MAVZU: MAQOM SAN’ATI
Reja
I BOB. MAQOM SAN’ATI O’ZBEK XALQI O’TMISH MADANIYATINI IFODALOVCHI QADRIYATDIR
I.1. O’zbekistоnda qadimgi davrlarda qo’shiqchilik san`ati
1.2. IX – XV asrlarda O’zbekistоnda maqоm san`ati ilk kurtaklarining paydо bo’lishi
1.3. SHASHMAQOM,
1.4. XORAZM MAQOMLARI TOSHKENT MAQOMLARI qadimiy namunalari
I.5. Xоnliklar davrida maqоm san`ati va uning rivоjlanishi
Xulosa
Ilovalar
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
"Milliy musiqa san’atimiz bamisoli bir daraxt bo’lib,
uning tomiri Xorazm, tanasi Buxoro, shoxlari Farg’onadir"
Yusufjon Qiziq Shakarjonov
Kurs ishining dolzarbligi:
`Maqomchi hofizlar nafasi katta, yoqimli, shirali, diapazoni keng, ovozi kuchli, baquwat, yuqori did egasi bo`lishlari kerak. Hullas, har tomonlama etuk professional ijrochi bo`lmog`ini talab etadi. Chunki, bunday bo`lmasa, bu o`lmas mumtoz asarlarni maromiga etkazib ijro etib bo`lmaydi, maqom yo`llarining ta'sir kuchi pasayib, shu ulug`vor, mumtoz asarlar haqida tinglovchilar o`rtasida noto`g`ri tasawur, tushuncha paydo bo`lishi ham mumkin. Ayni vaqtda, simfonik asarlar singari shu murakkab va yirik bo`lgan maqom asarlarining tinglovchilari ham yuqori darajadagi tinglash madaniyatiga ega bo`lmoqligi, yuksak badiiy-estetik didi tarbiyalangan, katta fahm egasi bo`lishi lozim ekanligi haqida ham eslatib qo`ymoq joizdir.
Olti maqom asarlari mahorat cho`qqisini egallagan, asarning mohiyatini chuqur o`zlashtirgan mohir sozanda va hofizlar tomonidan ijro etilishi azaldan odat bo`lgan. Bunday sozanda va hofizlarni moddiy jihatdan doimo ta'minlab turish (ayniqsa, ansambl bo`lib ijro etilganda) har qanday badavlat kishilar uchun ham o`zi bo`lmas edi, albatta
2013 yili noyabr oyida o`zbek va tojik xalqlarining mumtoz musiqasining nodir hazinasi bo`lmish Maqom san’ati YUNESKO tomonidan "Insoniyatning og`zaki va nomoddiy madaniy merosi durdonasi" deb tan olindi. Shu tufayli asrlar mobaynida saqlanib kelayotgan Maqom san’atiturkumiga qiziqish dunyo miqyosida tobora oshib bormoqda. Bunda bu noyob merosimizni jahonning turli mamlakatlarida Turg`un Alimatov, Abduxoshim Ismoilov, Munojot Yo`lchieva kabi san'atkorlar tomonidan ijro etilishi; har ikki yilda Samarqand shahrida o`tkazish ao`anasiga aylanib qolgan "Sharq taronalari" Halqaro musiqa festivali kunlari o`zimiz shohid bo`lmoqdamiz. Bu nufuzli musiqa anjumaniga sao`atkorlar bilan bir qatorda xalqimizning mumtoz musiqasi — Maqom san’atibilan shug`ullanuvchi olimlar ham tashrif buyurib, o`zlarining festival doirasidagi ilmiy-amaliy yig`ilishlarida maqomchilik sao`atining tarixi, bugungi va kelajagi haqida fikr yuritmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |