25. 1969 йилги Халқаро шартномалар ҳуқуқи тўғрисидаги Вена конвенциясига мувофиқ халқаро шартномани тузиш босқичлари қандай?
26. Халқаро шартномавий ташаббус нима? Халқаро шартномавий ташаббусларнинг Ўзбекистон амалиётидан қандай мисоллари бор?
Qoidaga ko'ra, shartnoma tuzishdan oldin shartnoma tashabbusi, ya’ni bir davlat yoki davlatlar gumhining shartnoma matni loyihasini taqdim etib, m a’lum bir shartnoma tuzish taklifi keladi. Bunday harakatlar shartnoma tuzish jarayonini, ayniqsa, matn ustida ishlashni
osonlashtiradi.
27. Айрим халқаро шартномаларда унинг кучга киргунига қадар ёки кучга кирганидан кейин вақтинчалик қўллаш ҳақида қоидалар мавжуд. Мана шундай тарзда халқаро шартномаларни қўллашнинг шартлари ва оқибатлари қандай?
Xalqaro shartnomaning kuchga kirishi u o'zida qayd etilgan shartsharoitga muvofiq ravishda yuridik hujjatga aylangan paytdan boshlanadi. Ratifikatsiya qilinishi yoki tasdiqlanishi taqozo etilmaydigan xalqaro shartnoma imzolanishi bilanoq kuchga kiradi. Ratifikatsiya qilinishi zarur bo'lgan xalqaro shartnoma esa ratifikatsiya qilingach (yoki tasdiqlangach) kuchga kirgan hisoblanadi.
Xalqaro shartnoma kuchga kirishiga qadar uni qabul qilganlarga majburiyat yuklamaydi. Ammo umumiy xalqaro huquq normalari ta’sir kuchiga ko'ra, tomonlar shartnoma imzolangan paytidan to kuchga kirishiga qadar shartnomani obyektidan mahrum qilishga qodir bo'lgan, shartnoma maqsadlarini ro'yobga chiqarishga xalal beradigan xatti-harakatlardan tiyilib turishga majburdir. Xalqaro shartnomaning kuchga kirishi va uni qo'llash, odatda, bir xil paytga to'g'ri keladi. Lekin istisnoli hollar ham yo'q emas. M asalan,
1954-yildagi Qurolli mojaro chiqqan holda madaniy boyliklaming himoya
qilinishi to'g'risidagi Gaaga konvensiyasida ko'zda tutilishicha, u ratifikatsiya yorlig'i yoki qo'shilish to'g'risidagi hujjat topshirilganidan so'ng kuchga kirgani holda, faqat qurolli mojarolar yuz bergandagina qo'llanishi mumkin. B a’zan xalqaro shartnomalarda ularning shartlari kuchga kirganidan so'ng muayyan muddat o'tgach qo'llanila boshlashi haqidagi
qoidalar ham ko'zda tutilgan bo'ladi.
Agar xalqaro shartnomada tegishli qoida ko'zda tutilgan yoki ishtirokchilar bu haqda boshqa bir tarzda ahdlashib olgan bo'lsa, shartnoma vaqtincha, kuchga kirishiga qadar ham qo'llanishi mumkin. Bunday vaqtincha qo'llash tajribasini Iqtisodiy Ittifoq (M D H ) tuzish to'g'risidagi shartnoma yuzasidan uning ishtirokchilari qabul qilgan qaror misolida
kuzatish mumkin. Xalqaro shartnoma, xuddi qonun kabi, orqaga qaytish kuchiga ega
emas.
28. Халқаро ҳуқуқ манбаи сифатида «юмшоқ ҳуқуқ»нинг хусусиятлари қандай? Мисоллар келтиринг.
Xalqaro ommaviy huquq. doktrinasi va amaliyotining tahlili shuni ko‘rsatadiki, «yumshoq huquq» («Soft Law») atamasi ikki xil hodisani nomlash uchun ishlatiladi. Birinchi holatda gap xalqaro huquqiy normalaming alohida ko'rinishi to’g‘risida borsa, boshqasida
esa o‘zga - nohuquqiy xalqaro normalar to‘g‘risida boradi. Birinchi holda, «qattiq huquq» («Hard Law»)dan farqli o'laroq, aniq huquq va majburiyatlar tug‘dirmaydigan, faqat subyektlar rioya qilishi lozim bo‘Igan umumiy ko‘fsatmalar beruychi normalar nazarda
tutiladi. «Erishish», «intilish», «zarur choralar ko‘rish» va sh.k. so‘z va iboralar bunday normalarga xosdir.
«Yumshoq huquq» normalarining ikkinchi turiga nohuquqiy hujjatlar, ya’ni qo'shma bayonotlar va kommyunikelardagi normalar kiradi.
Xalqaro «yumshoq» huquq atamasi ikkita har xil holatni ifodalas uchun ishlatiladi.
Birinchidan, xalqaro «yumshoq» huquq aniq huquq va majburiyatlami yuzaga keltirmaydigan, faqatgina umumiy yo'nalish beradigan va ayni chog'da bu yo'nalishga subyektlar amal qilishi majburiy bo'lgan xalqaro-huquqiy normalarning alohida turidir. Bunday normalar uchun
«erishish», «intilish», «zaruriy choralar ko'rish» va boshqa shu singari so'zlar xosdir. Ular, ayniqsa siyosiy shartnomalarda tobora ko'payib bormoqda.
Ikkinchidan, xalqaro «yumshoq» huquq nohuquqiy xalqaro normalarga nisbatan ishlatiladi. Ular nohuquqiy hujjatlarda — xalqaro tashkilotlar rezolyutsiyalarida, qo'shm a bayonotlarda, kommyunikelarda mavjud bo'ladi. Bu normalarga misol sifatida Yevropada Xavfsizlik va
Hamkorlik Tashkiloti (YXHT) hujjatlarini1 ko'rsatish mumkinki, ular Yevropadagi xalqaro munosabatlar tizimini qayta ko'rishda muhim vositaga aylangan.
29. Ҳудудий яхлитлик принципи ва чегараларнинг дахлсизлиги принципи ўртасидаги фарқ нимадан иборат?
Do'stlaringiz bilan baham: |