Mustamlaka mamlakatlari va xalqlariga mustaqillik berish deklaratsiyasi


Anklav va eksklav atamalari bir davlat tarkibiga kiruvchi, lekin boshqa bir davlat maydonlari bilan o‘ralgan hududlarga nisbatan ishlatiladi



Download 89,23 Kb.
bet12/24
Sana28.02.2022
Hajmi89,23 Kb.
#473958
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Bog'liq
Mantiqiy savollar

Anklav va eksklav atamalari bir davlat tarkibiga kiruvchi, lekin boshqa bir davlat maydonlari bilan o‘ralgan hududlarga nisbatan ishlatiladi. Bunday hudud A davlatga tegishli bo‘lib, B davlat hududida joylashgan bo‘lsa, unda A davlat uchun eksklav, B davlat uchun esa anklav hisoblanadi. Bunday hududlarning paydo bo‘lishi, asosan mamlakatlar o‘rtasida o‘tkaziladigan delimitatsiya va demarkatsiya jarayonlariga bog‘liq.
Dunyo bo’ylab milliy darajadagi, ya’ni boshqa davlat hududida joylashgan 50 ga yaqin anklav hududlar mavjud. O’zbekistonning Qirg’izistonda joylashgan 4 ta eksklav hududi mavjud bular: So’x, Shohimardon, Cho’ng’ara va Janguayl.
O’zbekiston hududida joylashgan anklavlarga Barak va Sarvak kiradi.
20. Халқаро ҳуқуқда жавобгарликнинг қандай турлари мавжуд?
Жавобгарлик ва санкция ўртасидаги фарқ нима?
Санкциялар қарши чоралардан нимаси билан фарқ қилади?
Мисоллар келтиринг.
Xalqaro-huquqiy javobgarlik – bu xalqaro huquq normalarini va o‘z xalqaro majburiyatlarini buzgan xalqaro huquq subyekti uchun kelib chiqadigan yuridik oqibatdir. Ayni paytda, bu mazkur normalar va keltirilgan zararni qoplashni ta’minlashning yuridik vositalaridan biridir.
Davlatlarning xalqaro-huquqiy javobgarligi turlari ikkita: siyosiy va moddiy.
Xalqaro-huquqiy javobgarlik huquqbuzarlik subyektini xalqaro huquqning boshqa subyektiga yetkazgan zarari oqibatlarini bartaraf qilish bo'yicha yuridik majburlashdir.
Shu ma’noda aytish mumkinki, javobgarlik — huquqiy munosabat bo‘lib, bir tomondan, huquqbuzar zimmasiga g'ayrihuquqiy harakatlarga barham berish, huquqbuzarlik oqibatlariga chek qo‘yish yoki ularni kompensatsiya qilish majburiyatini yuklasa, ikkinchi tomondan, jabrlanuvchi subyektni tilga olingan harakatlar amalga oshirilishini talab etish huquqi bilan ta’min etadi.
Javobgarlikdan ko'zda tutilgan maqsadlar quyidagilardan iborat:
birinchidan, potensial huquqbuzarni tiyib turish;
ikkinchidan, huquqbuzarlarni o'z vazifalarini tegishli tartibda bajarishga undash;
uchinchidan, jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy va ma’ naviy zararni qoplash (kompensatsiya qilish);
to'rtinchidan, xalqaro munosabatlarni javobgarlik boshlanishiga sabab bo'lgan voqealargacha bo'lgan darajada tiklash.
Sanksiyalar – bu huquqbuzar davlatga nisbatan qo‘llanadigan
choralardir.
Ular xalqaro tashkilotlar (universal va mintaqaviy), bir guruh davlatlar yoki alohida davlat tomonidan qo‘llanishi mumkin. Sanksiyalarning hajmi va turlari jinoyatning og‘irligi darajasiga bog‘liq. Masalan, agressor davlatga nisbatan quyidagi majburlov choralarini qo‘llash mumkin: suverenitetini vaqtincha cheklab qo‘yish; hududining bir qismini ajratib olish; urushdan keyingi okkupatsiya; harbiy kuchlardan mahrum qilish va qurolli kuchlar tarkibini qisqartirish yoki ularga ega bo‘lishni taqiqlash; agressor davlatning tinchlik va insoniyatga qarshi harbiy jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor jismoniy shaxslarni odil sudlovga tortish bo‘yicha yurisdiksiyasini cheklab qo‘yish va boshqalar.
Xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid solganlik uchun sanksiyalar va ularni qo‘llash tartibi BMT Ustavining 39-, 41- va 42-moddalarida nazarda tutilgan. Sanksiyalar majburlashning shakli sifatida faqatgina og‘ir xalqaro jinoyat sodir etilgan holda qo‘llaniladi. Ularni boshqa holatlarda qo‘llash to‘g‘ri bo‘lmaydi, chunki aslida sanksiyalar xalqaro huquqqa zid harakatlarni qasddan sodir etganlik yoki qasddan zarar yetkazganlikka qarshi javobdir.
Qarshi choralarni alohida davlatlar xalqaro huquq doirasida, uning imperativ normalarini hisobga olgan holda qo'llaydi. Uning asosiy sharti qurolli kuchlarni qo'llashga yo'l qo'y-maslikdan iboratdir. Bundan tashqari, qarshi choralar inson huquqlarini, alohida xalqaro-huquqiy himoyada bo'lgan shaxslar, masalan, diplomatlarning daxlsizligini buzmasligi kerak.
Qarshi choralar quyidagilarga bo'linadi:
birinchidan, retorsiya — bir davlat boshqa bir davlatning o'ziga nisbatan nodo'stona, adolatga zid va tahqirlovchi, shu bilan birga, huquqbuzarlik hisoblanmaydigan xatti-harakatlarini to'xtatish maqsadida qo'llaydigan qarshi choralar.
ikkinchidan, repressaliya — huquqbuzarlik sodir etilgan hollarda, xalqaro huquqda qarshi chora sifatida qo'llashga ruxsat etiladigan bir tomonlama majbur qilish chorasi. U xalqaro huquqqa muvofiq amalga oshiriladi. Repressaliyalar mutanosib bo‘lmog‘i kerak: qarshi chora intensivligi bevosita maqsadga erishish uchun talab etiladiganidan ortiq bo'lmasligi shart.
uchinchidan, o'zini o'zi mudofaalash — davlatning unga nisbatan
jinoiy qurolli hujum, shu jumladan qurolli kuchlardan foydalangan holda uyushtirilgan hujumga javoban qo'llaydigan choralari. Qarshi choralaming ushbu turi repressaliyalarga yaqin tursa-da, qurolli kuchlardan foydalanish uchun asos bo'luvchi o'ta jiddiy huquqbuzarliklarga nisbatan chora qo'llash xususida gap borayotgani uchun, o'zini o'zi mudofaalash alohida turga ajratilgan.

Download 89,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish