘lamaydi.
O‘tmishda hamma uchun umumiy – shartnoma matni kelishuv ishtirokchilarining barchasi tomonidan bir ovozdan qabul qilinishi mumkin, degan qoida mavjud edi. Ko‘p tomonlama tuzilayotgan shartnomalarda ishtirok etuvchilar sonining ko‘payishi amaliyotda matnni
ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilishni imkoni yo‘qligini taqozo etdi. Bunda bir ovozga kelishni talab qilish demokratiya hisoblanmaydi, zero u bitta yoki bir nechta davlatning ko‘pchilik ishtirokchilarni ovozini ham yo‘qqa chiqaruvchi rozilikni to‘sib qo‘yishga olib keladi.
Shuni inobatga olgan holda, Xalqaro huquq Komissiyasi bir ovoz, yaxlit kelishuv qoidasini ikki tomonlama tuzilgan shartnomalar, ishtirokchilar soni uncha ko‘p bo‘lmagan shartnomalar uchun saqlab qoldi.
Keng hisoblangan ko‘p tomonlama shartnomalarda esa, ishtirokchilarning uchdan ikki qismi ovoz berish qoidasini o‘rnatishni taklif etdi. Bunda kelishuv ishtirokchilari boshqa qoidalarni ham o‘rnatishlari mumkin. Bu taklif Vena Konferensiyasida xalqaro huquqning jadal rivojlanishi sifatida baholandi.
Shartnoma matnini konsensus yo‘lida qabul qilinishi mumkin. Bu shartnomani ovoz berishsiz, barcha tomonlarning rozilik kelishuvlari va rasmiy e’tirozlarsiz qabul qilinishidir.
Shartnoma matnini tayyorlash va uni qabul qilish. Shartnoma matnini tayyorlash xalqaro konvensiyalar va xalqaro tashkilotlarda oddiy diplomatik yo‘llar orqali muzokaralar olib borish usuli bilan amalga oshiriladi. Qoidaga ko‘ra, diplomatik muzokaralar yo‘li bilan
ikki tomonlama shartnomalar matnlari tayyorlanadi. Xalqaro tashkilotlarda shartnomalar matni loyihalari ulaming asosiy organlari yoki shu maqsadlar uchun maxsus tuzilgan yordamchi organlar tomonidan ishlab chiqiladi. Amaliyotda xalqaro konferensiyaning o ‘zi shartnoma matni loyihasini ishlab chiqish hollari ham mavjud. BMTning Dengiz
huquqi bo‘yicha 1982-yilgi Konvensiyasi bunga misoldir, uning matnini 1974-1982 yillardagi BMTning Dengiz huquqi bo‘yicha konferensiyalari ishlab chiqqan.
Shartnoma matni qabul qilinishi bilan, mohiyatan, davlatlar o ‘rtasidagi bu matnni tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan muzokaralar tugaydi. 1969-yilgi Vena konvensiyasining 9-moddasi 1-bandiga ko‘ra, «shartnoma matni uni tuzishda qatnashgan barcha davlatlaming
roziligi bilan qabul qilinadi». Shartnoma matni imzolash yoki tasdiqlash ko‘rinishida qabul qilinishi mumkin. Xalqaro konvensiyalarda shartnoma matni ulaming ish tartibi qoidalariga ko‘ra qabul qilinadi. Biroq, unda qabul qilish tartibi belgilangan bo‘lmasa, matn 1969-yilgi
Vena konvensiyasining 9-moddasi 2-bandida nazarda tutilganidek, ya’ni «hozir bo‘lgan va ovoz berishda qatnashayotgan davlatlar vakillarining uchdan ikki qismining ovoz berishi yo‘li bilan» qabul qilinadi. Xuddi shunday holat 1986-yilgi Vena konvensiyasining 9-moddasida ham mavjud. Xalqaro tashkilotlar, masalan, BMTda shartnoma matnlari bu
tashkilotlarda mavjud bo‘lgan qoidalarga ko‘ra qabul qilinadi. Qoidaga ko‘ra, shartnoma matni tegishli rezolutsiya qabul qilish yo‘li bilan qabul qilinadi. Xalqaro amaliyot xalqaro konferensiya va xalqaro tashkilotlarda shartnoma matnini qabul qilishning yangi shakli - qatnashchilar nuqtayi nazarlarini muvofiqlashtirish yo‘li va hech bir qatnashchi tomonidan rasmiy qarshilik bo'lm aganda shartnoma matnini ovoz berishsiz qabul qilish shaklini ishlab chiqdi. Shartnoma matnini qabul qilishning bunday ko'rinishi konsensus nomini oldi.
39. Халқаро ҳуқуқнинг кодификация ва прогрессив ривожланиши нима? Кодификациянинг қандай турлари мавжуд. Халқаро оммавий ҳуқуқни кодификация қилишда БМТнинг Халқаро ҳуқуқ бўйича комиссиясининг роли қандай?


Download 89,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish