Shartnomalaning hudud doirasida amal qilishi. Ayrim shartnomalar aniq belgilangan hududiy amal qilish doirasiga ega emas. Barcha sharoitlarda shartnomalar ishtirokchilarning suvereniteti doirasida amal qilishi lozim. O‘tmishda tomonlarga tegishli bo‘lmagan hududlarni ham o‘z ichiga olgan shartnoma hududi tushunchasi mavjud bo‘lgan. Shu
yo‘l bilan hozirgi xalqaro huquqqa zid bo‘lgan ta’sir va manfaatlar doiralari aniqlangan. Misol sifatida NATOning 50-yilligi munosabati bilan qabul qilingan 1969-yilgi Vena konevensiyasi 5-moddasining qoidalarini a’zo bo‘lmagan davlatlar orasida tarqatish to‘g‘risidagi normani keltirish mumkin.
Ko‘pchilik shartnomalarda amal qilish hududi aniq belgilangan. Ayrim holatlarda bunday hududlar aniq ko‘rsatiladi. Misol sifatida Shpitsbergen to‘g‘risidagi 1920-yilgi Parij shartnomasi yoki 1959-yilgi Antarktida to‘g‘risidagi shartnomani keltirish mumkin. Hududiy amal qiluvchi ayrim shartnomalarda uning chegarasi ko‘rsatilmagan. Misol sifatida ushlab berish to‘g‘risidagi shartnomalarni keltirish mumkin. Shartnomalarning amal qilish doirasi ishtirokchilari tomonidan belgilanadi. Shunga qaramasdan umumiy qoida sifatida shartnoma
davlatning butun hududida amal qiladi. Adabiyotlarda ham, xalqaro amaliyotda ham shartnomada boshqacha holat nazarda tutilmagan bo‘lsa, shartnoma davlatning butun hududida amal qilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu moddani Xalqaro huquq Komissiyasi tomonidan berilgan loyihasiga keltirilgan takliflarda ayrim hukumatlar ushbu modda
shartnomalarni ekstraterritorial qo‘llanilishiga nisbatan ham amal qilishi tarafdori bo‘lishgan. Komissiya bunday qoida davlatlarning ekstraterritorial vakolatini aniqlash bilan bog‘liq bir qancha qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Komissiya 25-moddaning quyidagi tahrirda taqdim etgan: “agar shartnomada yoki boshqacha tazrda boshqa qoida kelishilmagan bo‘lsa, shartnoma hamma ishtirokchilarining butun hududida amal qiladi”.
Natijada davlatning barcha hududida to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘llanilishi belgilandi. Shu bilan bir qatorda shartnomaning davlat ichida amal qilish masalasi davlat ichki huquqidan kelib chiqib turlicha hal qilinadi. Buning natijasida 1986-yilgi Vena Konferensiyasining ishtirokchisi sifatida “shartnoma har bir ishtirokchi uchun uning butun hududida majburiy hisoblanadi” degan qoidadan kelib chiqib moddaning loyihasiga o‘zgartirish kiritishni taklif qilishga olib keldi. Boshqacha aytganda, shartnoma bevosita davlatning barcha hududida qo‘llanilmaydi, u davlatga shartnomani o‘zining barcha hududida qo‘llash choralarini ko‘rish
majburiyatini yuklaydi. O‘zgartirish Konferensiyada bitta ham qarshi ovoz olmasdan qabul qilingan. Ko‘rib turganimizdek, xalqaro huquq shartnoma bevosita davlatning barcha hududida qo‘llash masalasini hal qilmaydi, u davlatga shartnomani o‘zining barcha hududida qo‘llash choralarini ko‘rish majburiyatini yuklaydi.
Tashkilotlar ishtirokidagi shartnoma huquqi to‘g‘risidagi konvensiya loyihasini tayyorlashda hudud to‘g‘risidagi normalarni qo‘llanilish masalasi ko‘tarilgan. Tashkilotlar o‘z hududiga ega emasligini hisobga olib, Xalqaro huquq Komissiyasi tashkilotlarning shartnomalari ular
qayerda joylashganligidan qat’i nazar, tashkilotning barcha organlarida amal qilishi lozim degan fikrga keldi. Shunga qaramasdan, “hudud atamasi faqat davlatlarga nisbatan qo‘llanilishi lozim deb qaror qilindi. Tashkilotlarning bu boradagi amaliyoti hali shakllanmagan. Shuning uchun kodifikatsiya qilish qiyin bo‘lgan masalani keyinroqqa qoldirishga kelishildi. 1986-yilgi Vena konvensiyasi bunday qarorni ma’qulladi.
“Shartnomalarning amal qilish doirasi” nomli 29-moddada belgilanishicha, bir yoki bir necha davlatlar yoxud bir yoki bir necha xalqaro tashkilotlar o‘rtasida tuzilgan shartnoma har bir ishtirokchi davlat uchun uning butun hududida majburiydir. Shartnoma yoki boshqacha
hujjatdan kelib chiquvchi qoida bundan mustasno.
41. Классик (мумтоз) халқаро ҳуқуқ ва замонавий халқаро ҳуқуқнинг ўзига хос ва фарқли хусусиятларини таҳлил қилинг.
Hozirgi zamon xalqaro huquqi va klassik xalqaro huquq o'rtasidagi sezilarli farq ulaming urush va tinchlikka bo'lgan munosabatlaridadir. Klassik xalqaro huquq urushni davlatiar o'rtasidagi nizolami hal qilishning huquqiy vositasi sifatida qabul qilar edi. Masalan, XX
asming boshlaridayoq F.F. Martens «urush hozirgacha xalqaro nizolami hal qilishning odatiy vositasi bo'lib qolmoqda», deya fikr yuritgan edi. Klassik xalqaro huquqning bu qoidasi xalqaro huquq kursini, urush va tinchlik huquqidek sof tashqi ajratishda ham o'z
aksini topgan. Hyugo Grotsiyning «Urush va tinchlik huquqi to'g'risida»gi mashhur kursi bunga o'ziga xos misol bo'lib xizmat qilishi mumkin.
1928-yilgi Brian-Kellog paktiga asosan, milliy siyosat quroli sifatida urushdan foydalanish taqiqlab qo‘yildi. Urushga bo'lgan munosabat Birinchi jahon urushidan keyin uzil kesil o'zgardi. BMT Ustavida kuch ishlatish yoki kuch ishlatish bilan tahdid qilish butunlay taqiqlab qo'yildi.
Hozirgi zamon xalqaro huquqi klassik xalqaro huquqdan hududiy ta’sir doirasi bilan ham farq qiladi. Qadimgi xalqaro huquq faqat kelib chiqishi bilangina emas, balki tarqalishi jihatidan ham Yevropa huquqi hisoblanadi. U asosan Yevropa davlatiari o'rtasida amal qilgan. Uning hududiy tarqalishining cheklanganligi hatto xalqaro huquq kurslarining nomlarida ham ta’kidlab o'tilgan. Masalan, F.F. Martensning eng mashhur asari «Madaniylashgan xalqlaming hozirgi zamon xalqaro huquqi» deb atalgan. Keng tafqdlgan xalqaro huquq kursining muallifi, nemis millatiga mansub P. List xalqaro huquq faqat 43 ta davlat o'rtasidagi munosabatlardagim to‘la hajmda amal qiladi, deb hisoblagan. Bu davlatiar qatoriga u 21 ta Yevropa davlatini, 21 ta Amerika davlati hamda Yaponiyani kiritgan va qolgan barcha Osiyo va Afrika davlatlarini xalqaro huquq ta’siri doiras|dan chiqarib tashlagan.
Hozirgi zamon xalqaro huquqi o'z ta’sir doirasiga barcha davlatlami oladi. Bu jihatdan u tom ma’noda universaldir. Klassik xalqaro huquqda bir davlatning boshqa davlatga qaramligining turli darajalarini belgilab bemvchi (koloniyalar, protektoratlar va sh.k.) normalar mavjud edi.
Mashhur Mustamlaka mamlakatlar va xalqlarga mustaqillik berish to'g'risidagi I960 yilgi Deklaratsiya kolonial xalqlaming qaramlikdan ozod bo'lish, o'z taraqqiyoti yo'lini o'zi erkin belgilash huquqini tan oldi. Hozirgi zamon xalqaro huquqi klassik xalqaro huquqda mayjud bo'lgan kapitulatsiya r6jinri va settelmentlar kabi kolonial huquq institutlarini inkor etadi.
Bu ikki xalqaro huquq yo'nalishi bir-biridan manbalari bilan ham farq qiladi. Klassik xalqaro huquq kelib chiqishiga ko'ra asosan odat huquqidir. Hozirgi zamon xalqaro huquqida ham xalqaro odat asosiy manbalardan biri bo'lib qolmoqda. Lekin kodifikatsiyalashdagi yutuqlar va xalqaro huquqning progressiv rivoji hozirgi zamon xalqaro huquqini kelib chiqishiga ko'ra shartnoma huquqi sifatida e’tirof etish imkonini beradi.
Bu ikki yo‘nalishni subyektlari bo'yicha ham farqlash mumkin. Klassik xalqaro huquqda yagona subyekt davlat edi. Hozirgi zamon xalqaro huquqida esa davlat asosiy subyekt bo'lib qolishi bilan birga, yangi hosila subyektlar - xalqaro tashkilotlar va davlatsifat tuzilmalar
ham mavjud. Xalqaro huquqning individga munosabati ham o'zgardi. Hozirgi zamon xalqaro huquqi individga va xususan inson huquqlariga katta e’tibor bermoqda. Hozirgi zamon xalqaro huquqida davlatlaming inson huquqlarini himoya qilish borasidagi hamkorligini tartibga soluvchi tarmoq shakllangan. Hozirgi zamon xalqaro huquqida davlatiar bilan birga individlar ham xalqaro jinoyatlari uchun javobgarlikka tortilishi mumkin. Jumladan, Nyumberg va Tokio harbiy sud jarayonlarining qarorlari bunga misol bo‘la oladi. Harbiy jinoyatchilar insoniyat va tinchlikka qarshi harakatlari uchun o'z davlatiari bilan birga xalqaro-huquqiy javobgarlikka tortildilar. Tabiiyki, hozirgi zamon xalqaro huquqida klassik xalqaro huquqda bo'lmagan yangi tarmoqlar vujudga keldi, masalan, xalqaro havo huquqi, xalqaro yadro huquqi, xalqaro fazo huquqi va shu kabilar.
42. Давлатларнинг бир томонлама актларининг халқаро ҳуқуқ манбаси сифатида хусусиятларини изоҳланг.
Xalqaro huquqning yordamchi manbalaridan biri, shuningdek, davlatlaming bir tomonlama yuridik aktlari, jumladan, majburiya akti, tan olish akti va e’tiroz (protest) aktlaridir. Dastlabki ikkita akt, qoida tariqasida, uyg'unlikda amal qiladi.
43. Халқаро ташкилотларни таснифлашнинг асосий мезонлари нималардан иборат.
Jahondagi mavjud xalqaro tashkilotlarni va ularning faoliyatini yaqindan o‘rganish uchun, avvalombor, ularni klassifikatsiyalash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki ularni klassifikatsiyalash yo‘li bilan mazkur xalqaro tashkilotlar va ularning xalqaro huquqdagi o‘rnini, maqsad va vazifalarini to‘g‘ri tushuna olamiz.
Odatda xalqaro hukumatlararo tashkilotlarni turli belgilari bilan klassifikatsiyalash qabul qilingan. Bunday klassifikatsiyalash quyidagicha amalga oshiriladi:
Faoliyati yuzasidan:
– umumiy vakolatli, ya’ni barcha sohalar bo‘yicha a’zo davlatlarning hamkorligini muvofiqlashtirib, ularga ko‘maklashuvchi xalqaro tashkilotlar: BMT, MDH, Yevropa Ittifoqi tashkilotlari misol bo‘la oladi;
– ixtisoslashgan vakolatli – siyosiy, harbiy, iqtisodiy, moliyaviy, savdo masalalari, sog‘liqni saqlash va boshqa muayyan sohada davlatlararo hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan xalqaro tashkilotlar, masalan, YUNESKO, NATO, MAGATE kabi tashkilotlar misol bo‘la
oladi. Xususan, Xalqaro Tashkilotlar Assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 200 tacha hukumatlararo va hukumatlarga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar fan, madaniyat va sog‘liqni saqlash sohasida xalqaro huquq subyektlarining hamkorligini xalqaro tartibga solish sohasi bilan mashg‘uldir.
A’zolarining geografik joylashuvi doirasiga qarab:
– universal, ya’ni geografik jihatdan jahondagi barcha qit’alardagi davlatlarni qamrab oluvchi xalqaro tashkilotlar (BMT va uning ixtisoslashtirilgan tashkilotlari (masalan, YUNESKO);
– mintaqalararo, dunyoning ikki yoki uchta mintaqasini qamrab oluvchi (masalan, YXHT, NATO);
– mintaqaviy, ya’ni geografik jihatdan faqatgina muayyan qit’adagi davlatlarni birlashtirishni maqsad qilib qo‘ygan xalqaro tashkilotlar (masalan, Yevropa Kengashi, Afrika birligi tashkiloti);
– submintaqaviy, geografik jihatdan muayyan bir kichik mintaqa mamlakatlarini birlashtirgan xalqaro tashkilotlar (masalan, SHHT, G‘arbiy Yevropa Ittifoqi).
A’zolarning geografik joylashuvi asnosida klassifikatsiya qilinganda, esdan chiqmasligi kerakki, BMT Ustavi (Nizomi)ga ko‘ra xalqaro hukumatlararo tashkilotlar faqat universal va mintaqaviy tashkilotlarga bo‘linadi. Unga asosan mintaqaviy tashkilotlarga nafaqat mintaqaviy tashkilotlar, balki bu guruhga mintaqalararo va submintaqaviy tashkilotlar ham kiritiladi. Shuning uchun ham, biz taklif etayotgan tasnifda, asosan, a’zolarining muayyan geografik birligiga to‘la mos kelmasligi mumkin. Misol uchun: Islom konferensiyasi tashkiloti.
Tashkilot tarkibiga yangi davlatlarni qabul qilish yoki qabul qilmasligiga qarab:
– ochiq holdagi;
– yopiq holdagi xalqaro tashkilotlarga bo‘linadi. funksiyalari teng. Misol uchun: YUNESKO, XMT;
– “millatdan yuqori turuvchi” tashkilotlar, ya’ni millatdan yuqori turuvchi organlarga ega bo‘lgan tashkilotlar, misol uchun: YI
Birinchi va ikkinchi holatda xalqaro tashkilotning maqsadi davlatlararo hamkorlik bo‘lib, qarorlar asosan davlatlarga yo‘llanadigan bo‘lsa, ikkinchi holatda esa biz yana davlatlararo integratsiyani tushunamiz, ularning qarorlari, nafaqat davlatlarga, shuningdek bevosita a’zo davlatlarning fuqarolariga va yuridik shaxslariga ham taalluqli bo‘ladi.
Xalqaro nohukumat (nodavlat) tashkilotlarni ham quyidagicha klassifikatsiyalash mumkin:
a) siyosiy, mafkuraviy, ijtimoy-iqtisodiy, kasaba uyushmaviy;
b) onalik va bolalikni himoya etuvchi ayollar tashkiloti;
d) ilmiy, madaniy-ma’rifiy;
e) matbuot, kino, radio, televideniye va boshqa sohalar.
44. Халқаро ташкилотларга аъзолик тартиби, унинг турлари ва ўзига хос хусусиятларини тушунтиринг.
Turli xalqaro tashkilotlar a’zolikka qabul qilish bo‘yicha o‘zlarining turlicha qabul qilish qoidalarini o‘rnatishi mumkin. Ba’zi bir tashkilotlarda “Birinchi a’zolar” degan tushuncha ma’lum bo‘lib, bu ushbu tashkilotning ustavini ishlab chiqishda ishtirok etgan davlatlarni anglatadi. Masalan, BMT Ustavining 3-moddasida, uning birinchi Ustavda ko‘rsatilganidek
“dastlabki a’zolari” sifatida San-Fransiskoda bo‘lgan Konferensiyada qatnashib yoki ilgariroq Birlashgan Millatlarning 1942-yil 1-yanvardagi Deklaratsiyasini imzolab, BMT Ustavining 110-moddasiga muvofiq ushbu Ustavni imzolagan va ratifikatsiya qilgan davlatlar BMTning dastlabki a’zolari hisoblanadi. “Birinchi a’zolar”ni “a’zolikka qo‘shilganlar”dan farqlash lozim bo‘ladi. Bunda tashkilotga keyin kelib qo‘shilgan davlatlar tushuniladi. BMT Ustavining4-moddasida esa Tashkilot a’zoligiga qo‘shilish istagini bildiruvchi davlatlar uchun talablar qo‘yilgan. “Birinchi a’zo bo‘lmagan uchun boshqacharoq tartib ko‘rsatilgan, ya’ni qo‘shilmoqchi bo‘lgan davlat BMT Ustavida keltirilgan majburiyatlarni zimmasiga olishi va ularni bajara oladigan tinchliksevar davlatlar bo‘lishi va, eng muhimi, endi ular Xavfsizlik kengashi tavsiyasini olishi va Bosh Assambleyada ovozga qo‘yilishi kerak.
Ba’zi bir ixtisoslashgan muassasalarda “a’zolikka qo‘shilganlar” ham ikkiga bo‘linadi. Birinchi guruhga BMT a’zolari kiradi va ularga a’zolikka kirish nisbatan osonroq kechadi. Ikkinchi guruhga esa BMTga a’zo bo‘lmagan davlatlar kiradi va ularga a’zolikka kirishi uchun bir muncha murakkabroq qoidalar o‘rnatiladi3. Shuningdek, G‘arb xalqaro huquq
doktrinasida xalqaro tashkilotlar a’zolarini ikki kategoriyaga: to‘la huquqli va to‘la bo‘lmagan huquqli a’zolarga bo‘lish xarakterli bo‘lib, ularning birinchisiga davlatlar kiradi, ikkinchisiga ega o‘zini o‘zi boshqara olmaydigan hududlar, hattoki ba’zi suveren davlatlar ham kiradi.
A’zolikka qabul qilish masalasida ayrim xalqaro tashkilotlar, yangi a’zoni qabul qilish bilan bogʻliq qoidalari bilan ham boshqa tashkilotlardan farq qiladi. Jumladan, Jahon savdo tashkiloti (JST)ga a’zolik boshqa har qanday xalqaro tashkilotdan farq qiladi. Mazkur
Tashkilotga a’zo bo‘ladigan har bir nomzod davlat JSTning barcha a’zolari bilan a’zolik shartlari bo‘yicha alohida kelishishi shart. Agar Tashkilotning biror bir a’zosi bilan kelishilmagan taqdirda nomzod davlat Tashkilot a’zosi bo‘la olmaydi.
Xalqaro tashkilotlarda a’zolik klassifikatsiyasi. Xalqaro hukumatlararo tashkilotlarda a’zolik quyidagi belgilar bilan klassifikatsiyalanishi mumkin:
– xalqaro tashkilotlarning birinchi a’zolari (ta’sischilar) yoki qo‘shilgan a’zolari bo‘yicha;
– xalqaro tashkilotlarning to‘la huquqli a’zolari bo‘yicha;
– xalqaro tashkilotlarning assotsiatsiyalashgan a’zolari bo‘yicha;
– xalqaro tashkilotlarda kuzatuvchi maqomi bo‘yicha;
– xalqaro tashkilotlarda maslahatchi maqomi bo‘yicha.
Bir talay xalqaro tashkilotlar ta’sis hujjatlarida to‘la a’zolikdan tashqari assotsiatsiyalashgan a’zolik ham ko‘zda tutilgan. Davlatni xalqaro tashkilotning assotsiatsiyalashgan a’zosi sifatida qabul qilish odatda tashkilot bilan mazkur davlat o‘rtasidagi shartnoma asosida amalga
oshiriladi.
45. Халқаро низоларни тинч йўл билан ҳал қилиш принципининг мазмуни нимадан иборат.
Do'stlaringiz bilan baham: |