I.3. SHASHMAQOM
«Shashmaqom», taxminan, XVIII asrning birinchi yarimlarida uzil-kesil, O’zbek-tojik xalqlarining mustaqil muzika janri sifatida yuzaga keladi. Bunday taxmin etilishiga sabab shuki, O'rta Osiyoda XVIII asrgacha yozilgan muzika risolalarida o'n ikki maqom ustidagina gap boradi. XIX asrlargacha yozilgan musiqa manbalari o'n ikki maqom va “Shashmaqom” yo’llari nomlanishidagi umumiylik va bastakorlik san`ati masalalari buning dalili bo’la oladi «Shashmaqom» haqida biror og’iz eslatib ham o'tilmagan. Shuning uchun o'n ikki Maqom sikli XVIII asrgacha yashab kelgan, degan ishonch hosil bo’ladi. Muzikashunosligimizda shu vaqtgacha «Shashmaqom» sikllari XVI asrlarda shakllangan, degan fikr mavjud edi. Bunda mutaxassislar Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan 1466 nomerli qo'l yozmaga suyanib shunday Xatoliklarga yo’l qo'ygan edilar. Atoqli Sharqshunos olim, professor A. A. Semyonov bu qo'l yozmani XVI asr muzika olimi Mavlono Kavkabiy tuzganligini va uni "Kulliyoti kavkabiy" ("kavkabiyoning asarlar to'plami") ekanini ko'rsatib o'tgan edi. Keyoingi tekshirishlar shuni ko'rsatdiki, aslida qo'l yozma ikki asardan iborat bo’lib, birinchisi (№ 1466/I) o'n ikki maqom va Kavkabiy haqida ba`zi, ma`lumotlarni o’z ichiga oladi. Ikkinchi asar (№ 1466/P) esa XVI asrda emas, balki Buxoro amiri Nasrullaxon hukmron bo’lgan davrda tuzilgan «Shashmaqom»ga aytilgan she`r tekstlarini o’z ichiga oladi.XIX asrning birinchi yarmidan boshlab, O'rta Osiyoda «Shashmaqom» ashula bo’limida aytilgan she`r tekstlarinigina o’z ichiga olgan to'plam yuzaga kela boshladi. Bulardan bittasi yuqoridagi asar bo’lib, Buxoro amiri mang’it Nasrulloxonga (1826-1860) bag’ishlangan. Bunday asarlarning qolganlari esa «Shashmaqom»ning Xorazmda tarqalgan davrlari (XIX asr 1 yarimlari)da ko'chirilgan edi. Bundan tashqari, «Shashmaqom»ga aytiladigan she`r tekstlari orasida XVII-XVIII asrlarda ijod etgan Bedil, Mashrab, Sayido, Zebuniso, Nozim kabi shoirlarning g’azallari ham foydalanilganligi yuqoridagi to'plam XVI asrga aloqasi yo’qligini isbotlaydi. Demak, XIX asrda «Shashmaqom» keng yozgan, XVIII asr esa uning uzil-kesil shakllangan davri edi, degan xulosaga kelish mumkin. Qadimiy madaniyat markazlaridan biri - Buxoro bir qancha dinastiya va davlatlar poytaxti bo’lib kelgan. Muzika madaniyatida ham Buxoro O'rta Osiyo xalqlari muzika boyliklarini o’zida mujassamlashtirgan markaziy shahar vazifasini o'tadi. Shuning uchun «Shashmaqom» Buxoroda shakllandi va "Buxoro «Shashmaqom»i" deb ataldi.Shuni ham aytish lozimki, «Shashmaqom»ni O'rta Osiyodagi ma`lum bir sheva nuqtai nazaridan qarash noto'g’ridir. Maqom sikllari umuman xalq muzikasi boyiklari bazasida yaratilgan va ular asosida doimo boyib va takomillasha boradi, hamda o’z navbatida xalq muzika madaniyati taraqqiyotiga barakali ta`sir ko'rsatadi. «Shashmaqom», maqom janrining taraqqiy ettirilgan eng so'nggi shakli sifatida, bastakorlik san`atining va yuqoridagi muzika risolalarida ko'rsatilgan kuy turi va shakllarining maqomlarda rivojlantirilishi natijasida yaratildi. «Shashmaqom» ham o'n ikki maqom kabi lad tushunchasidan xoli emas. O'n ikki maqomning lad strukturasi esa «Shashmaqom»ga moslashtirilganligi yuqorida aytilgandi. “Shashmaqom” olti turli pardalarga moslab olingan va olti xil ladga asoslangan kuy va ashulalar yig’indisidan iborat. «Shashmaqom»ning lad asosi olti turli bo’lsada, unga yaqin keladigan boshqa ladlarga mos kuylar ham kiritila borgan. Ayniqsa, bu narsa iatsom sho’balarining taronalarida yaqqol ko'rinadi. Ularda tonalnostgina emas, balki lad strukturasi ham o’zlari mansub bo’lgan asosiy sho'`baga nisbatan o’zgarib turadi. “Shashmaqom” ga: Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh va Iroq Maqomlari kiradi. Olti maqomning har biri juda katta hajmdagi siklik asarlar bo’lib, ularning har biri sostavida taxminan 20 tadan 44 gacha katta va kichik maqom yo’llari bor. Lekin, Maqomlarning xalq orasida mashhur bo’lgan (cholg'u, ashula va surnay) yo’llari bilan ko'shib hisoblaganda ular juda katta sonni tashkil etadi. Hozirda nashr etilgan kitoblarda maqomlarning cholg'u va ashula qismlari 208 dan 250 tagacha boradi.»Shashmaqom» xalq ijodiyoti bilan doim munosabatda bo’lganligi va u asosda uzluksiz boyib, rivojlana borganligi muzikaning tarixiy manbalarida ham o’z aksini topgan.
Nasr xaqida
Birinchi guruh Saraxbor, Talqin, Nasr (O’z taronalari bilan) hamda yakunlovchi Ufar qismini (Suporishi bilan), ikkinchisi esa, asosan, Savt va Moʻgʻulcha va shoʻʼbalarini oʻz ichiga qamrab oladi; 2) Shashmakrm majmuasidagi maqomlarning ashula boʻlimida 1-guruhni tashkil etuvchi shoʻʼbalardan biri. N. Saraxbor va Talqin shuʼbalaridan keyin kelib, soʻngra Ufarga ulanadi. Shashmaqomda N. yoʻlida bastalangan jami 14 namuna mavjud. Ular Buzruk makrmida — N.i Uz zol, Nasrulloyi, Rostda — N.i Ushshoq, Navroʻzi Sabo, Navo maqomida — N.i Bayet, Orazi Navo, Xusayniyi Navo, Dugoxda — N.i Chorgoh, Orazi Dugoh, Husayniyi Dugoh, Segoh maqomida — N.i Segoh, Navroʻzi Xoro, Navroʻzi Ajam, Iroqda — Muxayyari Iroq deb nomlanadi. N. yoʻlida bastalangan asarlar Xorazm maqomlari, Fargʻona—Toshkent maqom turkumlarida ham asosiy oʻrinlardan birini egallaydi. Oʻtmishda N. ashula yoʻllarini mufassal ijro etuvchi hofizlarni "nasrchi" deb yuritilgan. Ravshan Yunusov.[1]
Saroy muzikachi-bastakorlari oddiy xalq orasidan yetishib chiqqan mohir san`atkorlar bo’lgan. Masalan, Buxorolik muzika nazariyachisi Darvish Ali Changiy xalq ichidan chiqqan talantli muzikachilardan biri bo’lgan. Uning muzika risolasiga yozilgan so’z boshida, Darvish Ali yoshligidan muzikaga ishtiyoqi baland bo’lgani va chang chalishni yuksak mahorat bilan egallaganidan keyin saroyga taklif etilgani haqida gap boradi. Bunday muzakachi-bastakorlar katto saroy muzikachilari rahbarlari darajasiga ko'tarilgan Darvish Ali kabilar nomi tarixda ko'plab uchraydi. Bunday san`atkorlar xalq muzika boyliklarini saroy muhitiga uzluksiz olib kirganlar. Lekin o’z navbatida u yerda ijro etilgan muzika asarlari ham saroy doirasida chegaralanib qolmagan. Professional muzika xals muzika materiallari bilangina boyoib boradi. Bundan tashhari, maqomlarga aytiladigan she`rlar klassik shoirlarning kazallaridan iborat ekanligi ham ularni ma`lum doirada kola olmasligiga sabab bo’ladi.
Shuni ham aytish kerakki, maqomlarga ba`zan diniy mazmundagi she`r ham tushirib ijro etila bergan. Lekin, makomlar o’zining asl lirik xususiyatini bu bilan ykotmayodi. Makkom kuyo va ashula yo’llarida O’zbek-tojik xalq muzikasiga xos intonatsiya, lad tuzumlari, melodik struktura, ritmik asosi (usullari) mujassamlangan. Muzika asboblaridagi makom boshlanadigan xar bir parda ham uning xarakterini belgilayodigan omillardandir. Mashkur Xorazm muzikachisi markum Muhammad Yusuf Devonzoda-Xarratov va Bekjon Rakmon o'kli "Xorazm musikiyo tarixchasi" 1 kitobida maqomlar haqida mulohaza yuritganlarida bular to'krisida ham gapirganlar. Maqomlardagi lad asosiga oid ko'pgina fikrlarni prof. V. M. Belyaev asarlarida ham uchratish mumkin."O’zbek xalq muzikasi"ning V tomi (Buxoro makomlari) va VI tomi (Xorazm makomlari)ga muzikashunoslar I. Akbarov, Yo.U. Kon yozgan so’z boshida ham maqomlar haqida qimmatli mulohazalar aytilgan. Maqomlarning ijro etilishida muzika asboblaridan tanbur va doyora yetakchi sozlardan hisoblangan. Tanbur uch torli (setor) va to'rt torli (chortor) bo’lgan. Uch torli tanbur ayniqsa Xorazmda keng qo'llannlgan. O'n ikki maqomning ijro etilishida XV asrgacha ud qanday rol o'ynagan bo’lsa, Shashmaqomda ham tanbur shundayo ahamiyatga ega bo’lgan. Shu sababli, Shashmakomdagi ko'pgina masalalar, shu jumladan, lad masalasi ham tanburga bog’lab tushuntirilardi. Tanbur manbalarda berilishicha, yunoncha ikki so’zdan iborat bo’lib, tan-yurak, dil; bur -tirnovchi, qitiqlovchi ya`ni dilni qitiqlovchi ma`nosidadir. Muzikachilar ko'pincha maqomlar ijrosi uchun to'rt pardali tanburdan foydalanib kelganlar. Tanburning to'rt torini birinchi, ikkinchi va to'rtinchisi bir xil, uchinchisi esa o'rniga xarab, turlicha sozlanadi. Odatda uning fakatgina birinchi tori noxunak bilan chertib chalinib, qolganlari esa kuylarni ijro etish vaqtida sado berib turadi. Muzika nazariyasida bir qancha balandlikdagi tovushlar birikmasining kuy ijrosi paytida o’zgarmay, takror sado berib turishidagi ma`no ("burdonnoe zvuchanie") tanburning torlariga ham taalluklidir. Tanburning pardalari oraliki diatonik tovushqatorga mos keladi. Lekin undan chixarib olinadigan tovushqatorning diatonik sistema chegarasidan chiqib ketadigan ba`zi momentlari pardaning surish yoki sozandaning kuy ijrosi paytida. pardalarni qattiqroq yoki sekinroq bosish yo’li bilan hosil qilinadi. Tanburning pardalaridagi baland-pastlik darajasini taxminan shunday ko'rsatish mumkin.
1. Hozirgi zamon xalq cholg'u orkestrida muzika asboblari, shu jumladan, tanbur ham temperatsiya qilingan xromatik gammaga asoslangan. Biz O’zbek-tojik xalqlarida o'tmishda ishlatshshb kelingan tanbur tovush sistemasi haqida mulohaza yuritamiz.
2. Bunday tajribani Ilyos Akbarov o’zining "Muzika savodi" (Toshkent, 1958 y.) kitobida dutor misolida ko'rsatgan. “Shashmaqom”da tanbur turlicha - Buzruk, Dugoh, Segoh, Iroq maqomlarida kvartaga, Rost maqomida kvintaga, Navo maqomida esa butun parda (katta sekunda)ga sozlanadi. Lekin Segoh maqomining lad pog’onalari boshqa maqomlardan farqli o'laroq, Ioniyo ladiga to'g’ri keladi (1т.К1т.К12тК1т К 1 т. К 1 т.К 12).
Do'stlaringiz bilan baham: |