Musiqa tarixi fanidan kurs ishi mavzu: shashmaqom, xorazm maqomlari toshkent maqomlari haqida bajardi



Download 274 Kb.
bet4/11
Sana12.07.2022
Hajmi274 Kb.
#779898
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BONUS SIRTQI

Kurs ishining maqsadi:
Ma'lumki, Markaziy Osiyo qadim qadimlardayoq madaniyat o`chog`i, ilm-fan rivoj topgan zamin sifatida malum va mashhur edi. Bu erda etishib chiqqan buyuk olimlar jahon fani, me'morchiligi, adabiyoti va san'ati rivojiga katta hissa ko`shib kelganlar. Shular qatori musiqa san'ati ravnaqida ham ana shu insonlarning ulushi katta bo`ldi. Aytish mumkinki, biz bugun Maqom san’atideya atab e'zozlayotgan boy mumtoz musiqamizning shakllanishi, takomillashuvi, umuman taraqqiyoti o`sha davrlarda boshlangan. Dastlab o`n ikki maqom, keyinchalik esa Maqom san’atishaldidagi bu merosning asosi etuk bastakorlar, sozanda-yu xonandalar tomonidan bunyod etilgan va takomiliga etkazilgan.
Kurs ishining ilmiyligi:
Maqom san’ati o`z-o`zidan bugungidek bir mukammal, yaxlit holga kelib qolmagan. Bu noyob meros musiqa bilan hayotini chambarchas bog`lagan, bu dunyoning bari go`zalliklarini moziyoning o`zi qadar ko`hna ohanglarini tinglab his etgan insonlarning mashaqqatli izlanishlari evaziga bugungidek bir go`zal holga kelgan. Buxorolik mashhur sao`atkorlari, maqom san'atining etuk bilimdonlari va ijrochilari bo`lmish Ota Jalol Nosirov, Ota G`iyoz Abdug`ani, Levicha hofiz, Domla Halim Ibodov, Samarkandlik Hoji Abdulaziz Abdurasulov, Toshkentlik Mulla To`ychi hofiz va Shorahim Shoumarovlar bu merosning targ`ibotchilari sifatida tarixda qoldilar.
O`zbek maqomlarining etuk bilimdoni, akademik Yunus Rajabiy ham maqom ijrochiligini takomillashtirgan, ularni keng ommaga etkazishda jonbozlik qilgandi. U ilk bor O`zbekiston radiosi qoshida tashkil etgan va o`zi ko`p yillar boshqargan, uning muborak nomi bilan ataluvchi professional maqomchilar ansambli faoliyatini yuqoridagi fikrimizga dalil sifatida keltirib o`tishimiz mumkin. Yunus Rajabiyning yana bir buyuk xizmati - u "maqom"ni to`laligicha notaga tushirdi va yozib oldi, keyinchalik kitoblar va gramyozuvlar shakllarida nashr ettirdi. Maqomchilik san'atining namunalari O`zbekiston radiosi oltin fondidan joy oldi, Maqom san’atinomli badiiy-musiqali filmlar ishlab chiqarildi. Bu ulkan ishlar "Shashmaqom"ni saqlashga va rivoj topishiga zamin bo`lib kelmoqda.
O`zbekistonda tashkil etilgan, har to`rt yili o`tkaziladigan Yunus Rajabiy nomidagi Respublika va Halqaro miqyosidagi maqom ijrochilari va maqom ansambllari tanlovlari ham "Shashmaqom"ning kelajagini o`ylab qilingan omildir. Bu tanlovlar ko`plab iste'dod egalarini yurtimizga tanitdi.
Bugungi kunda O`zbekiston Davlat konservatoriyasi, musiqa va san'at kollejlari, akademik litseylari va maxsus musiqa maktablari ao`anaviy ijrochilik bo`limlarida yuzlab iqtidorli yig`it va qizlar maqom sirlarini o`rganmoqdalar.
Halqimizning boy musiqa merosi maqomlarimiz Markaziy Osiyo musiqa madaniyatining yuzaga kelishida, shakllanishida asosiy manba vazifasini o`tadi, desak mubolag`a bo`lamiz. Chunki uning noyob ohanglari, dilkash navolari va chuqur mazmuni sheriy matnlarini inson ruhiyatiga ozuka beruvchi manba ekanligini qayta-qayta ta'qidlash mumkin. XX asrda maqomchilik san'ati rivoji milliy negiz uyg`unligi holda yanada taraqqiy topdi. O`zbekiston va Tojikistonda "Shashmaqom"ning yangi milliy udumlari paydo bo`lishi ham serqirra maqom ao`analarini nafaqat saqlanish va himoya qilish, balki yanada yuksalishiga olib keldi.

Download 274 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish